Telegram Group Search
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qishki ta’tilga hamyonbop tanlov – Chimyon | Manzil

Chimyon Toshkent shahridan 90 km uzoqlikda joylashgan. Qishki mavsum tog‘ chang‘i sporti bilan keluvchilarni o‘ziga jalb etsa, bahor, yoz va kuzning issiq kunlarida asosan cho‘qqilar va soylar tomon sayohatlar avjiga chiqadi. "Manzil" loyihasi ushbu joydagi narxlar va u o‘ziga xos ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bilan sizlarni tanishtiradi.

📹 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Polvonlar qishlog‘i - Ertosh | "Manzil"

Bu qishloqda ko‘pkari chopmaydigan 7 yoshdan 70 yoshgacha erkaklarni uchratish mushkul. O‘g‘il bola borki, bolalikdan eshakda ko‘pkari chopadi. Ozgina yoshi ulg‘aygach tengdoshlari o‘rtasida otlarda musobaqalashishni boshlashadi. Bu maskan – qadimdan polvonlar yurti bo‘lib kelgan Ertosh. "Manzil" loyihasi bu safar shu qishloq bilan sizlarni tanishtiradi.

📹 TO‘LIQ VIDEO SAYTIMIZDA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Beshbarmoq va olmasi bilan mashhur qishloq - Nanay | “Manzil”

“Manzil” o‘z sayohatlarini davom ettiradi. Bu gal Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay qishlog‘iga sayohat qildik. Tog‘lar yonbag‘rida, kislorodga to‘yingan havosi, mehmondo‘st insonlari bilan nom taratgan qishloq bilan tanishing.

📹 TO‘LIQ VIDEO SAYTIMIZDA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘lari va chuqur g‘orlari bor qishloq – Imom ota | Manzil

Bu safar “Manzil” jamoasi Andijon viloyatining Imom ota qishlog‘iga yo‘l oldi. Qishloq Xo‘jaobod tumanida, Tosh ota qishlog‘idan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan.

📹 TO‘LIQ VIDEO SAYTIMIZDA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nomi va joylashuvi ajoyib qishloq - Omonqo‘ton | Manzil

“Manzil” jamoasi O‘zbekistonning g‘aroyib go‘shalarini ko‘rsatishda davom etadi. Namangandan boshlangan sayohatimiz Samarqandning Urgut tog‘lari orasida joylashgan Omonqo‘ton qishlog‘i, Qashqadaryoning Langari, Surxonning Boysunidan o‘tadi. Bu ko‘rsatuvda birinchi manzil – Omonqo‘ton qishlog‘ini tanishtiramiz.

📹👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Darveshona osh qilinadigan qishloq – Langar ota | Manzil

“Manzil” Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo yo‘nalishi bo‘yicha olib borayotgan sayohatining ikkinchi qishlog‘i – Langar otaga yetib bordi. Bu manzil bizni XV asrda bunyod etilgan masjidi, yil boshida aholisi yig‘ilib pishiradigan darveshona oshi va o‘ziga xos chiroyga ega Qapchig‘oy darasi bilan hayratga soldi.

📹👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doimo hayratlantiradigan maskan - Boysun | Manzil

"Manzil" Samarqand-Qashqadaryo-Surxondaryo yo‘nalishi bo‘yicha sayohatining so‘nggi manzili Boysunga yo‘l oldi. Qamashidan yo‘lga chiqib, o‘ziga xos ajoyib maskanlarni tomosha qilib, Surxondaryoga yetib keldik. Sayohatimiz mobaynida Boysunning Duoba hamda Omonxona qishloqlarini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldik.

📹👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xonlik zodagonlarining avlodlari yashaydigan shahar — Xiva

“Manzil”– O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilib, turfa xil go‘shalarning tabiati va insonlar yashash tarzining o‘ziga xosligini ko‘rsatib keladi. Bu safar hech bir viloyatga o‘xshashi yo‘q, udumlari, shevasi, hatto taomlari ham o‘zgacha bir olam bo‘lgan Xorazm va uning Xiva shahrini ko‘rsatishga qaror qildik.

📹👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadimiy qo‘rg‘onlar saqlangan qishloq - Sentob | Manzil

Respublikada nechta qishloq rasman turizm qishlog‘i maqomini olganini bilasizmi? Atigi ikkita. “Manzil” ana shu ikki turizm qishlog‘idan biri – Navoiy viloyati, Nurota tumanidagi Sentob qishlog‘iga sayohat qildi.

📹👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
280 tonnali qimirlovchi toshi bilan mashhur qishloq - Sangijumon

“Manzil” Navoiydagi ikkinchi maskan – Xatirchi tumanining Sangijumon qishlog‘iga sayohat qildi. Sangijumon qishlog‘i o‘zining qimirlovchi toshi, mayiz yetishtiradigan dehqonlari va yog‘li patirlari bilan dong taratgan.

📹👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ekstremal ko‘prigi va attraksionlari bor qishloq – Guliston

Ko‘klam kunlarida ko‘pchilik tabiat qo‘yniga chiqishga, yozda esa salqin go‘shalarga oshiqadi. “Manzil” loyihasi shunday joylardan yana biri – Namanganning Pop tumanidagi Guliston mahallasida bo‘ldi. Tog‘lar bag‘rida, to‘lib oqadigan soy bo‘yida joylashgan qishloq nafaqat tabiati, balki ekstremal atraksionlari bilan ham keluvchilarning ko‘nglini oladi.

📹👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kampirobod suv ombori yonidagi shahar - Xonobod | Manzil

Yaqinda Qirg‘iziston bilan chegara bitimi tuzilib, Andijon (Kampirobod) suv ombori to‘liq O‘zbekiston hududida ekani tasdiqlangan edi. “Manzil” loyihasi shu suv ombor sababli bunyod etilgan Xonobod shahriga sayohat qildi. Daraxtlari ko‘pligi va yashillik saqlanib qolgani bilan dong taratgan Xonobod bugungi kunda turistlar uchun ajoyib maskanga aylangan.

📹👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gullar shahri - Namangan | Manzil

Tarixda ba’zi voqealarni gullar bilan bog‘lashgan. Ba’zi davlatlar o‘rtasidagi mojarolarni gul nomi bilan atashadi. Ba’zi davlatlardagi katta o‘zgarishlar nomida ham gullar ishlatilgan. O‘zbekistonda ham nomi gul bilan bog‘lanadigan shahar bor, bu Namangan shahri. 62-bor Gullar festivali o‘tkazilayotgan, 1 mlnlik shahar deya tarif berilayotgan Namangan shahri haqida "Manzil" loyihasi so‘zlab beradi.

📹👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayratlanarli yovvoyi tabiat - Chotqol qo‘riqxonasi | Manzil

Qo‘riqxona hududiga kirib kelishingiz bilan oldingizda inson aralashuvisiz, tegilmagan, o‘z o‘zligicha saqlanib turgan tabiat namoyon bo‘ladi. Oqqayin, baqaterak, turli xil archalar, odam bo‘yi barobarda o‘sib yotgan o‘simliklar odamni o‘ziga mahliyo qilib qo‘yadi. Bularning barini ko‘rsatuv orqali tomosha qilishingiz mumkin.

👉 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning eng baland nuqtasi joylashgan yer - Hisor qo‘riqxonasi | Manzil

Amir Temur g‘ori haqida eshitganmisiz? G‘orning dengiz sathidan 3 ming metr balandlikda joylashgani, eng uzun g‘orlardan biri ekani to‘g‘risidagi ma’lumot bizda qiziqish uyg‘otdi va «Manzil» loyihasi bu safar siz uchun shu joydan ko‘rsatuv qilishga qaror qildi.

👉 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Manzil”: Qoraqalpog‘istonning biz bilmagan ajoyibotlari

“Manzil” loyihasi bu safar Qoraqalpog‘istonning betakror kengliklari, oxiri ko‘rinmas ko‘llari va noyob hayvonot olami haqida hikoya qiladi.

👉 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Manzil”: O‘zbekiston Shvetsariyasi – Zomin

Yurtimiz bo‘ylab sayohatlar chog‘ida ba’zan tabiat go‘zalliklarini ko‘rganda, rostdan ham O‘zbekistondamanmi deb o‘ylab qoladi odam. “Manzil” bu gal mana shunday tabiati betakror, ajoyib maskan – Zominga sayohat qildi. Bu sayohatimizda Ekologiya vazirligi tasarrufidagi Zomin milliy tabiat bog‘i va Zomin davlat qo‘riqxonasi bilan tanishtiramiz.

📹👉 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabiatni tiklashga harakat - Pop milliy tabiat bog‘i | Manzil

Milliy tabiat bog‘lari – nafaqat mavjud noyob ekotizimni saqlab qolish, balki ekotizimga o‘ziga yetkazilgan zararlardan keyin tiklanish imkonini berish maqsadida ham tashkil etiladi. “Manzil” loyihasi shunday maskanlardan biri – Namangan viloyatidagi Pop milliy tabiat bog‘ida bo‘ldi.

📹👉 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baliq va hayvon ovlash: mas’uliyatli ovchining qoidalari

Insonning ilk kasblaridan biri bo‘lgan ov hozir dunyoning aksar hududlarida faqatgina hobbi tarzida saqlanib qolgan. Lekin bu hobbining o‘z mas’uliyati, madaniyati bor. Xo‘sh, qanday qilib tabiatga zarar yetkazmagan holda ovdan zavqlanish mumkin? Ovchilikning qonun-qoidalari qanaqa? “Manzil” bu gal shu haqda so‘z yuritadi.

📹👉 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15 ming yillik tarixiy suratlar va morxo‘rlar – Surxon davlat qo‘riqxonasi

Zarautsoy darasidagi qoyatosh suratlari bundan 15 ming yil avval, miloddan avvalgi 12-7-ming yillarda toshlarga chizilgan. Dunyo miqyosida bunday tarixga ega suratlar juda noyob sanaladi. “Manzil” loyihasi bu gal tabiat va tarix uyg‘unlashgan maskan – Surxon davlat qo‘riqxonasiga sayohat qildi.

📹👉 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
2024/06/05 07:08:54
Back to Top
HTML Embed Code: