Telegram Group Search
Bored Panda
​​#review #kino "Rebel Moon", 2023 Zak Snayderning "Isyonkor Oy" yangi kosmik operasi 1-qismini Netflixda ko'rib tugatdim. Hissiyotlar 2 xil. Chunki film auditoriyasi bir vaqtning o'zida 2 tomonga: o'smirlar va kattalarga yo'naltirilganini tushunish qiyinmas.…
Shu taqrizga hech nima qo'sholmayman. Afsuski, Zak Snayderning bu sagasi bilan aynan nimani ko'zlaganini tushuna olmadim.

Eng qizig'i, hali bu epik to'qnashuv deyilayotgani aslida bitta qochqin harbiy qizning kichik armiya qo'mondoni ustidan g'alabasi haqida bo'ldi. Biz vse taki Lord Balisarius faqat bitta sahnada ko'rdik yana. Qirolichani missiyasi ham ochiq qoldi.

Xullas, Zak Snayder hali yana davom ettiraman degan ushbu sagani ortiq ko'rishga toqatim yetmaydi deb qo'rqaman.

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Dedpul va Rosamaxa” filmi navbatdagi rasmiy treylerini qarshi oling!

Premyera 26-iyulda.

@insusambil buni nishonlash kerak aka:)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

Kechqurunga ajoyib horror!

"Watched" filmining treyleri - M. Night Shyamalanning qizi Ishanadan triller film

Syujet Irlandiya o'rmonlaridagi yo'qolib qolgan 4 nafar insonning noodatiy boshpanada qolib ketishi haqida. Tez orada ular ushbu qorong'u o'rmonda ularni qandaydir sirli mavjudotlar kuzatib turganini tushuna boshlashadi.

Film butun dunyo bo'ylab iyun oyi boshida namoyish etiladi.

@boredpandablog
#haqida

Orqaga aylanayotgan tarix plastinkasi

— Uyingizda quyosh/shamol/issiqlik panellari orqali o'zingiz uchun elektr energiya ishlab chiqaring!
— Uyingizda o'zingiz uchun toza ichimlik suvi yarating!
— Uyingizda parranda/mol boqib, tuxum/go'sht/sut mahsulotlari bilan ta'minlang!


Shu va shu kabi chaqiriq/propagandalar oshayotgan bir fonda bular reallikdan uzoq narsalar bo'lmay qoldi. Ilmli insonlarning aksariyati allaqachon yangi tartibotlarga jiddiy yondoshishni boshlab yuborishgan.

Insoniyat sekin-asta yana oʻz ehtiyojlarini oʻzi yaratgan mahsulot va xizmatlar bilan qondiradigan xoʻjalik tizimiga o'tayapti.

Beixtiyor ravishda omma jamiyatda pul-tovar munosabatlariga ishonch pasayib borayotganini anglamoqda. Bozor juda nestabil, qaysidur davlatning valyutasi istalgan payt shunchaki bir parcha qog'ozga aylanishi ehtimoli bor. Axir, yadro urushida qatnashayotgan dushman davlatii valyutasi kimga kerak? Balki XXII asrda biz yana o'sha eski qadrdon —natural xo'jalik turmush tarziga qaytarmiz.


Taxminan 2136-yil. Toshdan barpo etgan qo'rg'onimizda o'zimizning quyosh panelimizda ishlab chiqarilgan svetni yoqib, domashniy qaymoq va duxovkada pishgan non bilan choy ichgancha, smartinternet orqali dunyodgi dahshatli yangiliklarni tinglab o'tirishimizni tasavvur qiling.

Xayrli tong, do'stlar!

@boredpandablog
Selfi

Qizlar bir kunda nechi marta o'zingizni rasmga olasiz? Umuman rasmga tushmaydigan kunchi? Selfi qanchalik muhim?

@boredpandablog
Bored Panda
Selfi Qizlar bir kunda nechi marta o'zingizni rasmga olasiz? Umuman rasmga tushmaydigan kunchi? Selfi qanchalik muhim? @boredpandablog
Bu kanalda rasmga tushmaydigan shuncha qiz bor ekan😁 Baribir kanalimizning sifati yuqoriligi bilinadi. Juda jiddiy odamlar kuzatadi mani, ortiqcha o'yin-kulgiga voxt yo'q:)
Bored Panda
Selfi Qizlar bir kunda nechi marta o'zingizni rasmga olasiz? Umuman rasmga tushmaydigan kunchi? Selfi qanchalik muhim? @boredpandablog
Nega o'g'il bollardan so'ramadiz? degan savolga:

Bollar bir marta zo'r rasmga tushvoladi. Va shuni 5 yil hamma ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga qo'yib qo'yadi. Bo'ldi.
#kinonews

Kecha joriy yilning eng yaxshi seriallaridan biri bo'lgan "Syogun"ning so'nggi epizodi chiqdi.

Film tanqidchilar tomonidan 99% Rotten Tomatoes va tomoshabinlardan 91% ovoz oldi — "Syogun" o'zining atmosferasi, syujeti va epikligi bilan barchani hayratda qoldirdi.

P.s: Serialning 1980-yilda ishlangan varianti ham bor.

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#news

Nihoyat bizda ham "Comic Con" bo'larmish😊 Tashkent 15-16 iyun kunlari.

instagram: tashkentcomiccon

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shu trilogiyani qayta ko'rish xumori tutyapti...

@boredpandablog
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
​​Menimcha, hokimiyat va ayrim jamoatchilik vakillari tushunmayotgan, yoki atayin tushunishni xohlamayotgan narsa - daraxtli park - attraksion va betonsiz so‘lim soyabon - bu shaharni boy qiladigan narsa. Bitta korxona o‘sha chiqqan qiymatni ola olmaydi, to‘g‘ri, lekin shaharni ko‘proq boyitadi. 

Oddiy mantiq: agar deylik, Nyu Yorkni markaziy bog‘ini (Central park) o‘ringa Disney Lend qurilganida - Disneylend korxonasi ko‘p foyda olgan bo‘lar edi, hech shubhasiz. Lekin Nyu York va AQSH iqtisodiyoti uchun bu park juda katta iqtisodiy zarar bo‘lar edi. Siz o‘ylashingiz mumkin, agar Markaziy Bog‘ o‘ringa Disney Lend qurilsa, u yerga millionlab odam kiradi, hammasi pul xarajat qiladi, minglab odam o‘sha parkda attraksionga qaraydi - oylik oladi, soliq tushadi va rosa pul aylanadi. Markaziy bog‘ bo‘lib qolsa, faqat skameykalarda o‘tirish bor va aylanadigan daraxtzor bor - ichida na bir restoran bor, na bir attraksion bor, juda kichik pul aylanadi, ishchilar soni ham kam: asosan bog‘bonlar va parkka qaraydiganlar. Lekin haqiqat shundaki, agar iqtisodiy mantiq bilan qarasak, shunda ham, shahar markazidagi bog‘ o‘rniga Disneylend qurilishi Nyu York shahri kambag‘allashtiradigan qaror bo‘ladi. Daraxtlar va yashilik yaratayotgan iqtisodiy qiymat, birgina koroxna balansida bo‘lmasligi, u qiymat yo‘q degani emas. Aynan shuni ijtimoiy tovarlar deymiz. Nyu York hokimiyati, to‘g‘ri mantiq qo‘llagan holda shahar iqtisodiyotiga bunday zarba beradigan lekin qaysidir korxona balansini ko‘paytiradigan qaror qilmagani juda to‘g‘ri bo‘lgan. Attraksionli parklar kerak emasmas, masalan Floridadagi botqoqoni quritib betonli Disneylend qurishgan. Bu to'g'ri ish bo’lgan.

Xuddi shuning uchun ham, dunyodagi barcha normal shaharlarda: Parijda ham Disneylend Lyuksemburg bog‘ini ichida qilinmagan, shahardan 50 kmda qurilgan yoki Tokiyo da ham imperator bog'ini quritib Disneylend qurishmadi - qo'shni shahar Chibada qurishdi. Bunday ro'yxatni davom ettiraverish mumkin. Xohlagan yaxshi shaharizda shunday to'g'ri qaror qabul qilingan. Hatto moskvada ham, 90-yillarda parklarni ichida sal beton qilib attraksion qilinganidan keyin, hukumat aqlini yig’ib olib, parklarni shaharga, odamlarga qaytargan. Biz ham 90-yillar Moskvani xatosini qilmoqdamiz.

Bizda ham, parklarni betonlashtirib attraksion qilganlar, pul topayotgandir, o‘sha korxonada odam ishlayotgandir, lekin shaharga va mamlakatga misli ko‘rilmagan iqtisodiy shikast yetkazilgan. Men iqtisodchi sifatida buni aytyapman, ijtimoiy yoki deylik estetik masalalarni aytmayapman. Shahar ichidagi parkni betonlashtirish - nafaqat ekologik shikast, balki katta iqtisodiy shikast ham.
Bored Panda
​​Menimcha, hokimiyat va ayrim jamoatchilik vakillari tushunmayotgan, yoki atayin tushunishni xohlamayotgan narsa - daraxtli park - attraksion va betonsiz so‘lim soyabon - bu shaharni boy qiladigan narsa. Bitta korxona o‘sha chiqqan qiymatni ola olmaydi…
Aqlli odamlar turli yo'llar bilan, misollar bilan oddiy haqiqatni tushuntirishga harakat qilishmoqda. U ham bo'lsa:

Parklar xalqqa kerak. Ular xalqning xizmatida bo'lishi kerak. Aslida hayotimiz uchun muhim ko'pgina narsalarni valyutaga konvertatsiya qilolmaymiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Botir Qodirovdan go'zal ijro. Merosni maromiga yetkazib aytyapti.

Ha, aytgancha, bugundan uning konserti boshlanadi, 100% jonli ijro.

@boredpandablog
Bored Panda
Qirg‘iziston ijodkorlari “Peyish” nomli katta kino olibdi Treyleridanoq uning masshtabi va dolzarbligini sezish qiyin emas. Ta'sirli. Qirg'izlar molodes! @boredpandablog
#kinonews

O'zbek kinoprokatida bir hafta ichida 1.3 milliard so'm yig'gan kino

Qirg‘izistonlik rejissyor Ruslan Akunning “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi Toshkentda namoyish etilganidan so‘ng bir hafta ichida 1,3 milliard so‘m yig‘ibdi. Bu haqda filmning O‘zbekistondagi rasmiy hamkori hisoblangan iTV xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11-aprel kuni premyerasi bo‘lib o‘tgan film 7 ta kinoteatrda kuniga 50 marta namoyish etilgani bois yetti kun ichida 1 308 647 350 so‘m (103 000 dollar) daromad olgan.

Qayd etish kerak, bu film Qozog‘istondagi namoyishlarda atigi 4 kun ichida 1 000 000 dollar yig‘ib, kassada “Dune-2” filmini ortda qoldirgandi.

@boredpandablog
​​#review

"Ripley", 2024

"Pikassoning asl kartinasiga egalik qilishni istaysizmi? Bu uchun qotillikka ham tayyormisiz?"

1960-yillar. Mayda, lekin uddaburon firibgar Tomas Ripli (Endryu Skott)ni badavlat janob Grinlif sayoq o'g'li Richard Grinlifni Italiyadan AQShga qaytarishda ko'maklashish uchun yollaydi. Riplining missiyasi saxiylik bilan rag'batlantiriladi, lekin u Italiyaga kelib omadsizlikka uchraydi. Sababi RIchard uyga qaytishni istamasdi. Ammo endi Tom ham asta-sekin Richardning betashvish va hashamatli hayotiga singib, o'zining yangi tanishidan o'z farovonligi uchun foydalanishga qaror qiladi. Va voqealar tubdan o'zgarib ketadigan hodisa sodir bo'ladi...

To'g'ri, "Ripley" seriali premyerasi jimgina o'tdi: na katta marketing, na virusli tik-toklar yoki ijtimoiy tarmoqlarda qizg'in muhokamalar yo'q. Endryu Skottning personal muxlislari buni ko'rib, aktyorning naqadar rolga to'g'ri tanlanganiga amin bo'lishlari mumkin. "Shindler ro'yxati", "Nyu-York Bandasi" kabi Oskar olgan kinofilmlarda ishtirol etgan Stiven Zailliandan haqiqiy san'at asari. U o'zining Xichkokona atmosferasi va o'zgacha stili bilan tomoshabinlarni o'ziga tortadi.

Serial oq-qora uslubda olingan bo'lsa-da, Xichkokona atmosferasi va o'zgacha stili bilan tomoshabinlarni o'ziga tortadi. Shuningdek, bu serialga o'sha davr ruhini beradi, unga sirlilik va go'zallik qo'shadi. Operatorlik ishi esa alohida e'tirofga munosib. Kadrlar borki, siz birorta so'zsiz ham rejissor nima demoqchi bo'lganinini yaxshi tushunasiz. Ayniqsa, Italiya villalari, kichik shaharlar peyzajidagi har bir detal nafis did bilan suratga olinganki, xuddi o'zingizni go'zal Atrani ko'chalarida yurgandek his qilasiz.

Tomoshabin uydagi detallarga asosan Tomas Riplining nigohi bilan qaraydi, uning nigohi esa u ega bo'lishni istagan hashamatli narsalarga qaratilgan edi. Operatorlik ishi tufayli muallif dialoglarga ko'pam murojaat qilmasdan turib personajlar motivlarini aniq ochib bera olgan. Hech bir mubolag'asiz aytishim mumkinki, "Ripley" - men hayotimda ko'rgan eng chiroyli va stilniy seriallardan biri.

Xaysmit romanlari turkumining yana bir muhim xususiyati shundaki, qahramon har safar klassik detektiv hikoyasining an’anaviy shablonini buzadi - ya'ni u jazodan mohirlik bilan qutulib qoladi. Eng qizig'i, buning uchun Tom ko'pincha qo'shimcha kuch sarflashiga ham hojat qolmaydi: jamiyatdagi tuzilgan tizimdagi "tuynuklar"lardan foyda beradi.

Oldin ham bu roman kino qilingan. Ammo Zaillian kabi, 400 betlik kitobni sakkiz soatlik serialga cho'zishmagan. Serial ritmi sokin, lekin mislsiz darajada go'zal. Buning uchun "Ripley"ning qoron'gu dunyosiga san'at asari sifatida qarashni taklif qilgan operator Robert Elsvitga minnatdorchilik bildirish kerak.

Albatta, dinamik seriallar muxlislari buni ko'rib zerikishlari mumkin. Ammo o'ychan, chuqur falsafaga boy serial ishqibozlari uchun bu yoqimli topilmadir. "Ripley" - bu qo'l mehnatida ishlangan nodir mahsulot singari ajoyib.

Italiya. Qora va oq palitra. Sokin ritm. Ajoyib musiqa. Va Tom. Keyinchalik butun umrga eslab qoladigan bu ismni birinchi marta eshitganingizda, beixtiyor savol berasiz:

- Tom? Qaysi Tom?
- Tom Ripli.


@boredpandablog
#haqida

Yulduzlarga nom

Agar siz, masalan, susambilda chinovnik slishkom boy odam bo'lsangiz, ishlab topgan millionlaringizga ikkinchi xotinizga Mahmud Namozov aytganidek "Oyni olib bersangiz" bo'ladi.

Maxsus sayt orqali NASA bilan kelishib, yangi topilgan, hali nom berilmagan yulduzni o'z nomini kadastr rasmiylashtirishingiz mumkin.

Istalgan nom mumkin. Faqat 9 oy kutasiz bitta nyuansi bor:

O'lganiga 200 yil bo'lmagan tarixiy shaxslar nomi mumkinmas. Chunki biror o'zimizni qorako'zlar kimdur Xudo ko'rsatmasin "Bayden tog'o" deb nomlashi, u esa keyinchalik nimadadur ayblanishi va insoniyat uni tarixiylashtirishga (xotya bundan ortiq tarixiy prezident yo'q:)) qarshi bo'lishi mumkin.

Shu joyi manga yoqdi. Keyin buni o'ylab qoldim. Biz orqa oldiga qaramay hammayoqda G'ofur G'ulom-u, Hamid Olimjonu, Hamza deb nomlab tashlaganmiz. Hay...

Shunchaki keyinchalik kimnidir biror aybi chiqsa, metroni nomini hadeb o'zgartirishga hojat bo'lmasdi, xolos.

@boredpandablog
2024/04/27 05:52:25
Back to Top
HTML Embed Code: