tg-me.com/FALSAFASI_HAYOT/16511
Last Update:
🌿 O‘kinmang...
🍃 O‘kinmang! Bisotingizdagi boylik, osmono‘par binolar, gulzor bog‘laringiz bo‘laturib g‘amga botsangiz, ular sizga tuganmas baxtni va’da qilmaydi. Aksincha, nadomat va g‘am-anduhingizni ziyoda qilsa qiladi, aslo kamaytirmaydi...
🍃 O‘kinmang! O‘kinaversangiz, tabobat giyohi, dorixona dorilari, tabib ko‘rsatmasi sizga foyda bermaydi. Chunki siz qayg‘uni qalbingiz to‘riga joyladingiz, uni ko‘zlaringizga muhrladingiz, qalbingizga yoydingiz, jismingizni u bilan o‘rab oldingiz...
🍃 O‘kinmang! Sizda duo qilish imkoni bor. Tanangizni Rabbingizning rahmat va marhamat ostonasiga tashlashga qodirsiz. Molik va Qodir Zot eshigi oldida maskan tutish imkoniyatiga egasiz. Ixtiyoringizda duolar mustajob bo‘ladigan vaqt – kechaning oxirgi uchdan bir qismi bor. Bisotingizda peshonangizni sajdaga qo‘yish soatlari bor.
🍃 O‘kinmang! Chunki Alloh taolo siz uchun yerni va undagi bor narsalarni yaratdi. Siz uchun go‘zal bog‘larni o‘stirdi. U bog‘larda va mevalardan har turli go‘zal juftlarni, tizilgan mevali novdalari bo‘lgan baland xurmolarni undirib-o‘stirdi. Yaltiroq yulduzlarni, anhoru buloqlarni siz uchun yaratib qo‘ydi-ku. Shuncha ne’matlar uzra bo‘la turib, nega g‘amgin bo‘lasiz..?!
🍃 O‘kinmang! Chunki siz zilol suvlar, musaffo havolardan bahra olyapsiz. Oyoqlaringiz salomat, osoyishta tunlarda tinch, oromdasiz...
@falsafasi_hayot 🕊️
BY Hayot falsafasi 🍃

Share with your friend now:
tg-me.com/FALSAFASI_HAYOT/16511