Qurbon hayiti bayramini tinch va osoyishta o‘tishini hamda hayit namozini ado etish maqsadida tashrif buyuruvchilarning xavfsizligi va erkin harakatini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB boshliĝi polkovnik T.K.Ismailov tomonidan Sariosiyo tumanida joylashgan jome masjidlariga tashrif buyurilib, Qurbon hayiti munosabati bilan o'tkaziladigan tadbirlarni tinch va osoyishta o'tkazish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha sektor rahbarlariga topshiriqlar berildi va vazifalar belgilandi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, Yakshanba 16-iyun
Surxondaryo, Sariosiyo tumani


16-iyun kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
8:02 GMT+05:00 holatiga

☀️ 23°...38°, Ochiq havo

Hozir:  27°, ↗️ 2.0 m/s

Tong: ☀️ 23°
Kun: 🌤 37°
Oqshom: 27°
Namlik: 39%
Shamol: G'arbiy, 6.0 m/s
Bosim: 1005.8 mb.

Quyosh chiqishi: 05:03
Quyosh botishi: 19:54

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiyani o‘rganamiz!

XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

127-modda.

Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni saylaydi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.

Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi.

🇺🇿 Bizni kuzatishda davom eting.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Hayot va vaqt ikki ustozdir.
Hayot bizga vaqtni to'g'ri boshqarishni o'rgatadi, vaqt hayotni qadrlashni o'rgatadi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Sariosiyodagi 24 ta masjidlarda Qurbon hayiti namozi o‘qildi

Bugun, 16-iyun erta tongdan tumanimizda joylashgan 24 ta masjdilarda 20 mingdan ortiq namozxon saodatli kun ibodatini ado etdilar.

Qurbon hayiti namozini ado etish uchun kelgan musulmonlar yurtimizda taot-ibodat qilish uchun yaratilgan qulayliklar, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida erishilgan tinch-osuda va farovon hayotga shukrona aytib, elimizga tinchlik-xotirjamlik, omonlik, qut-baraka tilab duoga qo‘l ochdi.

Shuningdek, xayru-saxovat ayyomida tumandagi ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yakka yolg‘iz keksalar, uyda yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovg‘alari yetkazib berilmoqda.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Surxondaryolik g‘allakorlar bu yil ham mamlakatimizda birinchi bo‘lib, tovar don topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi

Vohalik g‘allakorlar 2024-yil hosili uchun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlab, bugun, 16-iyun holatiga don korxonalariga 210 ming 246 tonna sara tovar don sotib, shartnomaviy rejani 101,0 foizga bajardilar.

Jumladan, Sheroboddagi “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi 107,2 sentner, Qumqo‘rg‘ondagi “Elobod ziyosi” fermer xo‘jaligi 106,0 sentner, Angordagi “Umid shox Angor” fermer xo‘jaligi 101,2 sentner, Muzrabotdagi “Amirqul bobo KAA” fermer xo‘jaligi 100,3 sentner, Jarqo‘rg‘ondagi “Panji Umid Bunyod” fermer xo‘jaligi 100,2 sentner, Termiz tumanidagi “Qoraxon Yangiariq” fermer xo‘jaligi 101,0 sentnerdan hosil olib, vohamiz xirmoniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.

G‘allakorlarimiz erishgan ushbu natija vohamizda qishloq xo‘jaligida joriy qilinayotgan iqtisodiy islohotlar, zamonaviy texnologiyalar hamda fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga, mulkka egalik hissining oshganligining, klasterlar faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilganligining samarasidir.

Joriy yilda voha g‘allakorlari gektarlar hosildorligini o‘rtacha 94 sentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 840 ming tonna sara don ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda.

Viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/19 00:12:22
Back to Top
HTML Embed Code: