Telegram Group Search
Sportning mini futbol bo’yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun saralash bosqich bellashuvlariga start berildi

Bugun shahrimizdagi 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning mini futbol bo’yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun saralash bosqich bellashuvlariga start berildi.

Uyushmagan, kam taʼminlangan va ayni paytda ishsiz yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishiga, xususan, sportning mini-futbol va futbol turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash maqsadida start olgan mazkur bellashuvlarning dastlab, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ochilish marosimida Xonobod shahar hokimligi, sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etishib, futbol jamoalariga gʻoliblik sari borishlari uchun omadlar tilashdi.

Shundan soʻng ilk bellashuvlarga start berildi. Taʼkidlash joiz, mazkur Kubogning saralash musobaqasi dastlab, shahrimizdagi 4 ta sektor kesimida 15 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida hududlarga boʻlingan holda oʻzaro kuch sinashishadi. Gʻolib jamoalar sektor, shahar hamda viloyat bosqichlarida ishtirok etishadi.

Ma’lumot uchun, musobaqalarning birinchi bosqichi joriy yilning aprel-may, ikkinchi bosqichi iyun-iyul oylarida hamda uchinchi final bosqichi avgust oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Musobaqalarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin.

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
Xonobod shahar hokimi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Bugun Xonobod shahar hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, shahrimizda joylashgan "Markaziy Dehqon bozori” dagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Tadbirkorlar bilan suhbatda ular bozor qonuniyatlari asosida, amaldagi qonunchilik tartibida faoliyat yuritishlari kerakligi tushuntirildi.

Uchrashuvda tadbirkorlarga har bir tadbirkor topayotgan daromadidan soliq to‘lashi nafaqat davlat uchun, balki o‘zi uchun ham foydadan holi emasligi, ushbu to‘lanayotgan soliqlar natijasida xalqning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, pensiya oluvchilarning ehtiyojlari taʼminlanishi, ish haqqi va nafaqalar miqdori oshirilishi, ushbu daromadlarining yashirilmasligiga bog‘liq ekanligi yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
MADANIYAT SOHASI XODIMLARI E'TIROF ETILDI

15-aprel “Madaniyat xodimlari kuni” munosabati bilan bayram dasturi tashkil etildi.

Ushbu bayram dasturida sohaning shahrimizdagi barcha vakillari va sanʼat sohasida koʻp yillar mehnat qilib, mazkur sohaning rivojlanishiga, oʻzbek milliy sanʼat madaniyatini nufuzini oshirishga, iqtidorli yoshlarning qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarishda munosib hissa qoʻshgan madaniyat va sanʼat xodimlar ishtirok etdi.

Mazkur bayram tadbirda shahar hokimi o'rinbosarlari va 3-sektor rahbari ishtirok etib, soha vakillarini bugungi bayram bilan tabriklab, ularga sovgʻalar topshirdilar.

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
"ВАТАНПАРВАР" ТАШКИЛОТИ ХОНОБОД ШАҲАР БЎЛИМИ БОШЛИҒИ ЛАВОЗИМИГА ТАЙИНЛОВ

"Ватанпарвар" ташкилоти Хонобод шаҳар бўлими бошлиғи лавозимига Карабаев Фарохиддин Тўлқинович тайинланди.

Карабаев Фарохиддин Тўлқинович 1979 йилда Қўрғонтепа туманида туғилган. 2005- йилда Қашқадарё иқтисод ва менежмент институти тамомлаган.

Хонобод шаҳар ҳокимлиги Карабаев Фарохиддин Тўлқиновични янги лавозимга тайинлангани билан табриклаб, фаолиятида улкан муваффақиятлар ва зафарлар тилаб қолади.

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
2024/04/16 09:35:41
Back to Top
HTML Embed Code: