Telegram Group Search
🔥 Kitobxonlar talabiga binoan "Yangi asr kutubxonasi" ruknida XX asrning eng mashhur romani tez kunda!

📕 Mixail Bulgakov, «Usta va Margarita»

Nashriyot: "Yangi asr avlodi"

Bizni kuzatib boring!

📚@bookuzbekistan — kitobxonlar tanlovi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Tez kunda «Turkiston Rossiya va Xitoy oraligʻida» kitobi haqida YouTube kanalimizda gaplashamiz!

Ungacha kitob bilan tanishib turing!

@bookuzbekistan
Kitobxon tavsiyasi

Hozirgina Nodar Dumbadzening ,,Abadiyat qonuni'' kitobini o'qib tugatdim. Menga juda yoqdi. Haqiqiy kitob o'qish zavqini his qilib o'qidim. Asar umuman olganda hayotni qadriga yaxshiroq yetishga o'rgatadigan asar. Asar voqealari kasalxona va Bachana Rimashvili atrofida bo'lib o'tadi. Asardan menga juda yoqqan va asar mazmunini ochib bergan iqtibos esa shu bo'ldi:
- Bugun  o'lamanmi, ertaga o'lamanmi nima farqi bor?
- Sizga farqi bo'lmasa ham boshqalar uchun buning farqi bor!
- Kim uchun, masalan?
- Hayoti sizning umringizga bog'liq bo'lganlar uchun!

Ps. Asar haqida bo'lib-bo'lib yozmoqchiman. Judayam zo'r iqtiboslar oldim bu kitobdan. Tahlil qilgan joylarim ham bo'ldi. Asarni book.uz arena loyihasi sabab o'qiy boshladim. Muhokamada qatnashmagan bo'lsam ham bu asarni o'zim uchun kashf etdim.

Tavsiya etadi: Muqaddas

@bookuzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mashhur jurnalist va shoir Karim Bahriyev “Betoqat” 1-2 va “So’z erkinligi haqida so’z” 1-2 kitoblari taqdimotida oʻzi yozgan sheʼrlardan birini talablarga binoan o'qib berdi!

@bookuzbekistan
🔥"Yoshlar matbuoti" nashriyotidan yangilik!

Mirzo Ulugʻbek «To'rt ulus tarixi»

Kitobning nashr jarayoni yakuniga yetdi. Shu kunlarda asar kitobxonlarga taqdim etiladi.

Bizni kuzatib boring!

@bookuzbekistan
#Kitobdan

Faktlarni har bir o'quvchi o'rganishi shart.
Ularni faktlar olamiga olib kiring, lekin almisoqdan qolgan o'qitish usulidan foydalana ko'rmang, buning o'rniga, har xil ma'noli va qiziqarli mashg'ulotlar orqali o'sha faktlarni qayta-qayta takrorlashlariga zamin yaratib bering. Har bir mashg'ulot hamisha qiziqarli bo'lishi lozim.

Bu o'quvchining e'tiborini jalb qilish va diqqatining boshqa narsalarga chalg'ib ketmasligi hamda savollar berishga ruhlantirish orqali ushbu faktlarni boshqalari bilan bog'liqlikda o'zlashtirish uchun ahamiyatli.

Roy Andersen «O'qituvchi, ota-ona, farzand»

Narxi: 36 ming soʻm

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚 @bookuzbekistan — kitobxonlar tanlovi
🔥PREMYERA🔥

Mirzo Ulugʻbek «To'rt ulus tarixi»

Aziz kitobxonlar ma'lumingizkim, xalqimizda har kim yetti otasining ism-sharifini bilishi kerak degan aqida bor. Zero, inson bolasi o'z padari buzrukvoriga qarab qad rostlaydi. Bobokalonlarimizdan biri Mirzo Ulug'bekning nomini, munajjim bo'lganini, nari borsa o'z o'g'li tomonidan o'ldirilganini bilamiz, xolos. Qo'lingizdagi kitob esa Mirzo Ulug'bek iste'dodining yana bir qirrasi - tarixchilik sohasidagi faoliyatining mahsulidir. Uni mutolaa qilganlar nafaqat yetti ajdodini, balki butun shajarasini bilib oladi, desak zarracha mubolag'a bo'lmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Bo'riboy Ahmedovning kirish so'zi

Nashriyot: Yoshlar matbuoti
Fors tilidan tarjimonlar: Bo'riboy Ahmedov , Naim Norqulov, Mahmud Hasaniy

Narxi: 39 ming soʻm

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚 @bookuzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😍 "Yoshlar matbuoti" nashriyotidan yaqin yangiliklar:


@bookuzbekistan
#Iqtibos

Bu dunyoda vaqt tez o'tadi, deyishadi. Ehtimol. Biroq «pul» atalmish bir unsur borki, u ba'zan tez yo'q bo'lishi jihatidan vaqtni ham orqada qoldirib ketadi.

Abduqayum Yo’ldoshev | «Kasofat raqamlar»

@bookuzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mavzuga boshqacha yondoshib koʻramiz? 😉

@bookuzbekistan
🔥PREMYERA🔥

Nurali Qobul | «Sening bolalik osmoning» (Qissalar)

Nurali Qobul - go'zal Baxmalning sodiq kuychisi. Uning barcha asarlari ana shu yurtning mehnatkash odamlari, ularning mashaqqatli taqdiridan hikoya qiladi.

Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarning dahshatlari, odamlarning shu dahshatlardan omon o'ta olgani, sho'rolar davridagi ayrim ayanchli taqdirlar, ezgulikning mashaqqatli g'alabasi ushbu qissalarga jo etilgan.

Nashriyot: Yoshlar matbuoti
Betlar soni: 244

Narxi: 25 000 soʻm

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚 @bookuzbekistan
🔥 Kutilgan premyera 🔥

Abbos Said
📔«Munavvar qorining soʻnggi nidosi»

23 yoshida o'z maktabini ochgan, mardikor o'quvchini katta shoirga aylantirgan, Yevropada e'tirof etilgan jadid - Munavvar qorining qisqagina umr yo'li chinakam ibrat bo'lgulik. Munavvar qori millatimizning ma'rifiy hayoti va mustaqillik yo'lini munavvar qilib ketgan zotdir.

«Chor hukumatini yo'qotish jadidlarning tilagida bor edi», deb yozgan edi 1920-yildagi maqolalaridan birida u.

Qo'lingizdagi ushbu qissa azaliy orzusi erk bo'lgan jadid bobolarimizning millat ozodligi yo'lidagi intilishlari va bu yo'ldagi kurashlarigina emas, Munavvar qori va uning shogirdi To'lqin Tursunzoda o'rtasida bo'lib o'tadigan suhbatlar asnosida o'sha davr havosi, millatning asl farzandlariga qilingan nohaqlig-u adolatsizliklar, ruhan sindirishga bo'lgan harakatlari bilan ham tanishish imkonini beradi.

Nashriyot: Yoshlar matbuoti
Betlar soni: 144

Narxi: 20 000 soʻm

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚 @bookuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Istig‘for vaqti

Istig‘for aytish uchun karohat vaqtlari yo‘q. Odam istalgan paytda istig‘for aytishi mumkin. Eng fayzli vaqti esa sahar paytidir.

"Qur'on va sunnat xazinasidan fazilatli ibodatlar" kitobidan

Narxi: 33 000

Buyurtma berish: 👉 @bookuzbot
Tel: +998712300050

📚 @bookuzbekistan — yangi kitoblar!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadeush Dolenga - Mostovich | "Tabib" kitobidan

Kitob narxi: 38 000 soʻm

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚 @bookuzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁 Sayohatga ketayotgan
kitobxon:


Siz ham oldingizda kitob olib yurasizmi?

@bookuzbekistan
2024/05/25 05:14:50
Back to Top
HTML Embed Code: