Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari o‘rin olgan.

Bundan tashqari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Malayziya Hukumati rahbari Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇸🇦Ayni kunlarda Saudiya Arabistoni energetika vaziri oʻrinbosari Fuad Mosa boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari yurtimizda boʻlib turibdi.

Bugun Energetika vazirligida Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston Respublikasining qator vazirlik hamda idoralari, davlat boshqaruv organlari, shuningdek, energetika tizimi aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari yigʻildi.

👍 Jumladan, mazkur tadbirda Savdo-sanoat palatasi rahbariyati ham ishtirok etdi.

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi energiya samaradorligi va mahalliylashtirish boʻyicha oʻz tajribalarini oʻrtoqlashib, bu borada erishilgan yutuqlarni Oʻzbekistonda tatbiq etish masalasini muhokama qildilar.

Energiya samaradorligi boʻyicha mamlakatimizdagi 30 dan ortiq vazirlik hamda idoralar, Mahalliylashtirish boʻyicha esa yurtimizdagi 30 ga yaqin tuzilmalar vakillari ishtirokida Ishchi guruhlar tashkil qilindi. Ular ikki kun mobaynida mazkur yoʻnalishlardagi mavjud vaziyatni tahlil qilib, yutuq va kamchiliklar yuzasidan oʻzaro tajriba almashadilar.

Ishchi guruhlar yigʻilishlari ertaga ham davom ettiriladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖼 Andijon viloyati Savdo-sanoat palatasida hududiy biznes inkubatorlar faoliyati, eksport sohasi va tadbirkorlar muammolarini tizimli hal etish borasidagi ishlar holati amaliy yordam berish masalalarining tahliliy muhokamasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Andijon tumani hududiy biznes inkubatori binosida Andijon viloyati boshqarmasi boshlig’i va mutaxassislariga "Andijon viloyatida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish" loyihasining asosiy vazifalari muhokama qilinib, tadbirkorlikka yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar tushuntirib berildi.

Boshqarmaning eksport faoliyati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga, viloyatning eksport imkoniyatlari hamda tadbirkorlarning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar tahliliy ko‘rib chiqilib, sohada ishlarni tashkil etishda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Muhokama yakunida bildirilgan takliflar ko‘rib chiqilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar belgilab olindi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senatning 52-yalpi majlisida “Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi

Qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida belgilangan huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 % (amaldagiga nisbatan qariyb 98 %ga qisqaradi) miqdorida qollanilladi.

Mazkur huquqbuzarlik moliyaviy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori 20 %ni tashkil etishi belgilanmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni yanada maqbullashtirishga va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/19 20:08:25
Back to Top
HTML Embed Code: