tg-me.com/TheAliBlog/1251
Last Update:
Bir necha kun oldin Assassin's Creed Mirage video-o'yini ommaga reliz qilindi. O'yin voqealari 9-asrdagi Bag'dod shahrida bo'lib o'tadi.
O'yinda masjidlar, azon ovozlari, hattoki namoz o'qiyotgan NPClarni uchratish mumkin. Lekin o'yinni o'zini bir tiyinga qimmat, desa ham bo'laveradi.
Yodingizda bo'lsa, Valhalla chiqqanidayoq AC seriyalari bitta qolipga tushib qolgani, Origins, Odyssey bilan har tomonlama o'xshashligi haqida yozgandim. Shu sababli ham o'yinni sotib olmaganman va o'ynab ham ko'rmaganman. (Tepadagi fikrga kelish uchun strimlardan parchalar yetarli bo'lgan).
O'yinni narxi yangi avlod AAA o'yinlari narxida bo'lib yotibdi: $50. Lekin grafikasi juda rasvo. Bu grafikani PS3 ham qiynalmay ko'tara olsa kerak, deb o'ylab qoladi odam. Undan tashqari jang qilish animatsiyalari, parkurlar ham juda achinarli ahvolda.
Syndicate o'yinidan keyin bu seriyani to'xtatilgan, deb hisoblasak ham bo'laveradi.
Aytgancha, hozirda video-o'yinlarga pul sarflamay turibman. Kelasi oyda bo'ladigan "Black Friday" aksiyasida video-o'yinlarga ham katta chegirmalar beriladi. O'shanda qoplab olib qo'yamiz))
BY Ali. Blog
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/TheAliBlog/1251