Telegram Group & Telegram Channel
​​Ohang

(Lev Tolstoyning "Sergiy ota" qissasiga taqriz)

Siz ham eshityapsizmi?! Qandaydir begona ohang... Quloqlarimga qayerdan o‘rnashib oldi ekan u? Yo‘q, u yuragimdan - shu tomondan eshitilyapti. Kimdir faryod chekayotgandek, nola qilayotgandek - mungli, og‘ir...

Bu ohangda burch bor, shiddat bor va yana kimgadir sadoqat.

Endi u muhabbat haqida kuylayapti, his qildingizmi? Qarang, dunyo ranglarga, turfa iforlarga to‘lib ketdi. Nahotki bu mening dunyoyim? U shunchalik go‘zal edimi? Beixtiyor jilmayaman, ko‘zlarim o‘z-o‘zidan yumila boradi. Og‘irligimni yo‘qotib pardek yengil ko‘tarilaman yerdan. Har tomon oppoq ko‘rinadi.

Birdan nimadir tipirchilay boshladi, yuragimmi? Oyoqlarim qaltiraydi. Pastda kimdir meni chaqiryapti. Kim u? Nega chorlayapti meni? Axir ko‘zlarimni ochsam qulab ketishim mumkin, qulab ketaman hozir... Ko‘zlarimni ochaman, ular yoshga to‘ladi. Yoshlarim og‘irlik qiladi, vaznim yana ortib ketayotganini sezaman. Yo‘q, hali ham uchyapman. Mana yerdagi odamlarning barchasi buni ko‘rib turibdi. Balki menga havas qilishayotgandir. Qarashlaridan ko‘rinib turibdi-ku bu. Nahotki yerga, bu odamlarga shunchalik yaqin qoldim? Ko‘zlarimni qattiq yumib olaman. Asli nega kerak edi bu odamlarning menga qanday qarashlari, havasi, o‘ylari? Axir menga eng to‘g‘ri bahoni o‘z qalbimgina qo‘yishga qodir.

Ohang... ohangni yo‘qotib qo‘ydim. Qayerda yo‘qotdim ekan? Eslolmayapman. Topishim kerak...
Bu derazalar qayerdan paydo bo‘ldi, ularni oching, ketishim kerak! Ana tashqarida nur bor. Uni ko‘rdim. Ammo bora olmayman. Men turgan xonaning devorlari bo‘g‘iq, oyoq ostim zax. Faqat bitta taskin - yiroqdagi nurning borligi. Axir u bor, muhimi mana shu...

Men uni topdim, o‘zimning ohangimni topdim. U yuragim va o‘sha olisdagi nur jo‘rligidan iborat ekan. Sadoqat, muhabbat, yengib o‘tilgan illat ortidan topdim. Bu ohang - sokinlik va U!

© Munisa A’zamova
2020.

Sahifalarimiz: ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

tg-me.com/anorbooks_nashr/1059
Create:
Last Update:

BY “Anorbooks” nashriyoti

Share with your friend now:
tg-me.com/anorbooks_nashr/1059

View MORE
Open in Telegram

“Anorbooks” nashriyoti Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

A project of our size needs at least a few hundred million dollars per year to keep going,” Mr. Durov wrote in his public channel on Telegram late last year. “While doing that, we will remain independent and stay true to our values, redefining how a tech company should operate.

Telegram hopes to raise $1bn with a convertible bond private placement

The super secure UAE-based Telegram messenger service, developed by Russian-born software icon Pavel Durov, is looking to raise $1bn through a bond placement to a limited number of investors from Russia, Europe, Asia and the Middle East, the Kommersant daily reported citing unnamed sources on February 18, 2021.The issue reportedly comprises exchange bonds that could be converted into equity in the messaging service that is currently 100% owned by Durov and his brother Nikolai.Kommersant reports that the price of the conversion would be at a 10% discount to a potential IPO should it happen within five years.The minimum bond placement is said to be set at $50mn, but could be lowered to $10mn. Five-year bonds could carry an annual coupon of 7-8%.

“Anorbooks” nashriyoti from us

Telegram “Anorbooks” nashriyoti
FROM USA