Telegram Group Search
Channel name was changed to «Iysoxon Yahyo»
Assalomu alaykum! Endi sizlar bilan arab tiliga oid bilimlar, kitoblar haqidagi va shaxsiy fikrlarni shu yerda ulashib boraman.

Qisqa va lo’nda yozishga harakat qilaman. Aktiv bo’lamiz. 🔥
Kecha CEFR imtihonlari bo'ldi. Tanishlar va do'stlarning hayajonlarini ko'rib o'zim imtihon topshirganlarim esimga tushib ketdi:

O'zgacha adrenalin, hayajon va g'oliblik shukuhi yoki mag'lubiyat alami. Ayniqsa imtihondagi savollarni xotirjam ishlab qo'ygandagi mazani tasvirlab bo'lmaydi. Eslash ajoyib.

Rosmana maza qilganim Islom Institutiga kirish imtihoni bo'lgandi. Ballarimni hisoblab, aniq kirdim deb chiqqandim. Mendan baxtli odam yo'q edi. Eh, o'shal damlar... 🥲
Bugun kitobli va xushxabarli kun bo'ldi. 📚

Ertalab ustozning yonlariga borgandim. Ilk xushxabar o'sha yerda boshlandi. Esingizda bo'lsa, Hasson Shamsiy Poshoning "Yosh qizga nasihat" kitobini tarjima qilgandik. 1-nashr 5 ming nusxada bosilgandi. Shukrki, ilk nashr 2 oyga bormay tugab qoldi.

Shu kitobimizning 2-nashri 10 ming nusxada bosilibdi. Bir nechtasini sovg'aga ovoldim.

Undan keyin atigi bir dona (!) kitob olaman deb "Qamar"ga borgandim. 6 ta kitob tanlab bo'lganimdan keyin o'zimni o'zim do'kondan haydab chiqardim. 🥲

Ikkinchi xushxabar esa... Ha, mayli, unisini ertaga ayta qolaman. Ungacha esa siz taxmin qilib ko'ring-chi. )
Kim o’qishni istaydi?

🔥 bilan javobingizni bildiring.)
Iysoxon Yahyo
Kim o’qishni istaydi? 🔥 bilan javobingizni bildiring.)
Ko’pchilik o’qimoqchi ekanini bildiribdi. Bu zo’r. 🔥

Kitob aynan o’qish haqida va doimiy uchraydigan savollarga javob beradi:

- nima uchun o’qiymiz?
- qanday o’qish kerak?
- nima o’qiylik?


Kecha sizlarga aytmoqchi bo’lgan ikkinchi xushxabarim shu edi: men yana tarjimaga qaytdim. 🎉

Ustozning yonlariga bordim va o’nlab kitoblar orasidan shu kitobni tanlab oldim.

Agar siz kitobni tezroq o’qishni istasangiz, mendan har dushanba kuni tarjima nima bo’lyapti, deb so’rab turing. Bo’lmasa, qolib ketadi. 🥲

Undan tashqari buyog’iga kanalda kitobdan tarjima va izohlar bo’lib turadi. Birga-birga tarjima qilamiz endi. )
#tarjima
Tarjimani ham boshlab oldim. ✍️


Ilk sahifada ajoyib gap kelgan ekan. Shunga ozroq to'xtalgim keldi:

إذا أردتَ أن تُسعد إنسانا فحبِّب إليه القراءة

Bir insonni baxtli qilmoqchi bo'lsang, unda o'qishga muhabbat uyg'ot.

Kitobxon uchun sevimli kitob, bo'sh vaqt va tinch xonadan ko'ra suyukliroq narsa yo'q dunyoda. U uchun baxt ana shu oddiy narsalarda bo'ladi.

Demak, o'zingiz baxtli bo'lmoqchimisiz, kitob mutolaa qilishga odatlaning. Boshqalarga baxt ulashishni istaysizmi, ularda kitobga nisbatan muhabbat uyg'oting. Shunda ular o'zlari baxtni topib oladi...

📌 @Iysoxon
Yomg'ir yog'ishidan oldingi va keyingi holatga hech e'tibor berganmisiz? ☔️

Avvaliga havo tund bo'lib, qorong'ulashadi. Yurakni siqadigan xomushlik paydo bo'ladi. Keyin yomg'ir chelaklab quyadi va hamma joy sokinlashadi.

Chang bosgan havo tozalanib, insonga xush kayfiyat baxsh etadi. Ertasi kuni esa Quyosh yana kulib chiqaveradi.

Gohida hayotimizda ham chang-to'zonlar ko'tariladi. Tushkunlikka tushib, bo'g'ilamiz. Ana shunday paytda yolg'iz qolib, yomg'irdan ibrat olish kerakdir balki. Shunda hammasi sokinlashib, umid quyoshi ham charaqlab ketadi...

📌 @Iysoxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aytgancha, o’zi nega birdan tarjimaga qaytganim haqida aytib beraymi?

Qiziq bo’lsa, aytib beraman. Arab tili o’rganuvchilariga foydali bo’ladi. 🔥
Nima uchun kitob tarjimasiga qaytdim? 📚

Audioda bu haqida batafsilroq to'xtalishga harakat qildim. Shuningdek, arab tili o'rganuvchilari uchun ham qisqacha tavsiya berib o'tdim. Albatta, tinglang.

Sizga foydali bo'ldimi? :)
Biror narsa yozganingizda e'tibor qilishingiz muhim bo'lgan qoidalar bor. ✍️

Ko'pchilik bunga unchalik ahamiyat bermaydi. Insonlarga nisbatan "ta", "dona" kabi so'zlarni ishlatmang. "10 ta inson" yoki "10 dona odam" deyish unchalik ham to'g'ri bo'lmaydi.

Buning o'rniga odamlarga nisbatan "nafar" so'zini ishlatish to'g'riroq. Masalan, "10 nafar o'quvchi" kabi.
#tarjima #fikr

Bularni shunchaki qayd sifatida saqlab qo'ysangiz bo'ladi. Xato qilgan bo'lsam, til ustozlari to'g'rilab qo'yishar. )

📌 @Iysoxon
Bir vaqtda bir nechta kitob o’qiyapman. 📚

Ishimga aloqador kitob, tarjimam va suratdagi asar. To’g’risi, eng maza qilayotganim shunisi bo’lyapti.

Nimadirlar yozib maqtashim mumkin edi. Lekin yozganlarim kitobning qadrini tushirib qo’ymasin deyman. Chunki uni o’qish asnosidagi ajoyib hislarni ta’riflash juda mushkul. Chin dildan tavsiya qilaman.

Siz qaysi kitobni o’qiyapsiz? Izohlarda yozing.👇

📌 @Iysoxon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iysoxon Yahyo
Video message
Menga juda qimmatga tushgan xatoni aytib berdim. ⚠️

Biror ustoz yoniga ilm yoki kasb-hunar o'rgangani borsangiz va natijaga erishmoqchi bo'lsangiz, unda o'zingiz bilgan narsalarni unuting. Har xil bahonalarni to'xtating va faqat ustoz aytgan xarita bo'ylab yuring.

Shundagina yaxshi natijaga erishasiz. Aks holda o'zingiz bilmagan yo'lda yurishda va xatolar qilib, qoqilib, adashishda davom etaverasiz...

📌 @Iysoxon
Arab tilini o'rgangan yoki endi boshlaganlarga savol:

Nuqtali harflarni bir-biri bilan chalkashtirib qo'yish holatlari bo'lganmi? Masalan, "بِبَيْتَيْنِ" (bibaytayni) so'zida "ta" va "ya"ni adashtirish kabi holat.
Anonymous Poll
66%
Albatta, bo'lgan 🥲
20%
Eslolmayman 😎
13%
O'qishni boshlasam, bilaman-da 😅
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iysoxon Yahyo
Video message
Nuqtali harflarni chalkashtirmaslik uchun nima qilish kerak? 🤔

Bu haqida videoxabarda batafsil to’xtaldim. Quyida esa shu mashqni bajarish uchun qo’llanmani yuklab olishingiz mumkin.

Maza qilib foydalaning va bu muammodan qutiling. 🥲
Mashq_Daftari.pdf
19.9 MB
📚 Nuqtali harflarni chalkashtiruvchilar uchun mashq daftari

Do’stlaringizga ham ulashishni unutmang, ular ham foydalanib qolishsin.)

📌 @Iysoxon
2024/06/01 19:03:11
Back to Top
HTML Embed Code: