tg-me.com/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/2434
Last Update:
YANGI YIL
Ko'ngil ma'yus tortdi yilning so'nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko'zim o'ngida,
Yana bir yoshimni o'g'irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o'taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
___________
Bahorim yetkudek qo'lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor azizim g'alat bayram bu
Kulib kuzatsammi, yig'lab kuzatsam.
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
____________
So'rsang, sevinchimdan o'kinchim ko'proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko'zda tabassum - u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
____________
Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga kimlar yetmadi.
Sen yangi yo'ldoshsan sen yangi hamdam,
Yo'qlab kelganingni o'zi bir bayram.
Qulog'ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi...
____________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚
🎤 Alisher Fayz ijrosi
@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
BY MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 280
Share with your friend now:
tg-me.com/Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi/2434