Tumanimizda ham joriy yilning aprel-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan mini-futbol, futbol va shaxmat bo‘yicha 49 ta mahallalardan 16-30 yoshdagi chaqqon, epchil va iqtidorli yoshlardan iborat jamoalar ishtirokida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Bugun To‘rtko‘l tumani hokimligi binosi oldida "Davlat Xavfsizlik xizmati raisi" kubogi musobaqasi To‘rtko‘l tumani bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tarzda o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman Davlat xavfsizlik xizmati rahbari hamda keng jamoatchilik ishtirok qildilar.
Bayram tadbirini tuman hokimi R.Shamuratov kirish so‘zi va tabrigi bilan ochib berdi.
Shundan keyin "Davlat Xavfsizlik xizmati raisi" kubogi musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar, ularning murabbiylari qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Xususan, sektor kesimida boshlanib, eng kuchlilar tuman bosqichida bellashdilar. Bunda sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Ullibog‘” OFY 1-o‘rinni, “Jayhun” MFY 2-o‘rinni, “Navoiy” MFY yoshlari 3-o‘rinni, qizlar o‘rtasida “Navoiy” MFY 1-o‘rinni, “Paxtaobod” OFY 2-o‘rinni, “Yashnaobod” MFY jamoalari 3-o‘rinni egallashdi. Sportning futbol turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan final bosqichida 1-o‘rinni egallagan “Yonboshqal’a”, 2-o‘rinni “Navoiy”, 3-o‘rinni egallagan “Turkiston” fuqarolar yig‘inlari jamoa a’zolari tantanali ravishda rag‘batlantirildi.
Tantanali taqdirlash tadbiri sho‘x kuy va qo‘shiqlarni o‘zida jamlagan gala –konsertga ulanib ketdi. Bayram yoshlarga katta kuch, quvvat va kelgusi ishlariga rag‘bat bergani shubhasiz. Ayniqsa, tadbir yakunidagi mushakbozlik bayram tadbiriga yanada ko`tarinki ruh bag`ishladi. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                                       
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: "Хитой - Қирғизистон - Ўзбекистон" темир йўли бўйича битим имзоланди. Президент Шавкат Мирзиёев - Туркиянинг олий давлат мукофоти соҳиби. Тошкентдаги янги объектлар билан танишилди

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: “Қытай - Қырғызстан - Өзбекстан” темир жолы бойынша келисимге қол қойылды. Президент Шавкат Мирзиёев - Туркияның жоқары дәрежели мәмлекетлик сыйлығының ийеси болды. Ташкенттеги жаңа обьектлер менен танысылды

Обзор важнейших событий за неделю: Подписано соглашение по железной дороге "Китай - Кыргызстан - Узбекистан". Президент Шавкат Мирзиёев - кавалер высшего государственного ордена Турции. Состоялось ознакомление с новыми объектами в Ташкенте

Facebook|Instagram|X
2024/06/11 03:55:27
Back to Top
HTML Embed Code: