Telegram Group Search
Qachonlardir, bu multlardagi voqealar rivoji esimdan chiqib ketishi mumkin. Qahramonlarning ismlari yoddan chiqish mumkin.

Lekin Ghibli studiyasi multfilmaridagi fon tasvirlari hech qachon yoddan chiqmaydi.

Suratlar “Шёпот сердца” multfilmidan.

@bookinoman1
Bunisi esa “Qo‘shnim Totoro” multfilmidan!

Butun dunyo alohida, Ghibli multlari alohida...

@bookinoman1
Bir xonada o'tirib, shedevr olish mumkinmi?

- Shubhang bormi?

@bookinoman1
“O‘yinchoqlar tarixi” multfilmidagi Vudi Prayd personajini bilasiz-a?

Endiga Bazz sovg‘a qilinishi bilan Vudining halovati yo‘qoladi. Chunki u Endining sevimli o‘yinchog‘i edi. Endi esa bu maqomni Bazz egallab ketishi mumkin. Bu xuddi uyga yangi kelgan chaqaloq ukasiga kuyadigan aka obraziga o‘xshaydi. U doim e’tiborda bo‘lgan, uning aytganlari bajarilgan. Qarasa, endi u “taxt”dan tushadi va ukasi u joyni egallaydi.

Lekin Vudi tezda o‘zini yig‘ishtirib olib, Bazz bilan qalin do‘stga aylanadi. Ammo atrofdagilar esa yuqoridagi aytgan taassurot: Vudi Bazzga hasad qilyapti degan tushuncha bilan yashaydi. Kovboy esa unaqa emasligini tushuntirgancha ancha mashaqqat chekishiga to‘g‘ri keladi.

Bu yerda yana bir jihat e’tiborni tortadi. Atrofdagilarga aslida unday emasligini tushuntirish qiyinligi. Haqiqatan ham hayotda odamlarga bir nimalarni tushuntirish qiyin kechadi. Ular ko‘rmoqchi bo‘lgan narsasinigina ko‘radi.

@bookinoman1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy kino yaqinlashmoqda...
Iyul oyi yaqinlashmoqda...

Haqiqiy kinomanlar uchun intiq kutilgan oy. “Deadpool 3” filmi premyerasi oyi.

Oxirgi paytlarda bu film atrofidagi barcha voqea-hodisalar, xabarlarni qoldirmay o‘qiyapman/ko‘ryapman. Haqiqatan ham Marvel sagasini butkul o‘zgartirib yuboradigan nuqta bo‘lishi kutilmoqda. 4-fazadan boshlab, qulay boshlagan multiolam yana o‘z mavqeyini tiklaydi.

So‘nggi insaydlarga tayanadigan bo‘lsak, Tor ham ushbu filmda paydo bo‘ladi. Demak, bizni juda-juda qiziq voqealar kutib turibdi.

@bookinoman1
IMdb menga tavsiya etayotgan film/seriallar. Dastlabki 4 tasi men qiziqadigan janr va undan oldingi qismlarini ko‘rganim uchun. Lekin hayron qoldirgani “А зори здесь тихие” filmini tavsiya qilayotgani bo‘ldi. Chunki unga yaqin janrdagi yoki klassik film ko‘rmadim oxirgi paytlarda (sayt siz ko‘rgan va baholagan kino/seriallardan kelib chiqib, shunga yaqin kino/seriallarni tavsiya qiladi). Yoki bir paytlar shuni kitobini o‘qiganimni sezganmikan )

Ha, bir paytlar Boris Vasilyevning “Tonglar sokin edi bu yerda” qissasini o‘qigandim. Aynan shu yozuvchining o‘zi ushbu film ishlanishiga bosh-qosh bo‘lgan. Hattoki, ssenariyni ham yozib bergan. Kinosini haligacha ko‘rmadim. Adashmasam, bu eski filmni remeyki ham allaqachon ishlangan. Nimagadir asardan olgan taassurotlarimni kino buzib qo‘ymasmikan degan hadik bor. Qissa judayam yoqqan edi.

@bookinoman1
2024-yil ancha voqealarga boy bo‘ladimi deyman. Oldindan “Dyuna 2”ga Oskarni bermay turaylik )))

“Godzilla va Kong: Yangi imperiya” filmi premyeraning ilk haftasida 194 million dollar to‘plab, “Dyuna 2”ni ortda qoldiribdi. Deni Vilnyov filmi 178 million to‘plagandi ilk haftada.

Monstrlar haqidagi navbatdagi film hozircha 2024-yildagi eng yaxshi natijaga erishib turibdi.

Hali oldinda bizni yanayama jarangdor premyeralar kutib turibdi.

@bookinoman1
"Deadpool and Wolverine"ni yangi treylini ko'rdingizmi? Birinchisi juda ko'p otsilkalar tashlaganiga, bunisidan ham ko'p narsa kutibman, shekilli. Yoki atayin bunisini kamtarroq ishlashdimikan?

Eng dahshatli xavotir esa, filmning o'zi proval bo'lmasin. Bu treylerdan keyin, shunaqa o'y ham birrovga o'tdi.

Unaqa bo'lmasin-e.

@bookinoman1
“Kelajakka qaytib” (Back to the future)

Yaqinda “Kelajakka qaytib” trilogiyasining barcha qismlarini qaytadan ko‘rib chiqdim.

Film chiqqaniga deyarli 40 yil bo‘ldi. Kinoolamda tub burilish yasagan trilogiya hamon ko‘pgina kino ijodkorlar uchun mayoq vazifasini o‘tayapti. Marti Makflay va Doktor Braunning sarguzashtlari — insoniyatning orzusi. Odamlar vaqt mashinasi ixtiro qilinishini va u bilan sayohat qilishni istaydi. Agar haqiqatan ham mashina ixtiro qilinsa-yu, unda vaqtlararo sayohat qilishni imkoni bo‘lsa, kelajakka borarmidingiz yoki o‘tmishga qaytarmidingiz?

Kino haqida juda ko‘p taqrizlar yozilgan. Film ma’nosi juda ko‘p tushuntirilgan. Keling, kinodagi g‘oyalarni men ham sanab o‘tsam:

1. O‘z maqsadida qat’iy insonlar imkoniyatni qo‘ldan boy bermaydi. Landovur deya taassurot qoldiradigan Jorj Makflayning mashinada Loreynga tegajog‘lik qilayotgan Biffni urganini eslang ) Shuningdek, 55-yilda kafe farroshi bo‘lgan insonning 30 yildan keyin shahar meriga aylanishi )

2. Hech qachon provokatsiyaga berilish kerak emas. Trilogiyaning har uchala qismida ham Martiga landovur bo‘lib ko‘rinish qo‘rquvi tinchlik bermaydi. Bundan esa film antogonistlari unumli foydalanishga urinadi: 1885-yildagi Byuford Tannen ham, uning avlodlari Biff va Grif ham, Nidlz ham. Faqatgina uchinchi qism oxirida Marti Nidlzning poyga o‘ynaymiz degan taklifidan qochishga muvaffaq bo‘ladi.

3. Kelajak o‘z qo‘lingda. Qahramonlar kelajakni o‘zgartirishi, uni o‘zlari xohlagandek yozishi mumkin bo‘ladi.

To‘g‘risini aytsam, kino judayam ajoyib. Yanada kengroq nimadir yozish mumkin edi. Lekin shunchaki tomosha qilib, undan xulosa chiqargan ma’qul.

@bookinoman1
Mana shu filmni juda kutyapmanda )

@bookinoman1
Bugun bizning bayramimiz!

@bookinoman1
2024/05/30 08:55:45
Back to Top
HTML Embed Code: