Oromgohdagi bir haftalik seminar tafsilotlari

📑Xabar berganimizdek, yoshlar yetakchilari uchun 13-19-may kunlari Bo’stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da respublika o’quv-seminari tashkil etildi. O’quvning 1-mavsumida Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyati, 2-mavsumida Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatidagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Bir haftalik o‘quv davomida 400 dan ortiq mahalla yoshlar yetakchilariga Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tegishli masʼullari hamda bir qator loyiha koordinatorlari tomonidan seminarlar o’tkazildi.

Shuningdek, oromgohda tashkil etilgan sport musobaqalari va intellektual o’yinlarda faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilariga esdalik sovg’alari topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yurtimiz volontyorlari, Sizlarni chiroyli bepul raqamlar va qulay tarif kutmoqda!

📎Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Uztelecomdan “Volontyor” tarifi taqdim etilgan.

Tarifda yana yangilik. Endi sizlar chiroyli bepul raqamlar orqali ushbu tarifga ulanishingiz mumkin. Agar yangi raqam orqali siz tarifga ulansangiz, ikkinchi raqam ham bepul beriladi va bir oylik abonent to‘lovi Uztelecom kompaniyasi tomonidan to‘lab beriladi.

📑Hoziroq quyida ko‘rsatilgan hududiy ofislarga tashrif buyuring;

➡️ Qoraqalpog’iston Respublikasi
➡️ Andijon viloyati
➡️ Buxoro viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Sirdaryo viloyati
➡️ Samarqand viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Navoiy viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Toshkent viloyati
➡️ Farg’ona viloyati
➡️ Namangan viloyati
➡️ Toshkent shahri

📝Eslatib o‘tamiz, ushbu tarifga ulanish uchun volontyor.uz platformasidan ro’yxatdan o’tishingiz kerak!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar tashkilotining 23-Anjumani va Bolalar forumiga start berildi

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston bolalar tashkilotining 23-Anjumani va Bolalar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha forum ishtirokchilari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da tantanali kutib olindi.

196 nafar hududiy sardorlar kengashi a’zolari va 84 nafar Respublika bolalar forumi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bolalar oromgohda jam bo‘lishdi.

#bolalarforumi

📑Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yaxshi daromad topish uchun chetga chiqib ishlash shart emas…”

📍Xorazm viloyatining Yangibozor tumanidagi yoshlar faoliyatini o’rganar ekanmiz, mahalladagi deyarli barcha xonadonlarda tashkil etilgan issiqxonalar va undagi dehqonchilik ishlarini ko‘rib ko‘z quvnaydi.

Bugun Yangibozor tumani Hayvat mahallasida istiqomat qiluvchi Maqsadbek Normetov haqida gaplashamiz. Qahramonimizga mahalla yoshlar yetakchisining tavsiya asosida 25 sotix yer ajratilgan. Ushbu yer maydonidan yaxshi hosil olishni maqsad qilgan qahramonimiz, xonadonida issiqxona tashkil etib pomidor, bodring, qovun va tarvuz ko‘chatlarini yetishtirmoqda.

📹Batafsil ushbu videoda

#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖐“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning viloyat bosqichi o‘tkazildi

Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasi mezbonligida o‘tgan bu galgi bahslar har qachongidan ham qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechdi. Surxondaryolik nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda 16-30 yosh toifasidagi nogironligi bo‘lgan yoshlar sportning para shaxmat, shashka, aravachada stol tennisi, yengil atletika hamda para badminton yo‘nalishlarida bahslar maydonida kuch sinashdi.

#Beshtashabbusolimpiadasi #paralimpia

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/21 06:30:05
Back to Top
HTML Embed Code: