tg-me.com/TheAliBlog/877
Last Update:
1-2 oycha oldin yangicha uslubdagi blogger paydo bo'lgandi, "Aktivist Uz" degan. Ko'rmagan odam qolmadi shekilli. Do'konlardagi muddati o'tgan mahsulotlarga qarshi kurashadigan blogger, qisqacha aytganda. Videolari tiktoklarda ham rosa aylanganida ko'rib turardim, har xolda janjalni tomosha qilishga qiziqish o'zbekchilikda bor narsa))
Xullas, kecha tiktokda andijonga kelgan videosidan parcha ko'rib qolib, youtube kanaliga o'tib to'liq ko'rib chiqdim. Keyin ish qilayotib quloq band bo'lib turishi uchun boshqa videolariniyam ko'rib chiqdim. Ko'p magazinlardagi "reyd"lar janjal-tortishuv bilan tugagan. Lekin Andijonga kelganida katta supermarketlardan birida rosayam koooo'pgina muddati o'tgan mahsulot topilganidayam, supermarket ishchilari tortishmasdan, janjallashmasdan, yaxshi muomala bilan tugatishgan.
A lekin farg'onadagi videoni ko'rib mazza qildim lekin, rosa tortishuvlarga boy bo'libdi)) O'zidan aqlli yasab olgan klientlar, shallaqi ishchi qizlar, "ko'chinskiy" bollar, podstavalar, xullas rosa qiziq voqealarga boy bo'libdi) Rosa bekor qolib ketgan bo'lsanglar, ko'rishni maslahat beraman. Youtubega "Aktivist Uz" deb yozsanglar chiqib keladi.
Endi blogger haqidagi umumiy fikrimni aytsam, qilayotgan ishi umumiy jihatdan to'g'ri, yaxshi ish. Chunki o'zim qachon olayotgan narsamni muddatini tekshirib olganimni eslolmayman. Shu sababli ham mahsulotlar muddatiga do'kon o'zi e'tibor berishi kerak, deb hisoblayman) A faqat bitta chatoq tomoni bloggerni qo'rs muomalasi ekan. Balki janjal kelib chiqishini asosiy sabablaridan biri ham shudir balki. Lekin ming yaxshi muomala qilganida ham kelvolib janjal qiladiganlar topilarkan baribir, buniyam videolarida ko'rdim))
@TheAliBlog
BY Ali. Blog
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/TheAliBlog/877