tg-me.com/FALSAFASI_HAYOT/16500
Last Update:
🌿❤️ Gap bilganga...
O‘qishdan charchab kelgan Joziba uxlab qolibdi..bir payt qaynonasi keladigan vaqtga uyg‘ondi.Shosha pisha uyni yig‘aman deguncha qaynonasi eshik qoqdi..endi nima bo‘ladi?
Eshik ochilgach kulib turgan kelinini ko‘rib qaynona ishxonada bo‘lgan ko‘ngilsizlikni biroz unutdi..
-Assalomu aleykum xush kelibsiz oyijonim..juda charchabsiza?
Qaynonasini oyoq kiyimini olib chetga qo‘yib qaynonasini quchdi
-sizni sog‘inib qolamaney oyijon! Uyam zerikarli bo‘lib qoladi sizsiz, o‘g‘lingiz telefon qilib kechga ovqat qilma o‘zim onamni bir aylantirib kelaman dedilar..
Qaynona mehrdan mumday eridi
-bir o‘zim nima qilaman siz ham borasiz!
-uyda ishlarim borda oyijon!-dedi kelin chiroyli erkalanib.
-e shu ish tugarmidi? Tayyorlaning men ham kiyinib chiqaman...
-Sardor aka onamizni biroz kayfiyati yo‘q..chamamda nimadandir siqilyapti..bir aylantirib kelasizmi?
Go‘shakdan mehrli ovoz keldi
-senchi?
-men onam hursand bo‘lsalar xursandman!
-jonim meni!-dedi erkak ayolini sog‘inib go‘shakni qo‘yarkan...
Shu kech kelinni uyni yig‘magani ham ovqat qilmagani ham bilinmadi..gap bilganga ming tangami yoki ish bilgangami?
- Nafisa Malikova
@falsafasi_hayot 🍃
BY Hayot falsafasi 🍃
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/FALSAFASI_HAYOT/16500