Telegram Group Search
Qancha talabalar rasman ishlamoqda?

Jami ishlayotgan talabalar soni 114 135 nafar:

▪️Davlat tashkilotlarida – 62 754 nafar (55%);
▪️Xususiy subyektlarda – 47 469 nafar (41,6%);
▪️Ikkala sektorda – 3 912 nafar (3,4%)
.

Jins bo‘yicha:

▪️Erkak - 66 825 nafar (58,5%);
▪️Ayol - 47 310 nafar (41,5)
.

Bu borada Toshkentda o‘qiyotgan talabalar peshqadam – 35988 nafar (31,5%);

▪️Erkak - 25 380 nafar (22,2);
▪️Ayol - 10 608 nafar
(9,3%).

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪 Hamshiramisiz? Germaniyada oyligi salkam 30 mln soʻmdan boshlanadigan ish bor

Hamshiralik, davolash ishi, doyalik yoʻnalishlarida kollej yoki texnikum diplomiga ega, 18 dan 39 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar Germaniyaga ham borib ishlashi mumkin.

O‘qish, viza, aviachipta va boshqa xarajatlar to‘lab beriladi. Batafsil videorolikda.

👉 Roʻyxatdan oʻtish

▪️OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
▪️Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kasb-hunarga o‘qitish, ayollar va yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha Namangan viloyatida olib borilayotgan ishlar "Axborot 24" dasturida

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida Navoiyda nima gap?

▪️Yangi korxonalar va yangi ish o'rinlari.
▪️Monomarkazlar faoliyati.
▪️Imtiyozli kreditlar hamda daromad.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ayni kunlarda Malayziya davlatida Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva ham ishtirok etayapti.

Tadbirda vazir oʻrinbosari mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar bo‘yicha ma'ruza qildi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonda ayni yoʻnalishda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani bois, kambagʻallik darajasi 2021-yildagi 17 foizdan 2023-yilda 11 foizga tushdi, 2026-yil yakunigacha bu koʻrsatkichni 7 foizga tushirish belgilab olindi.

Oxirgi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari sezilari oʻsishga erishmoqda. Kambagʻallikni qisqartirish borasida qator davlatlar bilan birga Malayziya tajribalari ham oʻrganilmoqda.

Tadbirda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish, kambagʻallikni qisqartirish yoʻnalishda qator loyihalarni birgalikda amalga oshirishga ham kelishib olindi.

Malayziyaning kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish boʻyicha “Madani” hamda kam taʼminlangan oilalar bilan ishlash yo‘nalishida "E-Kasix" va "Azam" dasturlari mavjud.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Eng ko‘p ish beruvchi TOP-10 korxonalar
(27.05.2024-yil holatiga)

Sayt
| Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yoshlar daftari"dan chiqib, 7 nafar tengdoshini ishli qilgan sandiqchi yosh tadbirkor

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Slovakiyadagi avtomobil zavodida ishlash uchun 16-20-may kunlari ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar diqqatiga!

Bugun – 30-may kuni soat 16:10 dan 21:10 ga qadar rus tilidan onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun nomzodlarning anketada ko‘rsatilgan telefon raqamiga hamda platformadagi shaxsiy kabinetiga havola yuboriladi.

❗️20 ta test uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Testning kamida 11 tasini to‘g‘ri yechgan nomzodlar keyingi bosqichda ish beruvchi bilan suhbatga jalb qilinadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Uxlab qolmang! Germaniyaga ketayotgan yurtdoshlarimizni jonli efirda birga kuzatamiz

Sanoqli daqiqalardan so‘ng bir guruh tibbiyot xodimlari vaqtincha ishlash uchun Germaniyaga jo‘nab ketadi.

💬 Toshkent xalqaro aeroportida yurtdoshlarimizni kuzatib, jarayonlarini instagram orqali jonli efirda e'tiboringizga havola etamiz.

Bizni kuzating!!!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Keyingi manzil Germaniya…

Germaniyaga vaqtincha ishlash istagida ketayotgan 23 nafar hamyurtimizni kuzatish jarayonini vazirligimizning instagram sahifasi orqali jonli efirda tomosha qildingiz.

Mutaxassislarimizning ushbu davlat klinikalarida faoliyat olib borishi uchun dastlab 2600 yevro oylik ish haqi to‘lanishi belgilangan.

Hamyurtlarimiz nafaqat yuqori daromadli ish, qolaversa Germaniya tibbiyotidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganib qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva xizmat safari bilan Malayziya davlatida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Malayziya Demokratiya va iqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbari, Strategik va xalqaro tadqiqotlar instituti raisi hamda Malayziya Bosh vaziri departamentining Kambagʼallikni qisqartirish dasturini muvofiqlashtirish boʼlinmasi bosh direktori bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, Malayziyaning ayni yo‘nalish boʻyicha ishlab chiqilgan “Madani” dasturi bilan tanishildi.

Shuningdek, uchrashuvda kambagʻallikni qisqartirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish, bu boradagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e’tiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart.

Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan bo‘lsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ayollar daftari"da bo‘lgan Aziza Islomova hozir katta tadbirkor

Ishbilarmonga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari hisobdan tikuv mashinalari olib berildi. Hozir u 20 nafardan ortiq ayolning bandligini ta'minlagan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2024/05/31 23:46:02
Back to Top
HTML Embed Code: