Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢"Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlarlar obod qiladi".

Ustozimiz Xasanxon Yahyo Abdulmajid domladan ayol-qizlarni masjid tozalashi bo'yicha bildirgan fikrlari. O'tgan yilgi Arba'in Navaviyya hadislarini 29-suhbatida masjidlarni ayollar ham obod qilishi haqida aytib o'tganlar. Mana shu lavhani ko'ring, masjid tozalashda ayollarning o'rni qanchalik muhimligini bilib olasiz va Insha'alloh manfa'atli bo'ladi!

©️👓Ushbu suhbatga 1-lardan bo'lib o'z faoliyatini boshlagan Masjid tozalash guruhi, ustozimizga xat yozib, masjidlarni ayol-qizlar, erkaklar tozalashi bo'yicha ma'lumot berib o'tishgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muslimalaruchunmaxsus

Rasululloh ﷺ ning: "Kim masjiddan ozor beruvchi narsani chiqarib tashlasa, Alloh u uchun jannatda uy bino qiladi", degan bashoratlariga muvofiq Sizlarga jannatdagi uylar muborak bo‘lsin!

Bugungi hasharimizga kelgan opa-singillarimizdan Alloh rozi bo'lsin, qilgan mehnatlarini ajrini ziyoda qilib, o'zi Firdavs jannati ila siylasin. O'zining rahmati ila solih bandalari qatorida qilsin☺️!
#hashar308
🗒Ro'yhatga yozilish uchun murojaat qiling:
Yigitlar🧔🏻‍♂️: @Obodmasjid_admln
Qizlar🧕🏻: @obodmasjidqizlar

Birodarim, masjid ta'mirlangani sababli hashar uchun ko'proq yigitlar kerak!
Qizlar ham!


1️⃣Telegram I 3️⃣Instagram I
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍"Xo'ja Alambardor" (Kamolon) Jome masjidi🕌

"Xo'ja Alambardor" Jome masjidiga quyidagi jamoat transportlari orqali borishingiz mumkin:

Ⓜ️Eng yaqin metro bekati "Milliy bog'"
(masjidgacha masofa 600 m).

🚏"Milliy bog'" avtobus bekati (masjidgacha masofa 450 m): №4i. №12i, №13, №40i, №56, №84, №134m, №150, №182m.

🚏"Choyxona Samarqand" avtobus bekati (masjidgacha masofa 850 m): №43, №92m, №93m, №102, №130m.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahr berish istagi bor yigitlarni yakshanba kunidagi hasharda kutamiz. Bizga ko’proq bollar kerak.

Telegram I Instagram
ESLATMA❗️❗️❗️

Ertangi hasharimiz uchun Allohning izni bilan va sizlarning yordamingiz, dalolat qilganingiz sababli juda ham ko'pchilik hasharga yozilishdi Alhamdulillah. Shu sababli eslatma tariqasida aytib o'tamiz-ki, ertaga hasharga kelganingizda mas'ul adminlarimiz tomonidan sizlarga ishlar bo'lib beriladi va o'sha ishni bajarishingizni sizdan so'rab qolar edik😊. Bu eslatmani aytishimizdan maqsadimiz shuki: hasharga juda ko'pchilik yozilgani sabab ertaga yigitlar va qizlar aralashib ketmasligi uchun aytdik. Biz faoliyatimizni boshlaganimizdan mana shu vaqtga qadar hasharimiz mobaynida erkaklar va ayollar aralashib ketishmagan. Biz bu holatga juda qattiq e'tibor beramiz. Va ertaga ham bu holat yuzaga kelmasligi uchun mas'ul adminlarimizni faqatgina sizga aytilgan ishlarini bajarishingizni iltimos qilamiz. Hasharga kelganingizda savolingiz yoki qandaydir yordam kerak bo'lib qolganda adminlarimizga murojaat qilishingiz so'rab qolamiz.
Xasharga keluvchilarga eslatma:❗️❗️
1. Niyatlarni holis qilib, Allohning rizoligini istab🕌
2. Satrlangan, pok va tahorat olingan holda kelish🧕🏻
3. Dunyoviy gap so'zlardan yiroq bo'lish
📵
4. Hayz va Junub holatda bo'lmaslik.🌹
5. Masjid mulkidan foydalanish odoblari.
Eshiting!
6. Masjidga kirayotkanda Rosululloh Solloluhu Alayhi Vassallamga salom aytib ushbu duoni o'qish 👇🏻
"Allohummaftah liy abvaaba rohmatik" (Manosi ; Ey Robbim , bizga rahmat eshiklaringni ochgin) Deb o'ng oyoq bilan kirish
Chiqganda esa👇🏻
" Allohuma inniy asaluka min fadlik"(Manosi ; Allohim, Sendan fazlingni so'rayman) Deb chap oyoq bilan chiqish
😇
Bugungi hasharimizga kelgan, yordam bergan, dalolat qilgan barchadan Alloh rozi bo'lsin. Bugungi hasharimizda ko'pchilik bo'lganimiz sababli mas'ul adminlarimiz tarafidan qandaydir kamchilikga yo'l qo'ygan bo'lsak, bilib bilmay ko'nglingizga ozor berib qo'yib hafagarchilik bo'lgan bo'lsa, harakatimiz gap so'zlarimiz bilan va shunga o'hshash holatlar bo'lgan bo'lsa - bizni Alloh uchun kechirib qo'ying!

Qizlar ketishgandan so'ng Rahimberdi domla keldilar, faqatgina yigitlar bor edi. Yigitlarga duo qilib berdilar lekin vidioga olishga ulgurmay qoldik!

Sizlarni har doim yahshi ko'ruvchi Obod Masjid jamoasi!
2ta muhim masala❗️

1️⃣). Xurmatli yigitlar va qizlar, masjid tozalash uchun o'zingiz biladigan va tajribada sinalgan tozalash vositalari, "Lifehack" larni bilsangiz, tozalashda qo'l keladigan, tozalangandan so'ng ancha muddat toza turib xushbo'y bo'ladigan, bir gap bilan aytganda ishlarni yengillatadigan tozalash vositalari haqida vidiorolik yoki o'zingiz xayotingizda qo'llab sinovingizdan o'tgan tavsiyalar bo'lsa biz bilan ham ulashishingizni so'rab qolamiz! Kamentariyaga rasmlarini, yoki izohingizni yozsangiz biz uni ko'ramiz va tajribada sinab ko'ramiz😊!
2️⃣). Haftaning payshanba kuni faqatgina ayollar va qizlar uchun hasharlar tashkil qilganmiz. Shu sababli biz yaqindagina harid qilgan tozalash vositalari tugadi. Bizda tozalash vositalariga muhtojlik sezilmoqda. Hafta kunining o'rtasida bozorga tushib, optom qilib oladigan joydan ko'p miqdorda harid qilmoqchimiz. Ko'p miqdorda olishimizni sababi: ko'p miqdorda olsak, bizda 1-2 oy tozalash vositalariga ehtiyoj sezilmaydi. Shu sababli exson qilishingizni, exson qila olmasangiz, shu ishga dalolat va repost qilib o'z hissangizni qo'shishingizni so'rab qolar edik.

Qo'shimcha sifatida aytib o'tamiz-ki, bizdagi tozalash vositalari tez tugab qolayotgani sababi hasharga kelayotganlar ham ko'p Alhamdulillah. Shuning uchun delfin latta, pol uchun lattalar va oynaga sepish uchun spreylar juda ko'p ishlatilinyapti. Biz ishlatilingan lattalarni iloji boricha o'zimiz bilan olib ketib, yuvib-tozalab keyingiz hasharlarimizda ham ishlatamiz. Ba'zi masjidlarda delfin lattalar va pol uchun lattalar yo'qligi sababli masjidning o'ziga tashlab ketilinadi, sababi masjid hodimlari ishlatishlari va bizdan keyin keladigan hasharchilar ham foydalanishi uchun tashlab ketamiz. Taxoratxona uchun ham shunday!

Exson uchun👇🏻:

💳Uzcard: 8600020427878074
Abdullayev Abdurahmon

📞Naxt pul uchun:
+998998237276 Xojiakbar
Ertaga faol Muslima opa-singillarimiz uchun judaham zo’r yangiligimiz bor🤭
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xurmatli opa-singillarimiz🥰!
Kecha aytib o'tganimizdek, sizlar uchun hushxabar tayyorlab qo'ygan edik. Bu xabarimiz shundan iborat-ki, hasharlarda faol qatnashgan, muntazam hasharlarimizga kelayotgan, ayol-qizlarni rag'batlantirish uchun ularga kichik bo'lsada ko'ngillarini ko'tarish uchun ko'p yillik tajribaga ega, o'z ishining ustasi, ya'ni @byrozias asoschisi bilan hamkorlikda, hasharlarga kelayotgan faol qatnashayotgan qizlar uchun, Shariy liboslar va ro'mollar uchun chegirma qilishni niyat qildik.

Avvalambor niyatingiz masjidni tozalash, masjidlarni obod qilib Allohning rahmatiga yetishish bo'lsin. Biz sizlarga taqdim qilayotgan rag'batlantirishimiz, masjidga hashar uchun keladigan maqsadingiz o'zgarib qolmasin. Niyatingiz faqatgina Allohning roziligi bo'lib qolsin. BU NARSA FAQATGINA SIZLARNI RAG'BATLANTIRISH🌹!

Uning uchun bizning shartlarimiz bor va u qanday bo'ladi deb o'ylayotgan bo'lsangiz hozir aytamiz!

Telegram | Instagram
Shartlari⤵️:
⏺️Bu chegirmani qo'lga kiritish uchun, sizdan talab qilinadigan narsa shu-ki, yakshanba kunlari yoki haftaning o'rtasida payshanba kunlari hasharlar tashkil qilganimizda faol qatnashib muntazam kelsangiz, mana shu chegirmani qo'lga kiritasiz.
🔅Yana bir sharti mana shu kundan boshlab hasharlarimizga ketma-ket 3 marotaba kelgan bo'lishingiz yoki ma'lum bir hasharga 2 ta va undan ko'p dugonalarni olib kelsangiz bu ham chegirmani qo'lga kiritishingizga sabab bo'ladi. Hasharga kelganingizni isboti esa har hasharga kelganingizda ma'lum rasm yoki kichik bir vidio olib @obodmasjidqizlar profiliga ism familiyangiz bilan yuborib qo'yasiz va u profilda biz uni saralab ro'yhatga yozib qo'yamiz. Va siz bu chegirmani qo'lga kiritganingizdan so'ng sizga avtomatik tarzda vaucherimiz yuboriladi.
⏺️ Sizdan kutiladigan narsani aytib o'tdik, bizdan esa sizlar uchun @byrozias do'koniga 1martalik 10% chegirmani beramiz. Bu hali hammasi emas siz bu 1-marotaba 10% chegirmadan foydalanib ya'ni @byrozias do'konidan chegirmada harid qilib bo'lganingizdan so'ng, yana quyidagi shartlarni bajarsangiz sizga 2-marotaba 20% chegirma taqdim qilinadi.
🔅Chegirma onlayn vaucher orqali bo'ladi. U yerda sizning ismingiz va sizga nechi % lik chegirma berilgani yoziladi.

Sizni qiziqtirgan savollaringiz bo'lsa izohlarda yozib qoldiring va sizga javob beramiz🌹!

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Obod Masjid | 🌙 Zulqa’da oyi. pinned «Xurmatli opa-singillarimiz🥰! Kecha aytib o'tganimizdek, sizlar uchun hushxabar tayyorlab qo'ygan edik. Bu xabarimiz shundan iborat-ki, hasharlarda faol qatnashgan, muntazam hasharlarimizga kelayotgan, ayol-qizlarni rag'batlantirish uchun ularga kichik bo'lsada…»
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/14 01:14:42
Back to Top
HTML Embed Code: