Telegram Group Search
Futurizm - Kardashev shkalasi

Atrofga nazar solsangiz, har daqiqalarda yangi kashf qilinayotgan ilm-fan yangiliklarini ko'ramiz, eshitamiz, lol qolamiz. Fikr qilsak, jamiyatning burilish (tugash) nuqtasiga yaqinlashayotgandekmiz. Taniqli nazariyotchi fizik Michio Kakuning fikricha, keyingi 100 yillikdagi ilm-fan bizning kelgusi asrda halok bo'lishimizni yoki gullab-yashnashimizni tahmin qilishimizga vosita bo'ladi. Biz 0-toifa sivilizatsiyasi bo'lib qolamizmi yoki oldinga siljib, yulduzlarga yo'l olamizmi? (Ilon Musk shu yo'lda jon fido qilyapti)

Olimlarning ta'kidlashicha, sivilizatsiya o'sib borishi uning energiya talablari o'sib borishiga sababchi bo'ladi. Ya'ni qanchalik zamon taraqqiy etsa, energiyaga bo'lgan ehtiyoj ortadi.

Boshizni qotirmay?! Hop qisqa qilaman.

Kardashev shkalasi - sivilizatsiyaning texnologik taraqqiyot darajasini u foydalanishga qodir bo'lgan energiya miqdoriga qarab o'lchash usuli ekan. Ushbu nazariy ilm 1964-yilda sovet astronomi Nikolay Kardashev tomonidan taklif qilingan. O'lchov faraziy bo'lib, kosmik miqyosda energiya sarfini hisobga oladi. Koinot va uni ortidagi mavjud kuch-quvvat va energiyalarni boshqarish darajasiga ilmiy nazar bilan qarab 0 dan 7 gacha shkala (daraja) hisoblagan.

1-daraja (sayyora sivilizatsiyasi)
2-daraja (yulduzli sivilizatsiya)
3-daraja (galaktik sivilizatsiya)
4-daraja (universal sivilizatsiya)
5-daraja (multiversal sivilizatsiya)
6-daraja (katta oʻlchovli multiversal sivilizatsiya)
7-daraja (ijodkor sivilizatsiyasi)

Futurizmga qiziqqanlar uchun bu mavzuni chiroyli yoritib bergan ushbu manbaani ko'rib qoldim, umuman Google orqali Kardashev kimligiga qiziqsangiz ham bir olam ma'lumot chiqadi. Safsata bilan shug'ullangandur lekin katta ilm qoldirgan olim ekan. Bilimni tagiga chuqurroq kirsangiz - biz bilgan o'sha bir haqiqatga olib borar ekan. Dunyoning yaratuvchi egasi borligiga.

"Allohdan boshqa hech qanday kuch va quvvat yo'q. Barcha kuch va quvvat faqat Allohdandir! U istasa o'zi istagan miqdorda insoniyatni bilishga ilhomlantirib qo'yaveradi"

@londoners_diary
Hamma maktabni bitirib bo'ldimi? 🫠

Olamda nima gap ekan deb internetga kirsam bitiruvchilar haqida ijtimoiy tarmoqlar to'lib ketibdi "kattalarning" "kichiklarga" tavsiyalariyu "amaldorlarning" qutlovlari bilan. Instagram avlod "vaynlarni" gapirmasa ham bo'ladi. Bu yaxshi, har holda e'tibor!

El qatori gap ochadigan bo'lsam, Kaminani ham maktabni bitirganiga 13 yil bo'libdi. Bundo o'tgan 9 yilimni analiz qilib ko'rib, qayd qilib qo'ygim keldi.

Maktab davrida amalga oshira olgan 3 ta eng foydali va 3 ta eng zararli (befoyda) ishim!

4-sinfligimda "Kara jadvalni" yodlaganim.

5-sinfdan - 8-sinfgacha darsdan tashqari "suzish" va "arab tili"ni o'rganishga borganim.

9-sinfligimda maktab direktoridan eshitgan "O'g'lingiz egoist, atrofidagilarga yordam bermaydi" degan dakkim.

5-8 sinfimda "Informatika" fanini o'qimasdan "kompyuter" o'yinlariga vaqt sarflaganim.

Rus tili fani o'qituvchisi "onamni sinfdoshlariku" deb bilim uchun emas bahoga o'qiganligim.

"Karyera" tanlashdagi beqarorlik, maqsadsizligim.

Bu mavzuga Linkedin kompaniyasiga rahbarlik qilgan Reid Hoffman chiroyli xulosa bergan edi yaqinda (ingliz tili biladiganlar ko'rib ulgurishgandur).

@londoners_diary
Qirolicha buvijonimiz Elizavetta II ni monarx sifatida taxtda o’tirganlariga 70 yil to’lishi munosabati bilan kelasi hafta xalqga 4 kun dam olish kuni berilarkan. Asosiy ko’chalar mehr berib bezatib ulgurildi.

P.s Aksiga olib oddiy xalq dam ol desa ishga chopishadi, sababi “bank holidays” ya’ni o’sha kunlari kunlik ish haqqi ikki barobar to’lanar ekan.

@londoners_diary
London - Parij, Nyu-York va Moskva shaharlarini ortda qoldirib, tirbandlik bo'yicha rasman dunyodagi "eng yomon shahar" deb topildi.

Bugun INRIX tashkiloti so'rovnoma natijalariga asosan, 2021-yil uchun London shahrini eng tirband shahar deb e'lon qildi. Haydovchilar tirbanlikda yil davomida taxminan 148 soat vaqt yo'qotganlar.

Kunduzlari shaharda soatiga 20 mph tezlikda harakatlanasiz omadiz kelsa (bu tahminan 30 km soat degani). Balkim shu sabab, avariyalar kamdur.

Agar siz Toshkentdagi tirbandlik haqida noliyotgan bo'lsangiz, hotirjam bo'lavering, bundan yomonroqlarida yashayapmiz. 😀

@londoners_diary
Bugun Londonda - Ride London 2022 velomarafoni.

Erta tongdan, so'fi azon etmasdan, xo'rozlar qichqirmasdan, o'zini Londonlik hisoblagan velosipedi borlar marafonga otlanishdi. 2013-yildan beri o'tkazilib kelinadigan hayriya tadbirida ko'pchilik ishtirok etarkan.

1 oydan beri mani Transport vazirligi (TFL) ogohlantirib kelayotgandi 29-may sanasida ba'zi bir yo'llar yopiladi, avtobus, transport qatnovlarda uzilish bo'ladi harakatini shunga yarasha qil deb.

Asosan o'rta yoshdagi, "family" oriented (oila qadriyatlariga ega), biroz intelligent va sportsevarlar qatnashyapti. Londonni ko'pchilik shataloq o'tar yoshlari "kechagi bazmu javshid"dan so'ng tirrak o'tib uxlayapti yakshanbada!

@londoners_diary
Bugun bayram bugun bayram Londonimizda Jubili bayram 😅

Avvalroq yozganimdek, bugundan hamma 4 kunlik dam olishga chiqdi. Qirolicha 4 kechayu 4 kunduz xalqga bayram qilib bervottilar (odamlar narxlar oshayotganidan biroz chalg’isin deb)

Qitmir Boris amaki Ukrainaga yana qiruvchi raketali harbiy texnikalarni yetkazib berish bilan ovora. Londonni Jahongir akasi Sodiqxon esa bizni tilimiz bilan aytganda, iyun oyida xalq bilan ochiq muloqot o’tkazvottilar. Shartta, ro’yhatdan o’tib savolimni tayyorlab qo’ydim.
Kecha Hillary Klinton opa kelgandilar, o’zi shu oy juda ko’p kazo-kazolarni Londonga qatnovi tezlashib qoldi.

Tinchlik bo’lsin! Osmoni musaffo yurtimizga eson-omonlikda qaytaylik 😊

@londoners_diary
Live stream started
Live stream finished (26 minutes)
Bugun Londondagi “Toshkent” masjidida 😅 birinchi qilgan ishim

Taksichi akalarimmiz pullari ko’p bo’lib chet ellarda kamida Nyu-York, London ko’chalarda “innomarkalarda” 20 tezlik bilan kamarlarni taqib olib, oq chiziqlarni bosmasdan, svetaforlarda qizildan o’tmasdan, boshqa haydovchilarni so’kmasdan bir tagligiga shamol tegib moshin haydashlarini chin dildan duo qildim.

Musofirchilikdagi do’stlarimizni Alloh sog’-salomat qilsin, uylarida 20-22 gradus shabadali harorat bardavom bo’lsin ! 😇
Uzr, bilmasdan orqamdan yomg’ir ergashib kelibdi 😅☔️🌧

Londonda yurganday bo’lsin deb))

@londoners_diary
​​“Mirjalol, qayerga ketib qolding?” deyotgandek hafa 🤓🤓🇺🇿

Bugun Boris amaki hurmatlari borida joylarini bo’shatmoqchilar…

Eplay olmagandan keyin mard bo’lib ketish ham jasorat.

@londoners_diary
Kayfiyatni ko'taruvchi email 📨

Ish faoliyatim davomida O'zbekistonda hech qaysi bir "davlat idorasi vakili" tomonidan elektron xat olmaganman! Balkim biror zarurat bo'lmagandur!

Lekin bir begona davlat, mendaka musofirni holidan habar olib turish maqsadida elektron pochta orqali (rassilka) bo'lsa ham yo'qlab turadi.

- Priyatnooooo!!! 😎

Santander Cycles narxlari 12-sentyabrda o'zgarishi haqida ogohlantirib, David aka (London Hokimiyatini Transport boshqarmasidan) "personalno" xat yuboribdilar.

(Bu yerda gap - Shaxsiy ma'lumotlar bilan qanday ishlash mumkinligi haqida ketyapti)

@londoners_diary
Channel name was changed to «Londoner's Diary - Home 🏠»
🥲🥲🥲
Qirollik veb-saytida o'z taziyasini qoldirmoqchi bo'lganlar uchun maxsus xizmat ishga tushirildi. 💡

https://www.royal.uk/send-message-condolence

Shu bilan @londoners_diary blogchasini ham rasmiy tugatib qo'yaqolaman.

Barchaga tashakkur!
2024/04/30 05:35:35
Back to Top
HTML Embed Code: