Telegram Group Search
#ob_havo

🔹TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchanbo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gachakuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-21°, kunduzi 32-34° bo‘ladi.
 
🔹QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
 
🔹BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gachakuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilankuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
 
🔹TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
 
🔹QASHQADARYO VA SURXONDARYOVILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
 
🔹ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
 
🔹RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 19-24° bo‘ladi.
#taqdirlash

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining buyrug‘iga asosan,
5-iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan "O‘zgidromet" agentligi tizimida ko‘p yillar namunali mehnat qilib yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan bir qator xodimlar "TABIAT HIMOYACHISI " ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar:

- Nargiza Tirkasheva;
- Miyrigul Ibraymova;
- Alfiya Axmetyanova;
- Qiyom Yo‘ldoshev.

"O‘zgidromet" agentligi taqdirlangan xodimlarni tabriklaydi! Kelgusi faoliyatlarida yanada yuqori marralarga erishishlarini tilaydi.
⚠️TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

Joriy yilning 12-13 iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

🔹Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

🔹Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

🔹Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

Farg‘ona vodiysi hududlari bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
__

⚠️ЭКСТРЕННАЯ ГИДРОМЕТЕОРОЛОГИЧЕСКАЯ
ИНФОРМАЦИЯ!
 
В связи с ожидаемыми сильными дождями 12-13 июня текущего года по предгорным и горным районам республики:

🔹Наманганской области: по Папскому, Касансайскому, Чартакскому, Чустскому, Наманганскому, Янгикурганскому районам;

🔹Ферганской области: по Сохскому, Шахимарданскому, Ферганскому, Бешарыкскому районам;

🔹Андижанской области: по Андижанскому, Асакинскому, Джалакудукскому, Кургантепинскому, Пахтаабадскому, Избасканскому, Хожаабадскому, Мархаматскому районам и городу Ханабад возможны селе-паводковые явления.

Граждан проживающих в предгорных и горных районах, отдыхающих и водителей выезжающих в горные районы просим соблюдать меры предосторожности.

По территории Ферганской долины возможно скопление дождевой воды, что может привести к подтоплению территорий.
 
#Ekologik_Byulleten

Statsionar postlarning 11 iyunda Toshkent shahri atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning konsentratsiyalari o’zgarmadi.

По данным наблюдений стационарных постов 11 июня концентрации загрязняющих веществ в атмосферном воздухе города Ташкента не изменились.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Butunjahon atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan “Tabiatni asrang” videoroligini taqdim etadi.

Klip Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan suratga olingan bo‘lib, insoniyatning tabiatga beparvo munosabati qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatadi va kelajak avlodni atrof-muhitni asrab-avaylash haqida o‘ylashga undaydi. Klipning ta’sirchan qo‘shig’i “X-Factor” o‘zbek teleshousining birinchi mavsum iqtidorli ishtirokchilari tomonidan ijro etilgan.
__

🎥 Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата представляет клип «Табиатни асранг» («Спасите природу»), презентация которого приурочена ко Всемирному дню охраны окружающей среды.

Клип снят по инициативе министра экологии Азиза Абдухакимова и демонстрирует плачевные последствия небрежного отношения к природе человечеством и заставляет задуматься о сохранении окружающей среды для будущих поколений. Трогательную песню в клипе исполнили талантливые участники первого сезона узбекского телешоу «Х-фактор».
__

🎥 The Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change presents the clip "Tabiatni asrang" ("Save Nature"), the presentation of which is timed to coincide with World Environment Day.

The clip was shot on the initiative of the Minister of Ecology, Aziz Abdukhakimov and demonstrates the deplorable consequences of humanity's careless attitude toward nature and makes us think about preserving the environment for future generations. The touching song in the video was performed by talented participants from the first season of the Uzbek TV show "X Factor".

Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#allergenlar 

🔹Toshkent shahrida joylashgan gul chang qopqonidan 3-9-iyun kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1m3 havo tarkibida allergen o'simliklardan daraxtlar kam miqdor, o‘tsimon o‘simliklar va zambrug‘ sporalari o‘rta miqdorda uchrashi aniqlandi. 
__ 
🔹Samarqand shahrida joylashgan gul chang qopqonidan 3-9-iyun kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1m3 havo tarkibida allergen o‘simliklardan daraxtlar va o‘tsimon o‘simliklar kam miqdorda, zambrug‘ sporalari o‘rta miqdorda uchrashi aniqlandi. 
__ 
🔹Qarshi shahrida joylashgan gul chang qopqonidan 3-9-iyun kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1m3 havo tarkibida allergen o‘simliklardan daraxtlar va o‘tsimon o‘simliklar kam miqdorda va zambrug‘ sporalari o‘rta miqdorda uchrashi aniqlandi. 
__ 
🔹Termiz shahrida joylashgan gul chang qopqonidan  3-9-iyun kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1m3 havo tarkibida allergen o‘simliklardan daraxtlar va o‘tsimon o‘simliklar kam miqdorda, zambrug‘ sporalari o‘rta miqdorda uchrashi aniqlandi.
__
🔹Navoiy shahrida joylashgan gul chang qopqonidan 3-9-iyun kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1m3 havo tarkibida allergen o'simliklardan daraxtlar va o‘tsimon o‘simliklar kam miqdorda va zambrug‘ sporalari o‘rta miqdorda uchrashi aniqlandi.
#atmosfera

2024-yil 12-iyun soat 18:00 dagi Atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi

PM10 dispersli zarrachalarining miqdori 33,8 mkg/m3 ni tashkil etdi, SanEQvaN 0053-23 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan  me’yordan oshmadi.

🔴 PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 6,7 mkg/m3 ni tashkil etdi, JSST tavsiyalaridan 1,3 marta oshdi (5 mkg/m3).

Uglerod oksidi CO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari)  0,23 mg/m3 ni tashkil etdi, SanEQvaN 0053-23 (5 mg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan me’yordan oshmadi.
__

12 июня 2024 года по данным с автоматических станций  мониторинга атмосферного воздуха в 18:00 г. Ташкенте

Содержание мелкодисперсных частиц РМ 10 составило  33,8 мкг/м3, что не превысило предельно допустимой концентрации по СанПиН 0053-23 (500 мкг/м3).

🔴 Содержание мелкодисперсных частиц РМ2,5 составило 6,7 мкг/м3 что превысило рекомендации ВОЗ в 1,3 раза (5 мкг/м3).

Содержание оксида углерода  СО (выбросы автотранспорта и промышленных предприятий) составило 0,23  мг/м3, что не превысило ПДК по СанПиН 0053-23 (5 мг/м3).
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💠Bu qiziq!

⚡️Bilasizmi, statistik ma'lumotlarga ko‘ra, har soniyada Yerda 100 ga yaqin yashin urishi sodir bo‘ladi.

Bu degani, deyarli har bir lahzada dunyoning biron bir joyida 2000 ga yaqin momaqaldiroq sodir bo‘lmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni damda Farg‘ona shahrida kuchli jala yomg‘irlari yog‘ib o‘tmoqda.
2024/06/13 00:23:11
Back to Top
HTML Embed Code: