tg-me.com/akmal_jumaboyev/522
Last Update:
🔊Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya berish boshlandi!
🏠Subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi.
📃 Hujjatga koʻra,
🔵 qishloqlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 soʻmgacha);
🔵Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming soʻmgacha);
🟢Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 soʻmgacha) boʻlgan oilalar yuqori daromadga ega emas, deya eʼtirof etiladi.
📲 Subsidiya uchun ariza yuborish tartibi
💻Fuqarolarimiz ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.
🖥Murojaatchi my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” boʻlimiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan soʻng javobda koʻrsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat)tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
💰Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1-marta beriladi.
@akmal_jumaboyev
BY Akmal Jumaboyev
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/akmal_jumaboyev/522