Toshkent planetariysiga sayohat

Har yili mart oyining ikkinchi yakshanbasida Xalqaro planetariylar kuni nishonlanadi. 1925-yiling 7-mayida Germaniyaning Myunxen shahrida dunyodagi birinchi planetariy ochilgan. Ilk planetariyning 100 yilligi munosabati bilan 2023–2025-yillarda Xalqaro planetariylar kuni 7-may kuni nishonlanmoqda.

Toshkent planetariysi bundan 61 yil avval ochilgan boʻlib, 2003-yili toʻliq qayta qurilib, yangitdan faoliyat boshlagan. Bir yil oldin “Gazeta.uz” yosh avlodning astronomiya va kosmonavtikaga qiziqishini oshirishi mumkin boʻlgan ushbu muassasadan reportaj tayyorlagan edi.

U bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2023/06/30/planetariy/

Ziyoda Ramazonova, Madina Aʼzam
“Qiyin boʻlsa ham, dadamning ishini davom ettiraman” — traktorchi qiz

6 farzanddan faqatgina Ziyoda Joʻraboyeva rahmatli otasining kasbini olgan. Avvallari “Qiz bola traktor haydab yuribdi”, deb kulganlar ham boʻlgan. Bugun esa qizginaning qatʼiyati, gʻayrati va erishayotganlarini koʻrgan qishloqdosh ayol-u erkak borki, havasda.

Ziyoda “Gazeta.uz” bilan suhbatda traktor haydashni qanday oʻrgangani, bu ishda uchrashi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar, ayni paytdagi faoliyati-yu kelgusidagi rejalari haqida gapirib berdi.

Suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/DQMovwMexXc?si=Pn-jW9O5n8TENo4L

Mirolim Isajonov, Ma'murjon Obrahmatov
“Qancha emas, qanday yashash muhim”. Toʻquvchi qiz hikoyasi

U opasi kabi orqa mushak atrofiyasi tashxisi bilan tugʻilgan. Shu kasallik sabab 12 yoshida opasidan ayrilgan — shifokorlar uning ham koʻp yashamasligini aytgan. Ammo u hayotga tashnaligi sabab, toʻqish bahona oʻz oʻrnini topishga muvaffaq boʻldi.

Bu hikoya — “Gazeta.uz”ning “Iroda” loyihasi ilk qahramoni Feruza Shodjonova haqida.

“Iroda” — sinovlarga boy hayoti haqida hikoyasi bor, ammo oʻzi haqida gap ketganida birinchi galda boshqalardan farqli jihatlariga emas, balki uning ham inson ekanligiga, qobiliyat-u salohiyatiga eʼtibor qaratilishini istovchi vatandoshlarning kechmishlari berib boriladigan loyiha.

Feruza Shodjonova hikoyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/17/feruza/

Gulira’no Musayeva, Madina Aʼzam

@gazetauzmaxsus
“Hayratlanmasa, odam muzeyni unutadi”. Toshkentdagi Qovoq uy-muzeyi va uning asoschilari haqida

Toshkentdagi Qovoq muzeyi haqida koʻpchilik bilmaydi. Boʻyab-chizilgan qovoqlar va qoʻlda yasalgan qoʻgʻirchoqlar bilan yorqin bezatilgan eski uy-muzey Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Sultoniya koʻchasi 62-uy manzilida joylashgan. Muzeyga kirish joyida somon tuya qorovullik qiladi, uning qovoqdan yasalgan xonimi esa mehmonlarni tabassum bilan kutib olib, peshtoqiga qovoqlar osilgan darvozaga taklif etadi.

Muzeyga bundan 20 yil avval sobiq pedagoglar Baxtiyor va Dildora Poʻlatovlar asos solgan. Bu yerda qovoqning 50 dan ortiq turi bor, mahorat mashgʻulotlari oʻtkaziladi, qoʻgʻirchoq teatrlari qoʻyiladi. “Gazeta.uz” asoschilar bilan muzeyning yaratilish tarixi, uning xizmatlari va oʻziga xos bolalar bilan ishlash haqida suhbatlashdi.

Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/18/pumpkin-museum/

Umida Ergasheva, Xolida Musulmon

@gazetauzmaxsus
“Mifonomika”: Korrupsiya qonimizga singib ketganmi?

Gazeta.uz” turli soha vakillari bilan odamlar orasida iqtisodiyot haqida tarqalgan miflar va yanglish tasavvurlarni muhokama qilishga qaratilgan “Mifonomika” loyihasini davom ettiradi.

Loyihaning to‘qqizinchi sonida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov bilan “Korrupsiya qonimizga singib ketgan” degan mif haqida gaplashdik.

Suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=nimiuyWgNSg

Podkastni keyinroq tinglashni istasangiz, ushbu postni Saqlangan xabarlar (Избранное / Saved Messages)ga jo‘natib qo‘ying.

“Mifonomika” loyihasining oldingi epizodlarini bu havola orqali tomosha qiling.

Bahodir Abdullayev

@gazetauzmaxsus
Poytaxtni egallagan Olot kutubxonasi. Mahallasida kutubxona ochish uchun Turkiyadan qaytib kelgan Shahnoza Navroʻzova hikoyasi

Olot somsasi Toshkentni “egallagani”ga koʻp boʻldi. Ammo poytaxtga “yurish” faqat somsa bilan kifoyalanayotgani yoʻq. Uning yoniga kutubxona ham qoʻshildi.

Buxoro viloyati Olot tumanidagi mahallada 2023-yil iyunida Shahnoza Navroʻzovaning saʼy-harakati bilan kutubxona ochilgan edi. Oradan bir yil oʻtmay bu tashabbus Oʻzbekiston banklarini ilhomlantirdi: 15 bank Toshkentdagi 100 ta mahallada kutubxonalar ochib, 2024-yil 1-mayidan ishga tushira boshladi. “Gazeta.uz” poytaxtga ibrat boʻlgan kutubxonada boʻlib qaytdi.

Asoschi kutubxonani ochishdan maqsadi, bu jarayonda duch kelgan qiyinchiliklari, rasmiylarning befarqligi-yu vatandoshlarning qoʻllovi, bu ishdan olayotgan maʼnaviy toʻyinishi haqida soʻzlab berdi.

Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/31/olot-kutubxona/

Ziyoda Ramazonova, Behzod Boltayev

@gazetauzmaxsus
2024/06/11 06:42:40
Back to Top
HTML Embed Code: