Telegram Group Search
Xonobod shahar 3-sektor rahbari hududidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi bitiruvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Ushbu muloqotda kun tartibidagi asosiy vazifa va masala ya'ni bitiruvchilarni oliy taʼlim muassisiga qamrovi, tayyorgarlik jarayonlari, bitiruvchilarni bandligi shuningdek kasb-hunarga yoʻnaltirish kabi bir qator masalalar atroflicha muhokama etilib, bitiruvchilar bilan suhbatlar oʻtkazildi

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
Xonobod shahar DSI rahbari H.Egamberdiyeva sektor hududidagi 1- va 3-umumiy o'rta ta'lim maktablarining bitiruvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Ushbu muloqotda kun tartibidagi asosiy vazifa va masala ya'ni bitiruvchilarni oliy taʼlim muassisiga qamrovi, tayyorgarlik jarayonlari, bitiruvchilarni bandligi shuningdek kasb-hunarga yoʻnaltirish kabi bir qator masalalar atroflicha muhokama etilib, bitiruvchilar bilan suhbatlar oʻtkazildi

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
Joriy yilning 7-iyun kuni Xonobod shahridagi “Mehmonobod” mahallasining aholi vakillari hamda uyushmagan yoshlariga “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda yurtga sadoqat, fidoyilik, bagʻrikenglik gʻoyalari, missionerlikni salbiy oqibatlari haqida soʻz yuritildi. Oʻtkazilgan uchrashuvda toʻgʻri yoʻldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi maxsus “Slayd” va “Tinchlik qadri” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Tadbirda aholi bilan targʻibot tadbiri jonli muloqot shaklida tashkil qilindi.

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
#Live

Меҳмон уйлари ташкил қилишни истаган тадбиркорлар қўллаб-қувватланади
•••••••••••••••
Андижонимизда футзал бўйича 2024 йилги жаҳон чемпионати бўлиб ўтади. Ушбу йирик халқаро тадбир муносабати билан, кўплаб самарали ҳаракатлар амалга оширилмоқда.

Шу ўринда, ўз хонадонларида меҳмон уйи хизматини йўлга қўйишни истаган фуқароларни қўллаб-қувватлаш мақсадида вилоят ҳокимлигида штаб ташкил этилди.

Кейинги хабарларда штаб билан боғланиш учун рақамлар, меҳмон уйи ташкил этиш шартлари бўйича батафсил маълумот бериб ўтамиз.

Барча тадбиркорларни ҳамкорликка чақириб қоламиз!

Саҳифа: @andpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Exclusive

Дунё юлдузлари Андижонда
••••••••••••••
Президентимиз ташаббуси билан 2023 йилда Андижонда ўтказилган “Дунё садолари” фестивали бу йилда ҳам кенг миқёсда ўтказилади.

Фестивал дорасида аҳолимиз учун бутунжаҳон юлдузлари иштирокида гала концертлар ташкил этилиши режалаштирилган.

Унда кимларни учратишингиз мумкин? Ушбу маълумотлар билан видеолавҳада танишиб ўтинг!

Июль ойида, Андижоннинг Хонобод шаҳрида кўришгунча!

Саҳифа: @andpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Дунё юлдузлари Андижонда
•••••••••••••••
Шу йилнинг июль ойида Андижонимизда “Дунё садолари” фестивали ўтказилади.

Унда аҳолимиз учун дунё юлдузлари иштирокда шоу гала концертлар ташкил этиш режалаштирилган ва ҳаракатлар олиб борилмоқда.

Июль ойида Андижоннинг Хонобод шаҳрида кўришгунча!

https://www.tg-me.com/dunyosadolari2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Жаҳон юлдузлари Андижонга келади
••••••••••••••••
Шу йилнинг июль ойида Хонобод шаҳрида ўтказиладиган “Дунё садолари” фестивалига дунё эстрадаси юлдузлари таклиф этилмоқда.

Аҳолимиз учун фестивал доирасида ташкил этиладиган гала концертларда қатнашадиган дастлабки юлдузлар ким экани аниқ. Тадбир режалари бўйича ҳаракатлар давом этмоқда.

Кутилмаган янгиликлар ҳали олдинда. Барча юртдошларимизни Андижондаги халқаро фестивалга таклиф этиб қоламиз! Хонободда кўришгунча!

https://www.tg-me.com/dunyosadolari2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Tuyoqli” mahalla tajribasi misolida Xonobod shahridagi mahallalarda amaliy ishlar jadal davom etmoqda.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024

XONOBOD SHAHAR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA QABUL JARAYONLARI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabining bo‘sh o‘rinlarga o‘qishga hujjatlar qabuli, jarayonlari joriy yilning 1-iyundan 20-iyuniga kuniga qadar bo'lib o'tadi.

Arizalar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi. Bundan tashqari Xonobod shahar ixtisoslashtirilgan maktab binosida hujjatlarni topshirish uchun ko'maklashuvchi SHTAB tashkil qilingan

Ma'lumot uchun 2024-2025-o‘quv yilida Xonobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabiga 5-sinf aniq fanlar shuningdek 6-7-8-9-sinflarga to‘ldirish maqsadida sanoqli o‘quvchilar qabul qilinadi.

MANZIL: XONOBOD SHAHAR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI (sobiq ko'k kollej)

QO'SHIMCHA MUROJAATLAR UCHUN TELEGRAMDAGI MAKTAB GURUHI 👇👇
https://www.tg-me.com/+xwez6qyxrBpjYWE6

Xonobod shahar ixtisoslashgan maktab ma'muryat tel:+998996048258
+998901419397
2024/06/12 22:20:15
Back to Top
HTML Embed Code: