Telegram Group Search
Insonga gunohlari sababidan xafalik beriladi…

@afiyfun
"Yaxshilikni qilmayotgan kishi hali uni yaxshilik ekanini bilmapdi. Bilganida albatta uni qilar edi..
Yomonlikni tark qilmagan kishi ham hali uni yomonlik ekanini bilmapdi. Bilganida albatta uni tark qilar edi..

Muhammad ibn Ali rahimahulloh

@afiyfun
Ibn Javziy rahimahulloh aytadi:

"G‘am-qayg‘uning asosiy sababi Alloh azza va jalladan yuz o‘girish va dunyoga yuzlanishda deb bildim".

@afiyfun
Bu sinovlar Allohdan kelgani uchun ham sabr qilar, hatto bu dardni chin yurakdan sevar edi...

#Men

@afiyfun
So'zi yaxshi, qalbi buzuq bo'lib qolishdan Alloh panoh bersin...

@afiyfun
Aslimni bilgan odam menga salom berishni ham istamagan bo’lardi…

@afiyfun
Internet zamonida hakim zotning o’g’liga qilgan oltinga teng tavsiyalari.

“O’g’lim! Google, Facebook, Twitter, WhatsApp, Telegram, Instagram va barcha ijtimoiy tarmoqlar bamisoli tubsiz dengizdir. Unda qanchadan qancha kishilarning axloqlari g’arq bo’lgan, aqllari cho’kkan. Ularning ichida yigitlar ham, qariyalar ham bor… Uning to’lqinlari iffatli qizlarning hayosini yutib yuborgan… U juda ko’p xaloyiqni halok qilgan. Unga sho’ng’ib ketishdan ogoh bo’l. Internetda go’yoki asalari kabi bo’l, avvalo o’zingga, keyin o’zgalarga foyda keltirishing uchun sahifalarning eng pokizasini ziyorat qil.

O’g’lim! Pashsha kabi gulga ham, go’ngga ham qo’nib, o’zing bilmagan holda kasalliklarni tashima…

O’g’lim! Internet katta bozorga o’xshaydi. U yerda hech kim molini tekinga tarqatmaydi. Hamma muqobiliga biror narsa xohlaydi. Kimdir molining muqobiliga odob-axloqni olmoqchi bo’ladi. Kimdir shubhali fikrlarini tarqatmoqchi bo’ladi… Yana kimdir shuhrat qozongisi keladi… Yana kimdir jamiyatni isloh qilmoqchi bo’ladi… Molni yaxshilab tekshirmaguningcha sotib olma.

O’g’lim! Mish-mishlarni va bo’lmag’ur latifalarni tarqatishdan, harom narsalarni ko’chirib yoyishdan hazir bo’l!
Bilgin, sen bu yaxshi va yomon narsalar bilan tijorat qilmoqdasan. Tovaringni birovga taklif qilishingdan oldin pokizasini tanlab ol, chunki mijoz sendan maslahat so’rab o’tirmaydi, sotib olaveradi.

O’g’lim! Biror narsa ostiga fikr yozib qoldirmoqchi bo’lsang, yaxshilab o’yla, bu gaplaring Allohni rozi qiladimi, yo’qmi?!

O’g’lim! Ko’zing bilan ko’rmagan inson bilan do’st tutinma. Odamlarga yozgan narsalari orqali hukm chiqarma… Chunki ismlari yasama, suratlari sohta, axloqlari bezalgan, so’zlari yoqimli, yuzlarida niqob, rostlari yolg’on bo’lishi mumkin. Qanchadan-qancha olimlikni da’vo qilganlar qip-qizil johil, go’zallar badbashara, sahiylar ziqna, jasurlar qo’rqoq… Alloh rahmatiga olganigina mustasno. Sen ham Alloh rahmatiga olganlar safida bo’l.

O’g’lim! O’zlariga sohta ism qo’yib oladiganlardan ehtiyot bo’l. Chunki ular o’zlariga ishonmaydilar. O’ziga ishonmaganga sen ham ishonma. Sen ham birovning ismini qo’yib olma, chunki Alloh sirni ham, undan-da maxfiyrog’ini ham bilib turadi.

O’g’lim! Senga ozor berganga ozor berma. Sen o’zingning, u o’zining axloqini namoyish qiladi. Sen bu ishing bilan o’z axloqingni ko’rsat, uning axloqini emas… Qozon - ichidagi narsasi bilan toshadi.

O’g’lim! Yozayotgan narsangni saralab ol… sen yozasan, farishtalar ham yozishadi. Alloh barchani kuzatib, hisob-kitob qilib turadi.

O’g’lim! Dahshatli internet dengizida sen uchun eng qo’rqadigan narsam harom, fisqu fujur, behayo narsalarni tomosha qilishingdir. Agar ushbu harom narsalardan chetlab o’ta olsang, internetdan o’zingning manfaating uchun foydalan, jamiyating bilan muloqot qil, diningni yoyishga harakat qil. Agar harom narsalar girdobida qolganingni ko’rsang, internet dunyosida yirtqich hayvondan qochganingdek qoch, chunki qiyomatda do’zax boradigan joyingga, haq-huquqini toptagan insonlarning hasmingga aylanishadi.

O’g’lim! Shaytonning qaramog’iga g’aflatda qolganlar, shahvatga berilganlar ilinadi. Bu ikkisi internetning ustunlaridan hisoblanadi. Internet g’aflating uchun emas, hizmating uchun yaralgan. Sen uni ikki dunyo mafaating uchun ishlat, u bilan kelajagingni qur, seni buzib, yer bilan yakson qilishiga yo’l qo’yma! Oxiratda sening foydangga hujjat bo’ladigan qil, ziyoningga hujjat qilma!Alloh barchamizmi to’g’ri yo’ldan adashtirmasin!”

#Muhammad Ali Muhammad Yusuf

@afiyfun
Qiymatsiz narsalar tark qilinishga mahkum!

@afiyfun
"Batahqiq, ularning aytayotganlaridan sening ko'ksing siqilishini biz yaxshi bilurmiz. Bas Robbingni hamdi ila poklab yod et va sajda qiluvchilardan bo'l."

Hijr surasi 97-98 oyatlar.

@afiyfun
Oisha raziyallohu anho aytadilar :

"Otam vafot etayotgan paytda, "Ey otam! Faloncha aytgandek.." deb maqol aytmoqchi bo‘ldim. Shunda otam aytdi :
"Yo‘q! Balki Alloh aytgandek degin:

"O'lim sakaroti haq bilan keldi.." (Qof.19)


@afiyfun
O'qigan bir narsamdan so'ng bomdod namozini o'z vaqtida ado etishga kirishdim. U: "Rizq topish (tirikchilik) uchun uyqungdan turasan-u, o'sha rizqni ato etuvchi Roziqing uchun (buyurgan farzini ado etishga) turmaysanmi?" degan so'zlar edi...
Ushbu jumlalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishdan erinmang. Balki ularning birini qalbi uyg'onib, uning salohiyati va najotiga sabab bo'lar...

#arabicuz

@afiyfun
Yoqimsiz hid chiqaradigan daraxtni kesib tashlashni qancha kechiktirsang, uning ildizi shu qadar chuqurlashib, yerga mahkam joylashib boradi. Natijada, daraxtni kesishga zaiflik qilib borasan.

Gunohlar ham huddi shu yoqimsiz hid chiqaradigan daraxt kabidir. Tavbani qancha kechiktirsang, qalbingda shu qadar chuqur o'rin egallaydi...

@afiyfun
Aytilmagan qarg’ishlar ham uradi. O’qilmagan duolar ham ijobat bo’ladi.

@afiyfun
#Qarz

Erkak kishi katta hayotga qadam qo'yar ekan, yo'lidan past-baland to'siqlar chiqaveradi. Ulg'aygani sari g'ururi ham birga ulg'ayadi. Endi avvalgidek cho'ntagida puli bo'lmaganda otasidan so'rolmaydi, o'zi harakat qilishni, ota-onasiga yuk bo'lmaslikni xohlaydi. Bu har bir erkakda bor bo'lgan hislat.

Oila qurganidan so'ng yana mas'uliyati ortadi. Ro'zg'or bu-g'or deganlaridek, harajatlari ko'payib boradi. Albatta rizq Allohdan, erkak bir sababchi holos. Shu kabi holatlar ba'zan qarz so'rashga majbur qiladi. Ish joyidan yoki do'stidan qarz oladi. Bu holat 2-3 marotaba takrorlanganidan so'ng, endi g'urur bunga ham yo'l qo'ymaydi, natijada, chuqur mahzunlik va o'ylar insonni cho'ktiradi. Hayollarini "men omadsizman" kabi fikrlar qamrab oladi. Bu albatta imtihon.

Erkak kishini mahzun qiladigan va ibodatlaridan xushu'ni o'g'irlaydigan, asabiy, jahldor bo'lishiga sabab bo'ladigan narsalardan biri, aynan qarzdorlikdir. Qarzi bor odam hayollari joyida bo'lmaydi, ba'zi hollarda g'ururi yolg'on gapirishga majbur qiladi. Shuning uchun ham, Rosululloh ﷺ qarzdor bo'lishdan Allohdan qattiq panoh so'raganlar va bizga ham buyurganlar. Biz bu narsaga oddiy qaraganimiz uchun e'tiborsiz bo'lamiz. Aslida qarzdorlik yengil qaraydigan narsa emas.

"Alloh qarzdor odam bilan birga!" Faqat, inson haqiqatda qalbida qarzimni to'layman degan niyati bo'lsa, Alloh albatta uni qarzlarini uzib beradi. Agar qalbdagi niyatiga zarracha putur yetsa, Alloh o'rtadan chiqadi.

Qarzingiz borligi sizni mahzun qilmasin. Alloh xohlasa tez fursatda qarzlaringizni to'lab beradi. Duodan uzilmang. Bu so'zlarga ishoning, umdisiz bo'lib, o'tirib olmang, sabablarni ushlang. Hozir qarzdorsiz degani, bir umr shunday bo'ladi degani emas. Bu dunyo imtihon hovlisi, har kimga har tarafdan sinov kelaveradi, Alloh bilan bo'lganlar hamisha g'olibdir!

Alloh barcha qarzdorlarga O'zi yordam bersin. Amin!

@afiyfun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musulmon insonga namozingizni o'qing deyishlik, qanday g'alati holat-a..?

@afiyfun
Agar pushaymon bo’lmayin desangiz, hamma narsani Alloh uchun qiling!

@afiyfun
Ko'ngil olish qiyin ish, ammo ko'ngil bermoq undan ham mushkuldir. Biroq shu ham haqiqatki, mehr qozonganlar - mehr berishni biladiganlardir.

#Men

Mehr qozonganlar - mehr berishni bilganlardir…

@afiyfun
Dunyo bir maktabdir, undagi o'quvchi o'qish yillarining afsusini aniq yashaydi. Kimdir behuda qilganlariga, kimdir esa yanada yaxshiroq bo'lmaganiga ichi kuyadi...

@afiyfun
2024/06/19 16:01:04
Back to Top
HTML Embed Code: