Telegram Group Search
Phantom City Creative’dan “Uzuklar hukmdori” trilogiyasi uchun benazir posterlar😊

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera #kino #MaymunlarSayyorasi

"Maymunlar sayyorasi Qirolligi" filmining navbatdagi treyleri e'lon
qilindi

👉 1-treyler
👉 2-treyler

Film premyerasi 10-mayga belgilangan.

@boredpandablog
#haqida

Bugungi ishni ertaga qo'ymaslik haqida

Hozir qiziq bir tarixiy voqea haqida o'qib qoldim. Xullas, Eron shohi va Xojarlar sulolasi asoschilaridan biri - Og'a Muhammadxon juda qattiqqo'l hukmdor bo'lgan ekan. U tez-tez yon-atrofdagilarini turli sabablar bilan qilichdan o'tkazib turgan. Qizig'i, uning taqdiri ham shunday yakun topadi.

Demak, Og'a Muhammad Ozarbayjonga yurishi paytida, bo'lajak jangdan oldin uxlab yotganida, kechasi chodiri oldida ikkita mulozimi o'zaro qattiq tortishib qoladi. Baqir-chaqirdan uyg'onib ketgan shoh nihoyatda darg'azab bo'ladi va tong otishi bilan shovqin ko'targanlarni qatl qilishini aytib baqiradi.

Buni eshitib qo'rqib ketgan boyagi ikkita mulozim tunda shoh oldiga kirib, uni pichoqlab o'ldirishadi va Ozarbayjon podshosi tomonga qochib ketishadi.

@boredpandablog
#kinonews

Insayderlarga ko'ra, “Last of Us” serialining 2-mavsumi 2025-yilning mart-aprel oylarida chiqadi.

Shuningdek, Pedro Paskal zombi-serialning ikkinchi faslini suratga tushish ishlarini tugatgan.

@boredpandablog
#kinonews

Mett Rivzning "Betmen-2" filmi suratga olish ishlari faqat 2025-yilning aprel oyiga kelib boshlanadi


Gollivud insayderi Jeff Snayder o'zining podkastida ushbu yangilik bilan bo'lishgan. Bosh rolni yana Robert Pattison o'ynashi kutilmoqda.

@boredpandablog
#kinonews

Zendaya Tom Holland ishtirokidagi "O'rgimchak odam-4" filmidagi MJ roliga qaytadi


Yuqoridagi podkastga havola qilgan holda, "Eyforiya" serialining 3-mavsumini suratga olishning noma'lum muddatga qoldirilishi aynan Zendayaning ish taqvimi va aktrisaning bo'lajak superqahramon blokbasterida suratga tushishi tufayli sodir bo'lgan.

Tom Holland ishtirokidagi “O‘rgimchak odam” filmining 4-qismi kuzda suratga olina boshlaydi.

@boredpandablog
#kinonews

“Karib dengizi qaroqchilari” yangi filmi franshizani qayta ishga tushiradi

“Karib dengizi qaroqchilari” so‘nggi filmi kinoteatrlarda chiqqaniga ham qariyb yetti yildan oshdi va Disney hali ham mashhur franshiza uchun yangi "ilhom manbayini" ochishga intilmoqda. Xabar qilinishicha, franshizaning kelajagi haqida ko‘p fikrlar bo'lgan, jumladan Margo Robbini bosh rolga taklif qilish yoki Jonni Deppni nihoyat Kapitan Jek Chittak roliga qaytarish rejalari. Biroq, hozirgi holatga ko'ra, franshiza yangi g'oyalar va yangi aktyorlardan boshlab, to'liq qayta ishga tushirishga tayyorlanayotganga o'xshaydi.

ComicBook.com yaqinda afsonaviy prodyuser Jerri Brukxaymer bilan suhbatlashdi. Va undan o'zining bir qancha mashhur franshizalari, jumladan "Qaroqchilar" kelajagi haqida so'rashdi. Brukxaymer Pirates "reset tugmasini" bosayotganini eslatib o'tdi.

Menimcha, ushbu yangi qayta boshlanish aynan qaysi yo'nalishda ketayotganini ko'rish qiziq bo'ladi. Hozircha Margo Robbi variantini butunlay inkor etib bo'lmaydi. Lekin "Barbi"ning katta muvaffaqiyatidan so'ng, bu, ehtimol, ancha qiyinlashadi. Jonni Depp Ember ishidan keyin Goliivuddan qattiq arazlagan va hali-beri qaytmasa kerak. Shundan kelib chiqib, yangi filmda katta o'zgarishlar bo'lishini taxmin qilishimiz mumkin.

Sizchi, keyingi "Karib dengizi qaroqchilari" filmlarida nimani ko'rishni xohlaysiz?

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

Sony "The Spider Within: A Spider-Verse Story" qisqa metrajli filmi tizerini namoyish qildi.

Unda Miles Morales o'z vahima hujumlariga qarshi kurashadi. Qisqa metrajli film voqealari birinchi va ikkinchi bo'limlar orasida davrda bo'lib o'tadi.

Premyera ertaga Youtubeda.

@boredpandablog
#tavsiya

Netflix'da xitoylik mashhur ilmiy-fantast yozuvchi Lyu Tsisinning "Yerning o'tmish xotiralari" trilogiyasi (hozircha birinchi tomi) asosida suratga olingan "Uch jism masalasi" serialini tomosha qilishni boshladim.

Shunchaki super. Undagi qiziqarli syujet manaman degan tomoshabinni ham o'ziga rom qilib qo'yishi aniq.

Miyaga ozuqa berish uchun yaxshi tavsiya.

@boredpandablog
Humo Air o'z ichki reyslarini bekor qilgani haqida yozgandim. Endi Silk Avia ham apreldagi Urganchga barcha reyslarni olib tashlabdi.

Bu esa Urganchga bir oy oldin uchish uchun qolgan yagona variant - o'zimizning jonajon UzHavoyo'llari narxlari. Mana marhamat! Bagajsiz (!) qaytarilmaydigan (!) eng arzon chipta atigi 613 ming so'mdan! Lekin shuyam bir hafta ichida qolishi aniq emas. Ba'zi kunlarga allaqachon chiptalar qolmagan.

Anaqisa, ichki turizmni rivojlantirmoqchimidik.... 🧐

@boredpandablog
Bored Panda Muad'Dib
Davlat telekanallarida ketayotgan "milliy" serial, telenovellalarimizga kichik bir nazar. @boredpandablog
"Xorijiy kontent bizni buzayapti" degan odamlarga Tvda ketayotgan mana shu telenovellalarni jo'natib qo'yarsizlar.

@boredpandablog
Bored Panda Muad'Dib
"Xorijiy kontent bizni buzayapti" degan odamlarga Tvda ketayotgan mana shu telenovellalarni jo'natib qo'yarsizlar. @boredpandablog
Aslida bu "Clickbate" ya'ni insonlarni e'tiborini tortuvchi Sarlavhalar, ichida 18+ sahnalar yo'q deyishingiz mumkin.

Lekin bu baribir syujet shunga qurilgan va insonlar axloqiga ta'sir qilishi aniq.

Netflixdayam yigit-qiz o'rtasida (ba'zan boshqacha) sevgi sahnalari bor, ammo ularda o'z reytinglariga ega. Va romantika asnosida keladi ko'pincha. Biroq buni ko'rib qandaydir jirkanchlik his qilasiz.

Ijod erkinligi tarafdoriman. Lekin bilishimcha, bunday kontent ijodkorlari boshqa alohida bir sohada ishlashadi.

@boredpandablog
Qani jiddiylashamiz o'rtoqlar

@boredpandablog
Bored Panda Muad'Dib
Qani jiddiylashamiz o'rtoqlar @boredpandablog
O'zi vayndan ko'tarilib, endi undan uyalish nega kerak😁

Ha mayli...

@boredpandablog
2024/03/28 08:54:26
Back to Top
HTML Embed Code: