📢📢 Ayni vaqtda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “Zamonaviy agrotexnologiya - o'simliklar karantini va himoyasining muhim omili” mavzusida xalqaro miqyosida ilmiy-texnik anjuman bo'lib o'tmoqda.

🔴 Anjumanni masofaviy (onlayn) tarzda quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin👇

💬 https://us06web.zoom.us/j/4834846971?pwd=RmdrUVdEVEdtTTJ0ODFYdW5RSFdtZz09

#Karantin_yangilik #anjuman
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarini qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil - Biznes ombudsmanning viloyatdagi vakili ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

👫 Mazkur seminarda tadbirkorlik sub'ektlarini tekshirish davrida qonunchilik talablari asosida olib borish bo'yicha tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi.

💬 Seminarda inspektorlar tomonidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Mushtariy Xo'jamova — Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi yetakchi mutaxassisi

#iyul_yoshlar_oyligi   #karantin_yoshlari   #bizning_faxrimiz

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident tomonidan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-931-son, 05.06.2024-y.) imzolandi

⚡️ Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

🖊 Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar toʻqnashuvi, manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha maxsus boʻlinma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi.

➡️ Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb eʼtirof etiladi:

🚩davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari;

🚩davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;

🚩davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs.

🗂 Qonunga koʻra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

🖋 Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
🟢 Eksportga yoʻnaltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavotlarga  chegara o‘tkazish maskanlarida hujjatlar rasmiylashtiruvi tezlashtiriladi

📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tez buziluvchan meva-sabzavotlarni karantin ko‘rigidan o‘tkazish va ichki fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirishida tezkorlik ta’minlanadi.

✍️ Ichki fitosanitariya sertifikati mavjud bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti uchun tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) maskanlarida tezkorlik bilan xalqaro namunadagi fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

🛂 Chegara punktlarida meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti uchun navbatda turgan transport vositalarini tezkorlik bilan o‘tkazishda joylardagi bojxona organlari bilan hamkorlik kuchaytirilib, сhegara punktlarida hujjatlarni tegishli elektron baza orqali tekshirilishi 3 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Chegara punktlarida hosil bo‘ladigan tirbandliklar bo‘yicha tashkil etilgan Eksport shtablariga ma’lumotlar berib borilib, vaziyatning ijobiy yechim topishiga ko‘maklashiladi.

🔬 Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi va hududiy fitosanitariya laboratoriyalari ekspertiza uchun kelib tushgan  mahsulotlar bo‘yicha qisqa muddatlarda laboratoriya ekspertizasi xulosasini taqdim qilishi ta’minlanadi.

🤝 Qo‘shni davlatlarning milliy karantin xizmatlari bilan chegara o‘tkazish punktlaridagi tirbandliklarni oldini olish bo‘yicha doimiy muzokaralar olib boriladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan brifing o'tkazildi 👆

#AOKA #brifing

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infographic #export

Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda sabzi mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥Daraxtlar qurishining oldini olishda biologik usullardan foydalanilmoqda 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ekologik toza mahsulot sari olimlar bilan birga qadam tashlanmoqda

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “Zamonaviy agrotexnologiya - o'simliklar karantini va himoyasining muhim omili” mavzusida ilmiy-texnik anjuman bo'lib o'tdi.

✍️ Tadbirda agentlik direktori Ibrohim Ergashev, ilmiy-tadqiqot instituti professorlari hamda institutda faoliyat olib boruvchi soha mutaxassislari qatnashdi. Anjumanda so'zga chiqqanlar qishloq xo‘jaligida yuqori va sifatli hosil olish yo'lida agrotexnik tadbirlarning o‘rni, mahsulotlarni zararkunandalardan himoya qilishning ilgʻor texnologiyalari ustida tadqiqotlar olib borish masalasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

💬 Shuningdek, olimlar ilm va ishlab chiqarishning integratsiyasini amaliyotga tatbiq etish borasida kuzatuvchilarni o'z ma'ruzalari bilan tanishtirdilar. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad kimyoviy dorilash usullaridan to'liq voz kechgan holda dalalarda brakon, trixogramma hamda oltin ko'z kabi bioagentlarni faol qo'llash hamda yuqori mahsuldorlikni ta'minlash hisoblanadi.

🔬 Bundan tashqari, yurtimiz biolaboratoriyalarida entomopatogen nematodalarni ko'paytirish, agroklaster va fermer xoʻjaliklari mutaxassislari uchun ekinlarni himoya qilish yo'lida innovatsion kurashish tizimlarini joriy etish masalalari ko'rib chiqildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦟 6-iyun – Xalqaro zararkunandalarga qarshi kurash kuni

🪰 Zararkunanda zararlimi?


🌏 Har yili dunyoning bir qancha mamlakatlarida 6 iyun kuni gobal miqyosda zararkunandalarga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bayramning maqsadi odamlarga kasallik tashuvchilarni yo'q qilish va ularga qarshi kurashning ahamiyatini yetkazishdan iboratdir. 2017 yilda ushbu kunni belgilash tashabbuskori Xitoy zararkunandalariga qarshi kurash assotsiatsiyasi bo'lib, uning tashabbusi boshqa yirik jahon dezinfeksiya tashkilotlari uyushmalari (CEPA - Yevropa, NPMA - AQSh, FAOPMA - Avstraliya) va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan qo'llab-quvvatlangan.

❤️ Odatda, odamlar "zararkunanda" so'zini eshitganda, birinchi navbatda qishloq xo'jaligi uchun zararli tirik organizmlar - hasharotlar, kemiruvchilar, shuningdek, ekinlarga zarar yetkazadigan qushlar xayolga keladi. Ammo keng ma'noda zararkunandalar odamlar yoki ularning manfaatlariga zarar yetkazadigan har qanday o'simlik va hayvonlarni o'z ichiga oladi. Ya'ni keng ma'noda zararkunandalarga har qanday o'simlik, hasharot yoki hayvon turi kiradi.

🔴 Zararkunandalar sonini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Odamlarni, qishloq xo'jaligi yerlarini va chorva mollarini ulardan himoya qilish kerak, ammo turlarni batamom yo'q qilishga yo'l qo'yib bo'lmaydi, chunki bu tabiiy muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu yerda zararkunandalar sonini xavfsiz bo'lgan darajaga tushirish va uni tartibga solish haqida so'z bormoqda. Bundan tashqari, "zararkunanda" bir joyda xavfli bo'lsa, boshqa bir masalada undan foydalanish ham mumkin.

👆Masalan, yovvoyi yenot va tulkilar ekotizimning ajralmas qismidir. Ular o'rmonda tabiiy "sanitar" hisoblansa, shahar sharoitida juda ham xavfli zararkunandalardan biri hisoblanadi. Zararkunandalarga qarshi kurash sanitar-epidemiologik farovonligining ajralmas qismidir.

🌿 Kurashish

Yurtimiz maydonlarining katta qismi bog' va poliz hududlaridan iborat ekanligini hisobga olsak, sifatli va eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga jiddiy talablar qo'yiladi. Bu yo'lda zararkunandalariga qarshi biologik kurashning ahamiyati katta bo'lib, tabiatdan foydali mahalliy entomopatogen nematodalarni ajratib olish, ular bilan bir qatorda brakon, trixogramma hamda oltinko'z kabi bioagentlarni dalalarda faol qo'llash samarali hosil olishda muhim omil hisoblanadi. Shu asnoda davriy agrotexnik tadbirlar, xususan, ekin maydonlaridagi begona oʼtlar, kasalliklar va turli zararkunandalarga qarshi kurash usullarini o'ylab topish, unib chiqqan mahsulotni bezarar parvarishlash, keyinchalik hech qanday talofatsiz yig'ishtirib olish ham muhim vazifaning bir qismi hisoblanib, bu sohaga aloqador hammaga birdek mas'uliyat yuklaydi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍇 Tokning mildyu kasalligiga qarshi qanday kurashish mumkin?

⚠️ Tokdagi mildyu yoki soxta un shudring kasalligiga qarshi kurash bugungi kunda ko'pchilik bo'g'bonlarni o'ylantirgan masalalardan biri hisoblanadi. Undagi zamburugʻ tok oʻsimligining barcha yashil aʼzolarida jumladan, barg va toʻp gullarida, meva tugunchalarida, yashil novda uchlarida, jingalak va uzum bandlarida rivojlanadi va o'simlikni kuchli zararlaydi.

🌿 Zararlangan barglar yogʻsimon holatga kirib, sariq –yashil dogʻlar bilan qoplanadi va keyinchalik qoʻngʻir tusli boʻlib qoladi. Zararlangan barglar qovjirab toʻkilib ketadi. Uzum mevasi noʻxatdek boʻlgandan soʻng (gʻoʻra davri) zamburugʻ mevaning ichida oʻsadi. Gʻujumlar zararlanishi natijasida shakli buzilib, soʻlib qoladi va xira zangori rangga kiradi.

☄️ Kurash choralari. Barcha toʻkilgan barglar tuproqni agʻdarib chopish yoʻli bilan yoʻqotiladi. “Yertok” usulidagi tokzorlarning novdalarni yoyib taragan holda bogʻlash va tik simbagʻazga koʻtarish tavsiya etiladi. Tup oralarida shudring tutuvchi begona oʻtlarni yoʻqotish, sovuqlarga chidamligini oshirish maqsadida kaliyli va fosforli mineral oʻgʻitlari bilan muntazam ravishda oziqlantirtish zarur. Shuningdek, mildyu, antraknoz, oidium kabi kasalliklar tarqalgan tokzorlar kuzda yoki bahorda kurtaklar yozilishdan oldin 3%-li bordo suyuqligi (10 litr suvda 300 g. mis kuporosi+300 g. ohak) bilan barcha novdalarni yuvish tavsiya etiladi.

🫥 Tok kasalliklariga qarshi eng samarali usul biologik ishlovlar hisoblanadi. Sababi, kasallliklar zamburugʻlarida kimyoviy preparatlarga nisbatan immun tizimi shakllanib bormoqda. Biologik fungitsidlarga esa, kasallik patogenlarida hech qachon immun tizimi dosh bermasligi allaqachon isbotlangan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi ishtirokchilariga tabrik so‘zi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik rivojida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍒 Parkentda gilos pishdi

Tabiat injiqliklariga qaramay bugun Parkent tumanidagi "Sanganak" qishlog‘ida gilos g‘arq pishgan.

🌲 Tajribali fermer Shuhrat Mirahmedovning "Shoxruh Gulobod" fermer xo‘jaligida giloslar parvarishlanmoqda.

📊 Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili Toshkent viloyatidan xorijga 5195,5  ming AQSH dollarlik gilos, olcha eksporti amalga oshirilgan. Joriy yilning 4 oyi mobaynida esa bu mavsum hali ochilmadi. Xo‘sh, dehqonlar uchun qachon eksport darvozalari ochiladi?

🟢 Bugun bozorlarda gilosning narxi bir kilogramm uchun 20-30 ming so‘mgacha bo‘lmoqda. To‘g‘ri, bahorning seryog‘in kelishi mevali daraxtlarga ko‘p ziyon yetkazdi. Ammo yer bilan tillasha oladigan, dehqonchilikning hadisini olgan dehqonlarimiz mehnatiga qoyil qolmay ilojimiz yo‘q.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Abdulrahmon Muhitdinov — Raqamli loyihalarni joriy etish va takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i

#iyul_yoshlar_oyligi   #karantin_yoshlari   #bizning_faxrimiz

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Inspektordan_tavsiya — Qovun qurtiga qarshi qanday kurashish mumkin?

🍈 Qovunlar ichidan chiqadigan qurt – ilmiy tilda aytganda, qovun pashshasi bizning sharoitda mavsum davomida uch va undan ham ko'p avlod qoldiradi. Hasharot qish mavsumida 5-15 santimеtr tuproq ostida soxta g'umbak holida qishlaydi. May-iyuni oylarida, ya'ni qovun palaklarining gullashi va mеva tugishi davrida u uchib chiqadi.

✍️ Birinchi avlodning uchish muddati bir oy atrofida bo'ladi. Pashsha qovun yoki tarvuzning yosh nihollari shirasi bilan oziqlanadi. Har bir yеtilgan nasl zararkunandalari 23-30 kundan so'ng yana nasl paydo qiladi. Bitta pashsha qovun po'sti ostiga bir dona, hammasi bo'lib 120 donagacha tuxum qo'yadi. 3-4 kundan so'ng tuxumdan qurt chiqib qovun (tarvuz)ning yumshoq qatlamiga ilonizi yo'l qoldirgan holda kirib boradi va oziqlanadi.

🪱Qurt oq-sarg'ish rangda bo'lib, uzunligi 5-12 millimеtr bo'ladi. U qovun ichida 10 kun atrofida yashagandan so'ng bu yеrni tark etadi va 15 santimеtr chuqurlikda, tuproq ichida g'umbakka aylanadi. Oqibatda, qovunlar pishmasdan dalada chirib, aynib kеtadi.

🪰 Bu hasharotga qarshi kurashda avvalo, agrotеxnik tadbirlar sifatli o'tkazilishi shart. Fеromon tutqichlar yordamida hasharotlar borligini aniqlab olgandan so'ng ruxsat etilgan insеktisidlar yordamida ishlov bеriladi. Kurash chorasi sifatida ta'sir etuvchi vosita Lyambda-sigalotrin 100g/l bo'lgan KORATEK PLYUS 10 % (1,2-1,5 l/ga) prеparati nafaqat qovun pashshasi balki polizlardagi boshqa hasharot zararkunadalarga qarshi ham samarali ta'sir ko'rsatadi. Hosilni yig'ishtirib olishdan kamida 20 kun avval kimyoviy ishlov bеrish to'xtatiladi.

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, Qo'shrobot tuman bo'limi inspektori — Azimjon Abdisaidov

#karantin_tavsiya #qovun_pashshasi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/08 04:24:43
Back to Top
HTML Embed Code: