tg-me.com/TheAliBlog/1275
Last Update:
Bilayn kompaniyasi bir necha oydan beri arzon ta'riflarida "resurslarni oshirish bahonasi" bilan abonent to'lovini doimiy oshirib kelmoqda.
Men foydalanadigan "Yana Bitta" ta'rifiga birinchi ulanganimda, oylik to'lovi 23 ming edi. Umuman olganda, arzonligi uchun ulangan edim. Va buni sekin-sekin oshirib borib, mana, aprel oyidan abonent to'lovi 35 ming so'm bo'lar ekan. Eng qizig'i, Bilaynda bu narxdagidan arzon ta'rif qolmagan. Hatto "konstruktor" ta'rifi ham shunaqa bosqichma-bosqich narxi oshirib qo'yilgan.
Modem uchun ishlatadigan simkartamda esa, bir necha oydan beri Bilayndan oqilona foydalanib kelmoqdaman)) Bu simkarta faqat va faqat internet uchun ishlatiladi, undan sms/qo'ng'iroqlar umuman foydalanilmaydi. Xullas, u raqamga Dekabr oyidan beri abonent to'lovi to'lanmagan. Lekin shunda ham agar internet paket bo'lsa, internet ishlatish mumkin ekan.
Internetni ham salkam cheksiz qilib olganman. "Juma takliflari"dagi "kunlik 100GB" xizmati aslida 1 kun emas, 2 kun ishlashini bilarmidingiz? Masalan, xizmatni juma kuni yoqsangiz, 100GBni siz shanba kuni 23:59gacha ishlatishingiz mumkin. Agar yakshanba 00:00da hisobingizga 7 ming so'm tushirsangiz, xizmat avtomatik uzaytirilib, yakshanba-dushanba kunlari yana 100GBni ishlatishingiz mumkin. Shunday tartibda 105 ming so'm evaziga 1 oy mobaynida 1,5TB internetdan foydalanishingiz mumkin. Xizmatni nomi "kunlik" bo'lgani sabab, agar xizmatni Juma kuni yoqsangizu, shanba kuni balansingizda kamida 7 ming so'm bo'lsa, shanba kuni 7 mingni yechvolib, qaytadan 100GB beradi va bu ketishda 1 oyda 210 ming so'm ishlatib qo'yasiz. Shu sabab balansda kamroq pul bo'lishi va har 2 kunda 7 ming so'mga to'ldirilishi kerak.
Aslida xizmat narxi boshida 5 ming edi, yaqindan boshlab 7 ming qilib qo'yishdi.
Shunday qilib, salkam 3-4 oydan beri abonent to'lovi to'lamasdan, oyiga 105 ming ishlatib, 1.5TB internetdan foydalanib kelyapman))
BY Ali. Blog
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/TheAliBlog/1275