Telegram Group Search
#kinonews

Insayderlarga ko'ra, “Last of Us” serialining 2-mavsumi 2025-yilning mart-aprel oylarida chiqadi.

Shuningdek, Pedro Paskal zombi-serialning ikkinchi faslini suratga tushish ishlarini tugatgan.

@boredpandablog
#kinonews

Mett Rivzning "Betmen-2" filmi suratga olish ishlari faqat 2025-yilning aprel oyiga kelib boshlanadi


Gollivud insayderi Jeff Snayder o'zining podkastida ushbu yangilik bilan bo'lishgan. Bosh rolni yana Robert Pattison o'ynashi kutilmoqda.

@boredpandablog
#kinonews

Zendaya Tom Holland ishtirokidagi "O'rgimchak odam-4" filmidagi MJ roliga qaytadi


Yuqoridagi podkastga havola qilgan holda, "Eyforiya" serialining 3-mavsumini suratga olishning noma'lum muddatga qoldirilishi aynan Zendayaning ish taqvimi va aktrisaning bo'lajak superqahramon blokbasterida suratga tushishi tufayli sodir bo'lgan.

Tom Holland ishtirokidagi “O‘rgimchak odam” filmining 4-qismi kuzda suratga olina boshlaydi.

@boredpandablog
#kinonews

“Karib dengizi qaroqchilari” yangi filmi franshizani qayta ishga tushiradi

“Karib dengizi qaroqchilari” so‘nggi filmi kinoteatrlarda chiqqaniga ham qariyb yetti yildan oshdi va Disney hali ham mashhur franshiza uchun yangi "ilhom manbayini" ochishga intilmoqda. Xabar qilinishicha, franshizaning kelajagi haqida ko‘p fikrlar bo'lgan, jumladan Margo Robbini bosh rolga taklif qilish yoki Jonni Deppni nihoyat Kapitan Jek Chittak roliga qaytarish rejalari. Biroq, hozirgi holatga ko'ra, franshiza yangi g'oyalar va yangi aktyorlardan boshlab, to'liq qayta ishga tushirishga tayyorlanayotganga o'xshaydi.

ComicBook.com yaqinda afsonaviy prodyuser Jerri Brukxaymer bilan suhbatlashdi. Va undan o'zining bir qancha mashhur franshizalari, jumladan "Qaroqchilar" kelajagi haqida so'rashdi. Brukxaymer Pirates "reset tugmasini" bosayotganini eslatib o'tdi.

Menimcha, ushbu yangi qayta boshlanish aynan qaysi yo'nalishda ketayotganini ko'rish qiziq bo'ladi. Hozircha Margo Robbi variantini butunlay inkor etib bo'lmaydi. Lekin "Barbi"ning katta muvaffaqiyatidan so'ng, bu, ehtimol, ancha qiyinlashadi. Jonni Depp Ember ishidan keyin Goliivuddan qattiq arazlagan va hali-beri qaytmasa kerak. Shundan kelib chiqib, yangi filmda katta o'zgarishlar bo'lishini taxmin qilishimiz mumkin.

Sizchi, keyingi "Karib dengizi qaroqchilari" filmlarida nimani ko'rishni xohlaysiz?

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

Sony "The Spider Within: A Spider-Verse Story" qisqa metrajli filmi tizerini namoyish qildi.

Unda Miles Morales o'z vahima hujumlariga qarshi kurashadi. Qisqa metrajli film voqealari birinchi va ikkinchi bo'limlar orasida davrda bo'lib o'tadi.

Premyera ertaga Youtubeda.

@boredpandablog
#tavsiya

Netflix'da xitoylik mashhur ilmiy-fantast yozuvchi Lyu Tsisinning "Yerning o'tmish xotiralari" trilogiyasi (hozircha birinchi tomi) asosida suratga olingan "Uch jism masalasi" serialini tomosha qilishni boshladim.

Shunchaki super. Undagi qiziqarli syujet manaman degan tomoshabinni ham o'ziga rom qilib qo'yishi aniq.

Miyaga ozuqa berish uchun yaxshi tavsiya.

@boredpandablog
Humo Air o'z ichki reyslarini bekor qilgani haqida yozgandim. Endi Silk Avia ham apreldagi Urganchga barcha reyslarni olib tashlabdi.

Bu esa Urganchga bir oy oldin uchish uchun qolgan yagona variant - o'zimizning jonajon UzHavoyo'llari narxlari. Mana marhamat! Bagajsiz (!) qaytarilmaydigan (!) eng arzon chipta atigi 613 ming so'mdan! Lekin shuyam bir hafta ichida qolishi aniq emas. Ba'zi kunlarga allaqachon chiptalar qolmagan.

Anaqisa, ichki turizmni rivojlantirmoqchimidik.... 🧐

@boredpandablog
Bored Panda Muad'Dib
Davlat telekanallarida ketayotgan "milliy" serial, telenovellalarimizga kichik bir nazar. @boredpandablog
"Xorijiy kontent bizni buzayapti" degan odamlarga Tvda ketayotgan mana shu telenovellalarni jo'natib qo'yarsizlar.

@boredpandablog
Bored Panda Muad'Dib
"Xorijiy kontent bizni buzayapti" degan odamlarga Tvda ketayotgan mana shu telenovellalarni jo'natib qo'yarsizlar. @boredpandablog
Aslida bu "Clickbate" ya'ni insonlarni e'tiborini tortuvchi Sarlavhalar, ichida 18+ sahnalar yo'q deyishingiz mumkin.

Lekin bu baribir syujet shunga qurilgan va insonlar axloqiga ta'sir qilishi aniq.

Netflixdayam yigit-qiz o'rtasida (ba'zan boshqacha) sevgi sahnalari bor, ammo ularda o'z reytinglariga ega. Va romantika asnosida keladi ko'pincha. Biroq buni ko'rib qandaydir jirkanchlik his qilasiz.

Ijod erkinligi tarafdoriman. Lekin bilishimcha, bunday kontent ijodkorlari boshqa alohida bir sohada ishlashadi.

@boredpandablog
Qani jiddiylashamiz o'rtoqlar

@boredpandablog
Bored Panda Muad'Dib
Qani jiddiylashamiz o'rtoqlar @boredpandablog
O'zi vayndan ko'tarilib, endi undan uyalish nega kerak😁

Ha mayli...

@boredpandablog
#youtube_tavsiya

Bobur Yo'ldoshev. Yuqori saviyali va iste'dodli o'zbek aktyori. Yillar o'tib, bu fakt o'z isbotini topayapti.

Nazarimda, Bobur Yo'ldoshev omma rayiga qarab o'zini o'zgartirmagan va shaxsiy dunyoqarashida sobit qolgan kam sonli media personaligi uchun ham hurmatga loyiqdir.

Masalan, u boshqalarga o'xshab bachkana vaynlar olishga o'tmadi yoki saviyasiz filmlarda suratga tushib darajasini tushirmadi, yokida Instagramni gullatib 24/7 o'zini piar qilmadi. O'zidan chala domla ham yasab olgani yo'q. Kerak bo'lsa, bularni qilish oson edi.

Fakt shuki, Bobur Yo'ldoshev aslida professional aktyor uchun eng muhimi - bu o'z sohasida ijod qilishdan, o'z ustida ishlashdan to'xtamaslik ekanini ko'rsatib kelayapti. Hozir ham "Diydor teatr"i badiiy rahbarligi Bobur aka uchun nechog'lik ahamiyatga egaligini bilish qiyin emas.

Ushbu intervyuni ko'rib, bunga o'zingiz ham amin bo'lasiz deb o'ylayman.

@boredpandablog
Bored Panda Muad'Dib
#tavsiya Netflix'da xitoylik mashhur ilmiy-fantast yozuvchi Lyu Tsisinning "Yerning o'tmish xotiralari" trilogiyasi (hozircha birinchi tomi) asosida suratga olingan "Uch jism masalasi" serialini tomosha qilishni boshladim. Shunchaki super. Undagi qiziqarli…
Aqlli va zehnli insonlar uchun ishlanadigan seriallarni yoqtiraman.

Syujet sarguzasht. detektiv va mistika uyg'unligidan tashkil topgani uni yanada tomoshabop qilgan.

Xullas, "3 Jism masalasi" Top!

@boredpandablog
Bored Panda Muad'Dib
Humo Air o'z ichki reyslarini bekor qilgani haqida yozgandim. Endi Silk Avia ham apreldagi Urganchga barcha reyslarni olib tashlabdi. Bu esa Urganchga bir oy oldin uchish uchun qolgan yagona variant - o'zimizning jonajon UzHavoyo'llari narxlari. Mana marhamat!…
Mana bu post bo'yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” AK matbuot xizmati ((ular “Silk Avia” (Uzbekistan Helicopters) haqida ma’lumot berish uchun ham mas’ul)) munosabat beribdi. Quyida matn:

"Yuqoridagi Toshkent-Urganch-Toshkent reyslari yo‘lga qo‘yiladi va jadval 31-mart kuni e’lon qilinadi. Ayni paytda texnik tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani sababli yuqorida qayd etilgan reyslar jadvaldan olib tashlangan. Silk Avia aviakompaniyasi Toshkent – ​​Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha har kuni parvozlarni amalga oshirishda davom etadi.

2024-yil bahor-yozgi navigatsiya davri jadvaliga ko‘ra Silk Avia (Uzbekistan Helicopters) aviakompaniyasining ish jadvali rejalashtirilgan:

• Toshkent – ​​Samarqand – Toshkent: seshanba, payshanba va shanba kunlari, (keyinchalik kunlik reyslar ko‘payadi)

• Toshkent – ​​Buxoro – Toshkent: har kuni, kuniga ikki marta;

• Toshkent – ​​Termiz – Toshkent: har kuni, kuniga ikki marta;

• Toshkent – ​​Farg‘ona – Toshkent: har kuni;

• Toshkent – ​​Namangan – Toshkent: dushanba, chorshanba va shanba kunlari;

• Toshkent – ​​Qarshi – Toshkent: har kuni;

• Toshkent – ​​Navoiy – Toshkent: dushanba, chorshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari;

• Toshkent – ​​Urganch – Toshkent: har kuni;

Shuningdek, tez orada Silk Avia (Uzbekistan Helicopters) kompaniyasi Buxoro – Urganch – Buxoro yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Ushbu yoʻnalish jadvali 2024-yil aprel oyining ikkinchi yarmida eʼlon qilinadi".


@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bossimiz shu videoni gruppamizga jo'natibdi😎

Siz ham o'zingizni work gruppangizga jo'natib qo'ying, zero yomonliklarning barchasi shu fontanga ketsin!

@boredpandablog
#news

Kristofer Nolan "Ser" unvoniga ega bo'ladi

Demak, bir necha nashrlar yaqinda "Oppengeymer" filmi uchun Oskar olgan mashhur kinorejissorning nufuzli ritsar tituli va Ser unvoni bilan taqdirlanishi haqida yozib chiqishdi. Aytishlaricha, Qirol Charlz III ning shaxsan o'zi Oskar sovrindorini taqdirlashni tasdiqlagan.

Shuningdek, Netflix bosh direktori Ted Sarandosga "ijodiy sanʼatdagi xizmatlari uchun" Britaniya imperiyasi Ordeni Qoʻmondoni unvoni beriladi. Bundan tashqari, Kristofer Nolanning rafiqasi, prodyusser Emma Tomas esa "Ledi" bo'ladi.

Taqdirlash marosimi aynan qachon bo‘lib o‘tishi va unda qirollik oilasidan kimlar ishtirok etishi ma’lum qilinmagan.

@boredpandablog
2024/03/29 03:25:32
Back to Top
HTML Embed Code: