Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh.
Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

" تقبل الله منا ومنكم "

"Taqobbalallohu minnaa va minkum", ma'nosi: Alloh biz u sizdan (ibodatlarimizni) qabul qilsin.

Yaqinlaringizni birinchilardan bo'lib tabriklang!

@Muhammad_Qobil_official
Bu misol ko'pgina insonlarga tog'ri keladi;

Bir kishiga umr bo'yi yaxshilik qilib bir kun yomonlik qilsang,
Umr bo'yi qilingan yaxshilikni unutadi.

Bir kunlik yomonlikni eslab yuradi.


@Muhammad_Qobil_official
Muhabbat - bu duodir,  duo muhabbatdir!
Kim senga muhabbat qilsa seni duo qiladi, kim seni duo qilsa senga qattiq muhabbat qilibdi.


@Muhammad_Qobil_official
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh.

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!
— — — — — — — — — — — — — —

Alloh taoloning izni bilan bir ishora ila Oyni ikkiga bo'lgan zotga salovot va salom aytaylik!

Allohimma solli a'la sayyidina Muhammad


@Muhammad_Qobil_official
Dunyo o'tish joyidir, doimiy yashash joyi emas. Modomiki, boshqalarga yaxshilik yetishini orzu qilar ekansan, demak, yaxshilikdasan. Go'zal niyatli bo'lishga haris bo'l! Chunki, go'zal niyat qilish ham savob deb yoziladi. Bas, niyatlaringizga qarab rizqlanasizlar.

@Muhammad_Qobil_official
"Hasad Allohning rizq taqsimotiga e'tiroz qilmoqdir".

@Muhammad_Qobil_official
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh.

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!
— — — — — — — — — — — — — —

#duo

Ey Mehribon Robbim!
Ey magʻfirati, rahmati keng Zot!
Sendan oʻzga gunohlarni kechiruvchi yoʻq!
Faqat Oʻzing gunohlarni magʻfirat etasan!
Sening magʻfirating bizning gunohlarimizdan kengroqdir! Sening rahmating bizning amalimizdan umdliroqdir!
Oʻzing gunohlarimizni magʻfirat et!
Xatolarimizni afv ayla!!
Nuqsonlarimizni kechir!
Bizlarni nasuh tavba bilan, haqiqiy istigʻfor bilan rizqlantir!
Tavbada sobit turishimizni, tavbada sodiq boʻlishimizni nasib ayla!
Bizlarni solih amallarga shoshadigan, gunohlardan nafratlanadigan bandalaringdan qil!
Bizlarni musulmon holimizda vafot ettir va solih bandalaring qatoriga qoʻsh!

@Muhammad_Qobil_official
Kambag'al, taqvoli yigit sovchi qo'ysa, "Kambag'al ekan" deb qizlarini berishmaydi. Ammo puli ko'p, fosiq yigit sovchi qo'ysa, "Alloh hidoyat berib qolar" deb qizlarini berishadi. O'sha ota-onalar Hidoyat beruvchi (Hodiy) Alloh Rizq beruvchi (Razzoq) ekanini bilishmasmikin?!

@Muhammad_Qobil_official
Biror kimning muhabbatiga og'ir kunlarda sen bilan qanday munosabatda bo'lishini bilmaguningcha ishonmagin!

@Muhammad_Qobil_official
Xafagarchilikda odobli bo'l. Ko'z yoshlaring ila hamd aytuvchi bo'l. Og'riqda bo‘lsang-da, latofatli bo'l.

Zero, mahzunlik xuddi quvonch kabi bandalarning Robbilaridan bir tufhadir. U qisqa muddatgina bu yerda bo'ladi. So'ng esa, u Robbisiga sening sabring tafsilotlarini ko'targancha qaytadi.


@Muhammad_Qobil_official
Do'stlar qiyin vaziyatlarda bilinadi. Uzoq yillar davomida birga yurgan ulfatlar hali do'stlar degani emas. Bu haqiqatni kuni kelib anglab yetasiz.

@Muhammad_Qobil_official
Sabr - hayotning qulog'iga: "Modomiki, Alloh men bilan birga ekan, hargiz yengilmayman" deb shivirlashingdir.

@Muhammad_Qobil_official
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh.

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!
— — — — — — — — — — — — — — – –

Jamoli nisobga yetgan insonga ayting,
go'zallikning zakoti tabassumdir.


@Muhammad_Qobil_official
Bu dunyo hayoti dengizning suvini ichishga o'xshaydi, ichganing sari chanqayverasan. Chunki, uning suvi sho'rdir, qancha ko'p ichsang ham chanqog'ing bosilmaydi.

@Muhammad_Qobil_official
Uch toifa ona

Birinchi toifa – bolajoniga kiyim yoki o'yinchoq sotib olsa, "Aytchi, shirintoyim, bugun senga nima olib keldim? " deydi va bola qalbini o'ziga bogʻlaydi, o'ziga yo'naltiradi.

Ikkinchi toifa – nuridiydasiga nimadir olganida, "Bolam, bu narsani men olib keldim, ammo dadajoning sog' bo'lsinlar, u kishi ishlab pul topdilar va senga shu narsani oldik" deydi va bola ko'nglini otasiga bog'laydi va otaga yo'naltiradi.

Uchinchi toifa – bolasiga bir narsa olganida, "Bolajonim, buni senga men olib kelgan bo'lsam ham, otang ishlab topgan pulga sotib olgan bo'lsam ham, buni senga Alloh berdi. Har bir narsaning sohibi Alloh taolodir" deydi va bola qalbini Allohga bog'laydi, Ungagina yo'naltiradi.           
                                   
Birinchi ona – faqat Ona
Ikkinchi ona – vafoli Ona
Uchinchi ona – aqlli Ona va shu bilan birga ham muallimdir.


@Muhammad_Qobil_official
إن تطلب اللؤلؤ، عليك بالغوص في عمق البحر فما على الشاطئ غير الزبـد

Agar marvarid izlayotgan bo'lsang, dengiz tubiga sho'ng'ishing kerak. Qirg'oqda esa ko'pikdan boshqa narsa yo'q.


@Muhammad_Qobil_official
Kim ne’matning ziyoda bo'lishini yaxshi ko'rsa(istasa), Allohga shukr qilsin.

@Muhammad_Qobil_official
Xavotir ertangi kun muammolarini hal qilmaydi.
Faqat  bugungi kuningiz xotirjamligini yo'qotgani qoladi.


@Muhammad_Qobil_official
Atrofingizdagilarni kimligini ko'rsatib beradigan sinov tasodif emas, Allohning hadyasidir.

@Muhammad_Qobil_official
2024/05/16 19:17:29
Back to Top
HTML Embed Code: