Telegram Group Search
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | DXX kubogida g‘olib chiqqan mahallada «yoshlar guzari» barpo etildi
#4june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#tabrik

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatovni tabriklaymiz!

Hurmatli Sherzod Rixsiboyevich,

Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Yetakchi sport menejeri sifatida shakllangan Sherzod Tashmatov yurtimizda muaytay, boks, taekvondo sport turlari rivojiga katta hissa qo’shdi. Bokschilarimiz Rio Olimpiadasida tarixiy natija qayd etishdi. Taekvondochimiz Ulug`bek Rashitov 19 yoshida Olimpiada chempioni bo`ldi. Sportchilarimiz tomonidan qo’lga kiritilayotgan bu yutuqlarda bugungi kun qahramonining xizmati beqiyos.

⚡️Sherzod Rixsibayevichga uzoq umr, tan-sihatlik, mamlakat sporti ravnaqi yo‘lidagi xayrli ishlari bardavom bo‘lishini tilaymiz.

Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi Axborot xizmati
Forwarded from Sport vazirligi
Sport maktablarini rivojlantirish bo'yicha xalqaro tajriba yo'lga qo'yiladi

Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov Xalqaro sport maktabi federatsiya prezidenti (ISF) Loran Petrinka bilan videokonfrensiya orqali uchrashuv o‘tkazdi. Videokonfrensiyada shuningdek, Xalqaro kurash assotsiatsiya bosh kotibi va texnik direktori janob Muhammad Rizo Nassiri Nejad, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi.

Dastlab, Sport vaziri Adkham Ikramov yurtimizdagi sport maktablari haqida batafsil to‘xtalib, maktablardagi raqamlashtirish, mashg‘ulotlar va musobaqalar haqida ma‘lumot berdi.

O‘z navbatida, Xalqaro sport maktabi federatsiya prezidenti (ISF) Loran Petrinka federatsiya haqida batafsil ma‘lumot berdi. Federatsiya 200 mingdan ortiq maktablar bilan hamkorlik qiladi. Xalqaro federatsiya tomonidan tan olingan 45 ta sport turi mavjud. 2023-yilda15 yoshgacha bo‘lgan Gimnaziya o‘yinlari Braziliyaning Rio-De-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi Gimnaziya o‘yinlari 2024-yil oktyabr oyida Bahraynda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Sport vaziri A. Ikramov Xalqaro sport maktabi federatsiya bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, birgalikda sport maktablarida tizimli ishlar olib borilishini hamda kelgusi musobaqalarda sportchi-o‘quvchilarni ishtirokini ta‘minlash takliflarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik hamda tajriba almashish masalalari bo'yicha kelishib olindi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#shaxmat

QASHQADARYOLIK SHAXMATCHI ABDIMALIK ABDISALIMOV "SOHIBQIRON KUBOGI 2024" XALQARO TURNIRIDA G‘ALABA QOZONDI.

Toshkent shahrida shaxmat bo'yicha "Sohibqiron kubogi-2024" turniri o'z yakuniga etdi. Musobaqada 13 ta davlatdan 200dan ortiq ishtirokchi ishtirok etdi.

Turnirning asosiy guruhida Qashqadaryolik shaxmatchi Abdimalik Abdisalimov barcha raqiblaridan ko'p ochko to'plagan holda, g'alaba qozondi.

Abdimalik 9 turdan 7.5 ochko to'plab, 2660 performans bilan chempionlikni qo'lga kiritdi.

⚡️ Qayd etish joizki, u musobaqani mag'lubiyatsiz yakunladi hamda 21.3 FIDE reyting ochkolarini qo'shib oldi.

Ikkinchi va uchinchi o'rinni ukrainalik shaxmatchilar - Aleksandr Moiseenko (7) va Vitaliy Bernadskiy (6,5) band etdi.

Ushbu g‘alaba bilan sportchimizni Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi hamda barcha sportchilar nomidan samimiy qutlaymiz!

Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
#kurash

KURASH BOʻYICHA OʻZBEKISTON CHEMPIONATIDA QASHQADARYOLIK SPORTCHILAR HAM MUNOSIB ISHTIROK ETISHMOQDA.

Ayni kunlarda, Namangan shahar Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qarashli "Pahlavon" sport majmuasida sportning kurash turi boʻyicha kichik oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Toshkent shahridan sportchilar ishtirok etishmoqda.

Ushbu musobaqada viloyatimiz vakillari ham munosib ishtirok etib, musobaqa shohsupasidan joy egallashmoqda.

Vakillarimiz erishgan natijalar bilan tanishing:

Qiz bolalar oʻrtasida:

30 kg vaznda
🥈Bozorova Safina

36 kg vaznda
🥈Doʻstqobilova Kibroyoxon

Ogʻil bolalalr oʻrtasida

52 kg
🥈Isoqova Sabina

57 kg
🥇Axmadova Niginabonu
🥈Ko'chkinova Kumush

+57 kg
🥈Ro'zimurodova Mohirabonu

G‘oliblarni tabriklaymiz!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
#stol_tennisi

🏓 STOL TENNISI BO‘YICHA VILOYAT CHEMPIONATI O‘TKAZILADI

2024-yilning 7-iyun kuni Qarshi shahar 3-sonli umumta’lim maktabi sport zalida sportning stol tennis turi bo‘yicha U15 o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Qashqadaryo viloyat chempionati o‘tkaziladi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
#Islohotlar_raqamlarda

✔️Qashqadaryo viloyatiga 2024 yilda respublika budjetidan 52 milliard so‘m ajratish hamda xalqaro moliya tashkilotlaridan 31 million AQSh dollarini jalb qilish hisobiga jami 321 kilometr ichimlik suv tarmoqlari va 18 ta suv inshootini qurish orqali ichimlik suv ta’minoti qamrovi 73,6 foizga yetkaziladi.

"Yuksalish" harakati Qashqadaryo bo‘linmasi
Forwarded from Sport vazirligi
🇺🇿🇹🇷 Turkiyada bo'lib o'tayotgan VI Xalqaro etnosport festivali doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan uchrashdi.

Uchrashuvda milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2024/06/06 12:41:43
Back to Top
HTML Embed Code: