Boysunning Shifobuloq, Zovboshi, Dehibolo, Xo‘jamayxona tog‘ tizmalaridagi betakror tabiat manzaralari

Tuman markazidan 65-70 km olis hududda joylashgan ushbu tog‘ tizmalari hushmanzara tabiati, yashillikka burkangan qirlari, quyuq o‘rmonlari hamda zilol suvli soylari bilan o‘zgacha go‘zallik kasb etgan.

📷 Foto: Boysun tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Endi xizmatlar uchun ham ipoteka kreditlari ajratiladi!

Prezidentimizning “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi sifatida tashkil etildi.

Kompaniya tomonidan 2024-yil 1-martdan boshlab:

✔️ oʻrta biznes vakillariga Xizmatlar ipotekasi ajratish;
✔️ oʻrta biznes kapitaliga ulush kiritish;
✔️ kredit uchun resurs ajratish;
✔️ kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash;
✔️ kafilliklar berish bo‘yicha tadbirkorlarga ko‘maklar ko‘rsatiladi.

Yordam kimlarga taqdim etiladi?
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan;
“yomon” kredit tarixiga ega bo‘lmagan;
kredit (lizing, bank kafolati, akkreditiv) va soliqlardan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlarga taqdim etiladi.

📞 Xizmatlar ipotekasidan foydalanish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Kompaniyaning hududiy bo‘limiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin:
+99891 576-57-74;
+99890 520-00-72

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hududlarda topshiriqlar ijrosi

Sherobod tumani Navbur mahallasida infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida 3,6 km yo‘l asfaltlanib, foydalanishga topshirildi.
〰️〰️〰️

Uzun tumanida 2 mlrd so‘m mablag‘ evaziga ta'mirlangan, 15 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 78-sonli oilaviy poliklinikaning yangilangan binosi foydalanishga topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Prezidentimizning topshirig‘iga asosan, Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli sel-suv toshqinlarida zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularni zarur vositalar hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi nomidan insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 22 tonna guruch, 100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari, 25 ming litr o‘simlik yog‘i, 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon, shuningdek, 10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir va 1 000 litrli 96 ta suv saqlash idishlari o‘rin olgan.

Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Afg‘onistonning Balx viloyati rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Afg‘oniston tomoni vakillari Prezidentimiz va xalqimizga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
2024/05/22 00:24:02
Back to Top
HTML Embed Code: