Telegram Group Search
Uch toifa ona

Birinchi toifa – bolajoniga kiyim yoki o'yinchoq sotib olsa, "Aytchi, shirintoyim, bugun senga nima olib keldim? " deydi va bola qalbini o'ziga bogʻlaydi, o'ziga yo'naltiradi.

Ikkinchi toifa – nuridiydasiga nimadir olganida, "Bolam, bu narsani men olib keldim, ammo dadajoning sog' bo'lsinlar, u kishi ishlab pul topdilar va senga shu narsani oldik" deydi va bola ko'nglini otasiga bog'laydi va otaga yo'naltiradi.

Uchinchi toifa – bolasiga bir narsa olganida, "Bolajonim, buni senga men olib kelgan bo'lsam ham, otang ishlab topgan pulga sotib olgan bo'lsam ham, buni senga Alloh berdi. Har bir narsaning sohibi Alloh taolodir" deydi va bola qalbini Allohga bog'laydi, Ungagina yo'naltiradi.           
                                   
Birinchi ona – faqat Ona
Ikkinchi ona – vafoli Ona
Uchinchi ona – aqlli Ona va shu bilan birga ham muallimdir.


@Muhammad_Qobil_official
إن تطلب اللؤلؤ، عليك بالغوص في عمق البحر فما على الشاطئ غير الزبـد

Agar marvarid izlayotgan bo'lsang, dengiz tubiga sho'ng'ishing kerak. Qirg'oqda esa ko'pikdan boshqa narsa yo'q.


@Muhammad_Qobil_official
Kim ne’matning ziyoda bo'lishini yaxshi ko'rsa(istasa), Allohga shukr qilsin.

@Muhammad_Qobil_official
Xavotir ertangi kun muammolarini hal qilmaydi.
Faqat  bugungi kuningiz xotirjamligini yo'qotgani qoladi.


@Muhammad_Qobil_official
Atrofingizdagilarni kimligini ko'rsatib beradigan sinov tasodif emas, Allohning hadyasidir.

@Muhammad_Qobil_official
Muhabbat mahbub boridagi har narsani boricha saqlab qolishga urinishdir!

— Abu Bakr Usomani qo'mondon qilgani kabi.

Muhabbat mahbub yo'qligida ham u yoqtirmagan ishdan tiyilishdir!

— Abdulaziz ibn Umarning ayoli uning uchun qimmatbaho taqinchoqlaridan kechib, uning vafotidan keyin ham taqinchoqlarini olmagani kabi.

Muhabbat mahbub uchun o'zdan kechishdir!

— Uhud jangida yetmishdan ortiq joyidan yaralangan Talha ibn Ubaydulloh kabi!

Alloh barchalaridan rozi bo'lsin!

— — — — — — — — — — — — — — – –

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!


@Muhammad_Qobil_official
Alloh sen uchun ixtiyor etgan
narsalarni yomon ko'rma!

Balolar uchun ham ajr olasan,
Kasallik uchun ham ajr olasan,
Yo'qotilganlar uchun ham ajr olasan,
Sabr uchun ham ajr olasan,
Yaxshilik ortidan yaxshilik kamdan
kam keladi.


@Muhammad_Qobil_official
أشد أنواع الوجع هو الذي يكون بداخلنا ولا يراه أحد.

Og'riqning eng og'ir turi bizning ichimizdagi og'riqdir, uni hech kim ko'rmaydi.


@Muhammad_Qobil_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
إحذر من خداع النفوس التي تؤمن بك...

Senga ishongan qalblarni adashdan hayo qil.


@Muhammad_Qobil_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
الصديق الحقيقي هو الذي يحبك في الله دون مصلحة مادية أو معنوية.

Haqiqiy do'st – bu seni moddiy yoki maʼnaviy foydasiz faqatgina Alloh uchun yaxshi ko'radigan inson.


@Muhammad_Qobil_official
درجات الصداقة في اللغة العربية
Arab tilida do'stlik darajalari:


الترب : مثيلك في السن.
Tirb: yoshda o'xshashingiz, tengdosh.

الزميل : رفيقك في العمل .
Zamil: ishdagi hamroh, hamkasb

الجليس من يصحبك في مجلسك .
Jalis: siz bilan birga o'tirib suhbatlashadigan inson, huhbatdosh.

السمير: من يحدثك ليلا.
Samir: kechalari siz bilan gaplashib chiqadigan odam.

النديم: من يصاحبك في شرابك .
Nadim: ichimligingizda sizga sherik bo'ladigan odam, chiyxonadagi do'st yoki hamshisha.

الصاحب من يلازمك طوال اليوم .
Sohib: kun bo'yi oldingizda yuradigan odam.

الرفيق من يصاحبك في سفرك.
Rafiq: safaringizda siz bilan birga bo'ladigan odam. Rafiqa - hayot safarida siz bilan birga bo'ladigan ayol.

الصديق صاحبك الصادق في وده.
Sodiq: do'stligida chin bo'lgan, chin do'st, haqiqiy do'st.

الخل / الخليل: من تخللت محبتك قلبه.
Xil, xul, xolil: sizning muhabbatingiz uning qalbining tubiga o'rnashigan inson. Sizni qattiq yaxshi ko'radigan, o'ta yaqin do'st.

الأنيس: من تأنس حضوره فلا تستوحش.
Anis: uning huzurida qolbingiz hotirjam bo'lib bezovtalanmaydigan, begonasiramaydigan, xavfsiramaydigan inson.

النَّجي: من تسر له ويسر لك بالحديث.
Najiy: siz sir aytib u ham sizga sir aytadigan inson. Eng yaqin do'st, sirdosh, ishonchli shaxs.

الصفي: من صافاك وأخلص لك.
Sofiy: sizga nisbatan samimiy va xolis bo'lgan inson, tanlangan, samimiy do'st

القرين من يلازمك في حلك وترحالك.
Qorin: muqimlikda ham safarda ham oldingizda bo'ladigan inson.


@Muhammad_Qobil_official
Muhabbat faqat romantikadan iborat emas. Balki u hurmat, eʼtibor va ishonchdan iboratdir.

@Muhammad_Qobil_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
مراتب الحب العشر.
Muhabbatning 10 darajasi:

(الهَوَى) وهو مَيْلُ القَلب،
1. Havo - qalbning moilligi.

(العَلاقَةُ) وهي الحُبُّ المُلازِمُ للقلب،
2. Aloqa - yurakdan ketmaydigan muhabbat, bog'liqlik.

(الكَلَفُ ) وهو الحُبُّ الذي يَشْغَلُ القلب،
3. Kalaf - qalbni band qilib qo'yadigan muhabbat; kuchli muhabbat, ishtiyoq.

( العِشْقُ) وهو أوَّلُ عَذاب الحبّ،
4. Ishq - muhabbatning ilk azobi.

(الشَّغَفُ) وهو أنْ يبلغَ الحُبُّ شغاف القلب فيملكه،
5. Shag'of - bu muhabbat yurakni qopchig'igacha (perikard) yetib borib uni egallagan holat; qalb to'lib sevish; yurakka limmo lim sevgi.

(الجوى) وهو الهوى الباطنُ الذي يَتَغلَغَلُ في النَّفس،
6. Java - nafsni ichiga kiradigan ichki, botiniy qalb moilligi.

(التَّيْمُ) وهو استعباد الحُبّ لصاحبه المُتَيَّم،
7. Taym - muhabbat o'z egasini qul qilib olishi, asirga olishi. Natijada inson muhabbat quli, asiriga aylanadi.

(التَبْلُ) وهو أن يُسْقِمَ الحُبُّ صاحبَه، ومنه،

8. Tabl - muhabbat o'z egasini kasal qilib qo'yishi, sevgi kasaliga duchor etishi.

(الوَلَهُ) وهو ذَهَابُ عقل الولهان من شدَّة الحُبّ،
9. Valah - qattiq muhabbatdan aqldan ozish, aql ketib qolish telbalik.

(الهُيَامُ) وهو أن يهيمَ المُحِبُّ على وَجْهِهِ كالمجنون.
10. Huyom - bu oshiqni majnun kabi boshi oqqan tomonga qarab tentirab ketishi, telbalarcha sevib qolish.

Eng zaifidan eng kuchligiga qarab daraja.

@Muhammad_Qobil_official
Faqat bolalik chog'larida kuladi inson, qolganlari soxta. Chunki kishi ulg'aygach quvonchlar emas qayg'ular sabab kulishni o'rganadi, aslida...

@Muhammad_Qobil_official
لا تحكم بالمظاهر
قد يكون هناك قلب غني تحت معطف فقير.


Tashqi ko'rinishga qarab baho bermang!
Faqir kiyimlar ostida boy yuraklar bo'lishi mumkin.


@Muhammad_Qobil_official
Sotqinlikdan so'ng do'stlik, sadoqat qolmaydi.
Xiyonatdan so'ng ehtirom, hurmat qolmaydi.
Ko'ngil qolib, ixlos qaytgandan so'ng aslo ishonch qolmaydi.


@Muhammad_Qobil_official
الانترنت والهاتف النقال وسائل لتقرب لك
البعيد ولكن احذر أن تجعلها تبعدك عمن هو
أقرب إليك من حبل الوريد


Internet va uyali telefon uzog'ingni yaqin qiladi. Lekin ehtiyot bo'l! Ular jon tomiringdan yaqin bo'lgan Zotdan uzoqlashtirib qo'ymasin!

@Muhammad_Qobil_official
2024/06/01 04:10:18
Back to Top
HTML Embed Code: