Telegram Group & Telegram Channel
DC filmlari haqida yana fikrlarim.

Xo'sh, Christian Bale ijrosidagi trilogiya menga yoqqanini aytgandim. Lekin yangi DC universe filmlariga o'tganimdan keyin, DC filmlariga munosabatim o'zgardi. Ya'ni, salbiy tomonga o'zgardi. DC filmlarida o'sha Betmen trilogiyasi yaxshi chiqqandir xolos balki?🤔

Hozircha 2ta film ko'rdim xolos: Man of Steel va Superman vs Batman. Supermen filmida syujet juda tushunarsiz bo'lib ketgan. Voqealar birdaniga boshlanib ketadi. Qahramon birdan paydo bo'ladi, xavf ham birdaniga paydo bo'ladi. Anovi qiz bilan esa, qachon sevishib qolishga ulgurganiga haligacha tushunmayapman, 1-2 marta ko'rishgan xolos bo'lsa🤔

Yana superqahramonlar filmlarida uchramaydigan jihat bor: asosiy jang vaqtida butun boshli shaharni vayron qilib tashlashadi. Ya'ni, bunga Supermenni o'zi ham befarqdek. Shahardagilarni saqlab qolishga harakat ham qilmaydi. Unga o'sha, 1-2 ko'rishib yoqtirib qolgan qizi muhim xolos😒 Butun shahar shunchaki vayron bo'lmaydi, juda ko'plab odamlar o'ladi. Va qahramonimiz ularga e'tibor ham bermaydi. Ya'ni, jangni boshqa joyga ko'chirishga urinmaydi ham, qutqarmaganiga yarasha.

Keyingi filmda Betmen paydo bo'ladi. Ben Affleck ijrosidagi Betmen menga umuman yoqmadi. Logika yo'q. Christian Bale trilogiyasida juda ko'p narsani mohiyati ochib berilgan, Betmenda esa tushunish qiyin. Keyin aslida uy xizmatchisi bo'lishi kerak bo'lgan Alfred bu filmda Lucius Fox obrazi bilan chatishtirilgan. Ya'ni, u ham xizmatkor, ham texnika mutaxasisi☹️ .

Supermen bilan janggi uchun Betmen o'ziga yangi sovut tayyorlaydi, qalinroq metalldan. Lekin kulgimni qistatgan joyi o'sha sovutida ham boshini og'iz va bet qismi ochiq turadi🤦‍♂️ Logika yo'q shuyerda. Himoya uchun sovut yasaganidan keyin to'liq qoplashi kerak edi. Yoki og'zidan jarohat olmasligiga ishonchi komil bo'lganmi🤔

Kiyimlar masalasida gap ketganida DC universeda umuman logika yo'q, rostdan ham. Ya'ni, ayol superqahramonlarga nazar tashlaylik. "Oversexualized" bo'lib yotibdi ayol personajlari. Wonder Woman personaji aslida jangari ayol. Lekin yelka, qo'llari, oyoqlari butunlay ochiq holatda. Doimgidek logika yo'q. DCdagi erkaklar butun tanani yopib turadigan kiyim kiysa, ayol qahramonlar negadir yarim-yalang'och kiyinishadi. Ochiq joylaridan jarohat olmaydi)) Bu narsa balki komikslarni ko'proq sotish uchun qo'llangan usul bo'lgandir, lekin film ishlaganda buni mantiqqa ham moslash kerak edi. Masalan, supermen va supergirl personajlarining kiyimlarini solishtirib ko'ringlar))

Ayollarga kiyim tanlash masalasida Marvel oldinda ekaniga amin bo'ldim. To'g'ri, Marvel komikslarida ham ayol qahramonlar "oversexualized" bo'lib ketgan. Harqalay MCU filmlarida bu jihatiga alohida e'tibor berishgan. Natasha Romanoff, Kapitan Marvel, Scarlet Witch, Walkyrie, Shuuri, She-Hulk, Gamorra, Wasp, Hela va hokazo ayol personajlarni hammasi yopiq kiyimda. To'g'ri, qaysidir qismi ochiq bo'lishi yoki qomatiga o'ta yopishib turgan bo'lishi mumkin, lekin harqalay keladigan jarohatlarni ochiq kutib oladigan darajada emasda)) Aynan Wonder Woman bilan solishtiradigan bo'lsak, yaqindagina chiqqan Tor 4 filmidagi "Mighty Thor" - Jeyn Fosterni kiyimiga e'tibor bering. U ham jangari ayol. Lekin yelkasi ham, oyoqlari ham berkitilgan sovut kiyadi.

Xullas, DC filmlari jaa unchalik emas ekan menimcha)) 2tagina filmdan shu xulosaga keldim. DCni reytingizni o'sha Betmen trilogiyasi ko'tarib turadi, shekilli))

@TheAliBlog

tg-me.com/TheAliBlog/1034
Create:
Last Update:

BY Ali. Blog

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/TheAliBlog/1034

View MORE
Open in Telegram

Ali Blog Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

The STAR Market, as is implied by the name, is heavily geared toward smaller innovative tech companies, in particular those engaged in strategically important fields, such as biopharmaceuticals, 5G technology, semiconductors, and new energy. The STAR Market currently has 340 listed securities. The STAR Market is seen as important for China’s high-tech and emerging industries, providing a space for smaller companies to raise capital in China. This is especially significant for technology companies that may be viewed with suspicion on overseas stock exchanges.

Telegram announces Search Filters

With the help of the Search Filters option, users can now filter search results by type. They can do that by using the new tabs: Media, Links, Files and others. Searches can be done based on the particular time period like by typing in the date or even “Yesterday”. If users type in the name of a person, group, channel or bot, an extra filter will be applied to the searches.

Ali Blog from us

Telegram Ali. Blog
FROM USA