Telegram Group Search
​​"Ayol va erkak munosabatlari buzilishining 7 sababi" (2-qism)

2⃣ Juftliklarning biri yoki ikkalasi ham o'z emotsiyalarini nazorat qila olmaydilar.

Bunday oilada er-xotin qarama-qarshi qutbda - doimiy bahs-munozarada bo'ladi. Muhit doimo keskin: arzimagan narsalarga ham qizishib ketishlari mumkin; shuningdek, ular tortishuvli masalalarni bosiqlik bilan hal qilish usulidan ko'ra, jang bilan hal qilishni afzal ko'rishadi va bu Uchinchi jahon urushiga aylanadi.

Muammo va Yechim

3⃣ Orqaga qaytib, o'tgan vaziyatni tahlil qila olmaslik.

Ko'pgina juftliklar janjallashib, keyin bir necha kun davomida "chuqur muzlash" rejimiga o'tadilar - ular bir-birlari bilan gaplashmaydilar - shu yo'l orqali xafaligini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'lishadi. Keyin ular oxir-oqibat muzdan tushib, go'yoki, hech narsa bo'lmagandek ko'rinadilar. Ba'zan kechirim so'rashlari ham mumkin, lekin boshqa yangi janjal boshlashdan qo'rqib, hech qachon muammo haqida gapirishga qaytmaydilar, o'tgan ishni tahlil qilishmaydi va natijada, "yopiqlik qozon yopig'ligicha qolib ketaveradi".

Muammo va Yechim

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
​​"Ayol va erkak munosabatlari buzilishining 7 sababi" (4-qism)

4⃣ Samimiy, yaqin o'zaro suhbatlar yo'qligi.

Mojarolarning oldini olish, muammolarni hal qilish yoki hissiy yaqinlik bo'lmagan oilada o'sishning natijasi - o'zini emotsional jihatdan yolg'iz deb hisoblaydigan insondir. Bunday insonlarning yaqinlari ko'p bo'lishi mumkin, ammo ular o'zlarini ruhiy jihatdan qo'llab-quvvatlaydigan insonga muhtoj deb hisoblaydi. Bitta xonada birga yashaydigan jufti u uchun shunchaki, xonadosh xolos. Shuning uchun bunday insonlar bolasiga yoki ishiga haddan ortiq diqqat-e'tiborini qaratadigan bo'lib qoladi.

Muammo va yechim

5⃣ Jamoaviy hamkorlikning yetishmasligi

Juda ko'p odamlar oilani boshqarishda yoki moliyaviy ta'minotda ko'proq harakat qilyotganliklarini aytishadi, juftini esa oila uchun unchalik ham qayg'urmasligidan shikoyat qiladilar; natijasda sherigidan ranjish va o'zini qadrsizlangandek his qilish ro'y beradi.

Muammo va yechim

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
⚡️Amerikalik ismi anonim qolishini istagan ayol hikoyasi

Chekish saratonni keltirib chiqarishi haqida yana bir ilmiy tadqiqot haqida eshitganimdan so'ng, men chekishni tashlashga urinib ko'rishga harakat qildim. Har safar shunga o'xshash narsani eshitganimda, chekishni tashlashga urinardim, lekin bunday qilolmas edim. Ammo bu safar men qilishim kerak, degan qarorga keldim. Men g'ururli odamman. Odamlar meni yomon tomondan ko'rishlarini xohlmayman.

Shunday qilib "Balki, shu mag'rurligimdan foydalanib, shu la'nati odatimni yo'qotishim mumkin" deb o'yladim. Men haqimdagi fikrlari juda muhim bo'lgan insonlar ro'yxatini tuzib chiqdim. Keyin esa tashrif qog'ozlarini olib, har birining orqa tomoniga: "Sizga bundan buyon bitta ham sigareta chekmaslikka va'da beraman", deb yozib chiqdim. Shu hafta ichida tashrif qog'ozlarini ro'yxatimdai barcha odamlarga - otam, onam, akam, boshlig'im, sobiq erim, eng yaqin do'stimga (unashtirilgan bo'lg'usi erimdan tashqari) - hammaga yubordim.

Men hozir uchrashib yurgan yigitni juda hurmat qilardim va uning men haqimdagi fikrlari men uchun juda muhim edi, shunigdek, meni shaxs sifatida hurmat qilishini juda xohlardim. Unga tashrif qog'ozini berishga ancha vaqt ikkilanib yurdim. Bir kun oldiga bordimda, qog'ozni berib, hech nima demasdan ortimga qaytib ketdim. Agar men unga bergam va'damni bajara olmasam, o'lib qolsa kerak, deb o'yladim.

Nikotin iste'molini to'xtatish, men uchun eng qiyin ish edi. Men yana chekishim kerak, deb 100 martalab o'ylagan paytlarim bo'ldi; bu hayollar miyamdan chiqib ketmasdi. Ammo, shunday holat bo'lishi bilanoq, mening ro'yxatimdagi barcha odamlar men va'damni bajara olmasam, men haqimda nima deb o'ylashlarini tasavvur qildim. Va bu ish berdi.

Men shundan buyon biror marta ham og'zimga sigara olmadim. Aytgancha, o'sha yigit haqiqiy qallob ekan, razil inson ekan - buni kech bildim. Men uni qanday yoqtirib qolganimni bilmayman, ammo o'sha inson menga eng qiyin sinovlardan o'tib olishimga yordam berdi. Men uni hozir yoqtirmayman, shunga qaramay, undan haligacha minnatdorman.

🔥 Psixologik tahlili

© Robert Chaldinining "Ta'sir psixologiyasi" kitobidan

📌Obuna bo'lish: @psixologkanali
Ayol va erkak munosabatlari buzilishining 7 sababi" (6-qism)

6⃣ Pul sarflash, farzandlarga munosabat, kiyim-kechak kabi maishiy masalalarga turlicha fikrga egaligi.

Bular o'ziga xos dolzarb mavzular - turli marosimlarga har xil kiyimlar kiyish, pulni boshqarish g'oyalari yoki bolalarni qanday tarbiyalash. Har ikki juftlikda ikki xil qarash. Bu mavzularda ko'pincha kimning gapi kuchliroq ta'sir qilsa, o'shaning fikri ustun bo'ladi. Biz qanday qilib murosaga kelish haqida emas, balki kim birinchi bo'lib taslim bo'lishi va kimning qo'li baland kelishi haqida o'ylaymiz.

7⃣ Sizda turli xil turmush tarzi va kelajakka nisbatan noaniq qarashlar mavjud.

Siz hech qachon yuqorida aytilganlarning birortasini hal qilolmaysiz, chunki sizning turmush tarzingiz tartibsiz va "g'alati" - tunda dam olish o'rniga miyangiz farzandlar muammosi yoki ishga qanday kiyim kiyish bilan band bo'ladi; kunduzi esa aksi - ishda hayolingiz uyda, ko'chada, bolalarda.

🔅Bularning barchasi qilishdan ko'ra aytish osonroq ekanligini tushunaman. Ammo, bu - qiyin. Lekin qo'l cho'zmasangiz, daraxtdagi mevani uzib ololmaysiz.

🌐 Batafsil

⚡️Post oilaviy munosabatlar bo'yicha mutaxassis Robert Taibbining maqolasi asosida tayyorlandi

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zida bolaga o'z muammosini hal qilish uchun o'ziga qo'yib berish kerak. Mustaqillik, javobgarlik, o'z-o'zini boshqarish, m'asuliyat kabi xislatlar o'shanda shakllanadi.

@psixologkanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Utarov degan psixolog bor ekan. Bitta ikkita fikrlarini eshitib ko'rdim.

@psixologkanali
Forwarded from ZAYNOBIDDINOV JAVLONBEK
Qizlar oʻqishi kerakmi?
Men uchun oʻzi bunaqa fikr kelishi kulgili. Qizlar oʻqishi deganda shu oliy maʼlumotli boʻlishi diplomi bormi yoʻqmi shu bilan oʻlchanyabdi gʻalati emasmi shaxs sifatida ayol oʻz fikrini yetkazib bera olishi erkin jamiyat bosimisiz oʻzi hoxlagan ishni qila olishi shu oʻqimishli ayol kishi emasmi.
Shu tok shou dan ham koʻrinib turibdi qizlar ozgina fikr bildirsa yoki uni prinsiplariga toʻgʻri kelmaydigan gap aytsa ayollik hislatidan chiqib ketadi dib oʻylashadi. Qiz bola har doim jim oʻtirishi kerak erkakni koʻziga tik qaramaslik kerak qayerdan kelgan bunday qarashlar nega unaqa eng qizigʻi qizlar ham rozi bunga. Oʻzgarish kerak qizlar oʻqishi kerak va shart ular jamiyat uchun zarur faqat erkaklar bilan rivojlanayotgan davlat qurib BOʻLMAYDI.
​​Nega ba'zilar ba'zilardan baxtli?

📌 Maqola Finlandiya va Irlandiya misolida ko'rib chiqilgan.

Finlar bilan irlandlarda bir qancha o'xshashliklar mavjud:

• ikkisi ham kichik davlatlar qatoriga kiradi;

• ikkisida ham daromadlar yuqori.

Ko'p jihatdan o'xshash bo'lgan bo'lsa, nega unda Finlar ketma-ket 7 yil davomida eng "baxtli" davlat bo'lib kelyapti, irlandlar esa bu bo'yicha 17-o'rinda?

Irlandlardan farqli ravishda Finlarni "baxtli" qiladigan 3 ta muhim jihat bor ekan. Bular:

• tabiatni sevish;

• ijtimoiy ishonch;

• moddiyatning birinchi o'rinda turmasligi.

🔥Maqola bilan batafsil tanishib chiqing. Qiziq narsalar topasiz.😊

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nima uchun oyoqyalang yurib turish kerak?

Yerda oyoqyalang yurish orqali tabiat bilan yaqinroq aloqada bo'lish jismoniy va hissiy farovonligimizga ta'sir qiladi. Poyafzal yoki boshqa narsalar tufayli bu aloqani yo'qotganimizda, tanamiz yerdan elektronlarni qabul qila olmaydi, bu bizning sog'lig'imizga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yerda oyoqyalang yurish qon bosimini pasaytirish va tanadagi yallig'lanishni kamaytirish orqali yurak va qon tomirlari faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, yer yuzidagi elektronlar stressni kamaytirishga, uyqu sifatini yaxshilashga va immunitetni oshirishga yordam beradi.

P/s: biz yoshligimizda oyoqyalang ko'p yurganmiz, hozirgilarni bilmadim😄))

@psixologkanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoyil qolsa arziydi shunday otalarga.

Shahardan ancha uzoqda bo'lishiga qaramay hamma qizini o'qitmoqchi ekan.👍

@psixologkanali
​​Daromadlar tengsizligi insonlarni hafa qiladi

2016-yilda bir maqola chiqqan ekan. Unda shu haqida ma'lumot berilganki, jamiyatda aholining daromadlaridagi farq qanchalik katta bo'lsa, aholi shuncha o'zini baxtsiz deb his qilar ekan. Bunday jamiyatda boylik ozchilik qo'lida to'planadi, aholining aksariyat qismida daromad kam bo'ladi. Boylikning ozchilik qo'lida to'planishi hayotdan qoniqish darajasini va kundalik hissiy-emotsional holatlarni susaytirib yuborar ekan.

⚡️Haqiqatdan ham bu fikrlarga qo'shilishimiz mumkin. Chunki, biz doimo o'zimizni boshqalar bilan taqqoslayveramiz: biz o'zimiz xunuk bo'lganimiz uchun emas, qolganlar chiroyli bo'lgani uchun hafa bo'lamiz, odamlarning chiroyli mashinada yurishi bizni hafa qiladi, o'zimizda yo'qligi emas.

🌐 Maqola bilan batafsil tanishish

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
📘 Siz ham ona bo'lasiz

📖 Fragment va mundarija

Muallif: Feruza Nazar, Muhayyo Maksudova
Muqova: qattiq
Hajmi
: 104 bet, A4, rangli
Narxi: 75 000 so‘m
Xarid: www.tg-me.com/akademsavdo

📚 @akademnashr
Siz ham ona bulasiz_matn.pdf
651.1 KB
Juda ko'pchilik o'qib chiqishni tavsiya qilishyapti)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu illuziya tanaga egalik qilish yoki tanani ko'chirish illuziyalari qatoriga kiradi. Fanga esa "rezina qo'l" illuziyasi nomi bilan kirgan. Bunda shunday holat ro'y beradiki, yasama tana a'zolari inson tomonidan o'ziniki sifatida idrok qilinadi.

Hattoki, yasama rezina qo'lga zarba berilganda inson og'riqni his qiladi. Batafsil videoda.

@psixologkanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Opani kimligini bilmayman, lekin aytayotganlari etni jimirlatadi:

Agar siz Afg'onistonda tug'ilgan qiz bo'lsangiz:

- ular sizning kelajagingiz uchun qaror qabul qilashadi;

- siz kollejlarga yoki universitetlarga qabul qilinmaysiz;

- kitob o'qish uchun kutubxona topa olmaysiz.

Onaningizga va opangizga qarasangiz, ularni ham cheklangan holatda ko'rasiz: ular o'z ishlari bilan ko'chaga chiqa olmaydilar, ishga bora olmaydilar, aylanishga bora olmaydi, hattoki, doktorga ko'rinishga bora olmaydi. Aslida, juda oddiy bo'lgan bu kundalik ishlarni qilish uchun qattiq jazo muqarrar. Muddatsiz qamoqqa olish, majburiy turmushga berish, kaltaklash, o'lim. Aslini olib qaraganda, Toliblarda qiz bolish harom.

📌 Obuna bo'lish: @psycho_review
​​⚡️Baxt - bu boylik(mi?)

• 2000-yillar odamlari boy bo'lishni xohlashmagan;

• asr boshidagi amerikaliklar uchun baxt - bu bo'sh vaqt, karyera, oila, din, jamiyatga manfaat keltirish edi;

• 2020-yillardan keyingi amerikaliklarning orzusi - milliarder bo'lish;

• pandemiya odamlarni "pulga o'ch" qilib qo'ydi.

Pandemiya davri ham dunyoning "beqarorligini" isbotladi. Bunday vaziyatlarda kimda resurs ko'p bo'lsa, o'sha xavfsizroq yashaydi. Natijada, odamlarning mulkka intilishi kuchaydi, boylikka munosabati yanada o'zgardi.

♻️Lawrence R. Samuelning shu nomli maqolasi asosida

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Teatr - juda katta ta'sirga ega san'at turlaridan biri.

Kim nima tushundi?

@psixologkanali
2024/06/12 05:46:44
Back to Top
HTML Embed Code: