Telegram Group Search
Yaqinda AQShning Aydaho shtatida sud hukmi bilan o'limga hukm qilingan serial qotilni o'ldirish uchun bir soat davomida sakkiz marta urinishdi, lekin eplay olishmadi. Sababi - tibbiyot xodimlari zaharli ukolni jo'natish uchun mahkumning vena tomirlarini topa olmagan.

Uchta jamoa ketma-ket qotilning oyog'iga, qo'liga, soniga, bilagiga jami sakkiz marta igna tiqqan, lekin kerakli tomir topilganiga ishonch hosil qilishmagani uchun, dori jo'natilmagan.

Oliy jazo yana noma'lum muddatga qoldirildi.

73 yashar bu odam yarim asrdan beri qamoqda. Uchta shtatda kamida 5 ta qotillik bo'yicha aybdor deb topilgan va dastlab o'limga, keyin esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

1981-yilda qamoqdagi xonadoshini o'ldirib qo'yishi ortidan bir umrlik qamoq jazosi yana o'lim hukmiga almashtirilgan.

Bu odam 43 yildan beri o'lim jazosi ijro qilinishini kutib yashayapti.

@bmamadiev
AQShda o'lim jazosini ijro qilish bilan bog'liq yana bir muammo - odam o'ldiradigan dorilar yetishmayapti.

Qatl uchun ishlatildigan ukolning muhim tarkibiy qismi bo'lgan moddani yaqingacha AQShda faqat bitta kompaniya ishlab chiqargan. U ham 10 yilcha oldin uni ishlab chiqarishni to'xtatgan.

Kompaniyalar bunday dori ishlab chiqarmasligining sababi shundaki, ular o'z mahsulotlarining odam o'ldirishda ishlatilishini xohlamaydi va shu bois, hukumat tomonidan talab va ehtiyoj bo'lishiga qaramay, hozirda bunday inyeksiyalar soni AQShda sanoqli miqdorda qolgani aytiladi.

Odamga eng kam og'riq berishi yoki umuman og'ritmasligi haqidagi farazlar tufayli AQShning hanuz o'lim jazosi mavjud ko'plab shtatlarida oliy jazoga hukm qilinganlarni inyeksiya orqali o'ldirish tartibi yo'lga qo'yilgan.

Endi dori yetishmayotgani bois ba'zi shtatlar osish, gaz bilan o'ldirish, elektr stolga o'tqazish yoki otish usullariga qaytmoqda. Ayrimlarida hatto mahkumlarga otilish yoki elektr stolda o'lishdan birini tanlash imkoniyati berilyapti.

@bmamadiev
Silikon vodiysidagi kompaniyalar o’rtasida sun’iy intellekt mutaxassislarini o’ziga jalb qilish bo’yicha “jang” ketyapti.

Malakali mutaxassislarni ishga olishning eng yaxshi yo’li - ularni katta miqdordagi pul bilan rag’batlantirish. Bugun “Wall Street Journal” podkastida eshitib qoldim. “OpenAI” kompaniyasidan yaqinda ish taklifini olgan oltita nomzodning maoshlariga qarashganda, yillik o’rtacha maosh 925 ming dollarni tashkil qilgan.

@bmamadiev
Kripto olamining yulduzi bo’lgan amerikalik 32 yoshli Sem Benkman-Frid 25 yilga qamaldi.

U kripto valyutalar savdosi bilan shug’ullangan va hozir bankrotga uchragan “FTX” kompaniyasi asoschisi.

2 yil oldin Sem 26 milliard dollardan ortiq mablag’i bilan AQShning 41-eng boy odami bo’lgan.

U “FTX” mijozlariga tegishli 8 milliard dollar pulni boshqa kompaniyasi hisobiga o’tkazib, bu mablag’ni kripto valyutalar oldi-sottisi uchun ishlatganlikka doir bir qator jinoyatlarda aybdor deb topildi.

@bmamadiev
Telegramda “boost” funksiyasi qo’shilibdi. Agar kamida 17 premium foydalanuvchi “boost” tugmasini bossa, kanalga qo’shimcha funksiyalar qo’shish mumkin ekan. Masalan, havola va iqtiboslarni boshqa uslublarda berish, kanal nomi rangini o’zgartirish kabi.

Sinab ko’ramizmi? :)

https://www.tg-me.com/boost/Vashington kundaligi/com.bmamadiev

@bmamadiev
Dunyoga mashhur Britaniya muzeyi o’z bisotidagi eksponatlarning bor-yo’g’i bir foizini ommaga ko’rsatar ekan.

Demak, bunday muzeylarning asosiy vazifasi ko’rgazma qilish emas, balki tarixiy va noyob buyumlarni asrab-avaylashdan iborat.

@bmamadiev
Uydan ishlayotgan edim. Menejerim bilan onlayn uchrashuvda o’tirgan paytim birdan xonam qimirlay boshladi. Qattiq yer silkindi.

10 soniyacha davom etdi. Lekin 5 daqiqacha menejerimning aytgan gaplari qulog’imga kirmadi. 🙂

Zilzila markazi mening uyimdan bir soatcha uzoqlikda ekan. Silkinish 4.7 magnitudani tashkil etgan.

Xudoga shukr, hamma tinch va salomat.

@bmamadiev
Ilon Mask "X"dagi sahifasi orqali 8-avgust kuni "Tesla" kompaniyasi "robotaksi"ni e'lon qilishi haqida xabar qoldirdi. Bundan boshqa tafsilot yo'q.

Robotaksi - bu haydovchisiz o'zi harakatlanadigan va taksi xizmatini ko'rsatadigan elektromobil.

@bmamadiev
“ChatGPT” meni tanirkan. 🙂 Lekin men haqimdagi ma’lumotlari ingliz tilida yozgan sanoqli maqolalarim bilan cheklangani sezilib turibdi.

@bmamadiev
Familiyamni kiritsam ham topyapti, faqat ba’zi ma’lumotlari eski.

@bmamadiev
Kecha Nyu-York shahri Bruklin tumanidagi Urgut osh markazida "MahallaUSA" tashkilotining iftorlik va xayriya kechasi o'tkazildi. Unda AQShdagi o'zbekistonliklar jamiyati faollari va mehmonlar yig'ildi.

Tadbir davomida "MahallaUSA" nodavlat tashkiloti qoshida ochilgan "ZiyoArt" o'quv markazining yangi binosi mehmonlarga tanishtirildi. Ushbu bino faoliyatini hamda unda amalga oshirilayotgan turli o'quv kurslarini davom ettirish uchun vatandoshlar yordamiga muhtojmiz, dedi tashkilot rahbari Abdumalik Ahmedov.

Vatandoshlarimizdan ushbu markazda amalga oshirilayotgan xayrli ishlarga o'z hissasini qo'shishni so'rab qolamiz. Buning eng oson yo'li - imkoningiz yetganicha, moddiy tomondan yordam berish.

Ehsonlarni jo'natish uchun manzil:

PayPal: [email protected]
Zelle: [email protected]

@bmamadiev
10-aprel kuni ertalab 7:00 da Bruklindagi Kayzer parkida hayit namozi o’qiladi. O’zingiz bilan joynamoz olib kelishni unutmang.

Namozdan keyin bepul nonushta dasturxoni yoziladi.

Manzil: 2529 Neptune Ave, Brooklyn, NY 11224

@bmamadiev
“Meta”(sobiq “Facebook) ham “ChatGPT”ga o’xshagan chatBot xizmatini e’lon qilibdi.

Alohida ilovani o’rnatishga zarurat yo’q. Uni “WhatsApp”, “Instagram”, “Messenger” va “Facebook”dan topishingiz mumkin. “@meta ai” deb qidirsangiz kifoya.

@bmamadiev
Bitkoin "qazib chiqarish" teng yarmiga kamaydi. Har to'rt yilda avtomatik tarzda sodir bo'ladigan bu hodisa hisob-kitob tranzaksiyalarini amalga oshiruvchilarga mukofot sifatida beriladigan bitkoinlar soni kamayishini anglatadi.

Bitkoinlar sonining ikki barobarga qisqarishi 19-aprel juma kuni, AQSh vaqti bilan kechki soat 8:10 da yuz bergani aytilmoqda.

Masalan, shu paytgacha, taxminan, har 10 daqiqada 6.25 dona yangi bitkoin muomalaga chiqarilgan bo'lsa, endi yangi "qazib chiqariladigan" kripto tangalar soni 3.125 taga tushdi. Shu paytgacha bunday bo'linish faqat to'rt marta sodir bo'lgan.

Har to'rt yilda bu miqdor ikki barobarga kamayib boradi va jarayon jami bitkoinlar soni 21 millionga yetguncha davom etadi. Shundan so'ng yangi bitkoin ishlab chiqarish butunlay to'xtatiladi. Allaqachon bitkoinlarning 19,5 millontasi "qazib bo'lingan".

Bitkoin narxi faqat oshib borishi haqidagi bashoratlar, asosan, uning zaxirasi shu tarzda cheklangani bilan izohlanadi.

Har to'rt yilda bitkoinlar sonining kamayishi narxlarga qanday ta'sir qilishi tarixini o'rgangan kuzatuvchilarning aytishicha, bu voqea ortidan kriptovalyutaning narxi 270 ming dollardan 1,8 million dollargacha ko'tarilishi mumkin.

Ayni paytda bir dona bitkoinning narxi 63 800 dollar atrofida.

@bmamadiev
Sun'iy intellektning insoniyatga ekzistensial tahdid ekaniga oid vahimalar urchigan bir paytda "Qora ko'zgu" (Black Mirror) serialini qaytadan ko'rish boshqacha ta'sir qilarkan.

Har bir epizodi alohida mavzu va film shaklida ishlangan bu serialda axborot texnologiyalari yaratadigan 'ne'matlar'ning kutilmagan oqibatlari dahshatli tarzda ochib berilgan.

Ko'rmagan bo'lsangiz, hozir tomosha qilishning ayni payti.

@bmamadiev
12 yil oldingi gap. Sun’iy intellekt orqali Meta (Facebook) shu ishni bugun amalga oshirmoqda.

@bmamadiev
2024/04/29 15:24:53
Back to Top
HTML Embed Code: