tg-me.com/comp_sim_uz/1113
Last Update:
🧬📢 Navbatdagi hamkorlikdagi ilmiy maqolamiz ACS Journal of Chemical Information and Modeling jurnalida chop etildi! (IF- 5.7)🎉
Ushbu tadqiqot Center for Advanced Technologies - CAT Ilg'or texnologiyalar markazi - ITM olimlari bilan olib borayotgan mustahkam hamkorligimiz samarasidir. Ayniqsa, Artyom Baev rahbarligidagi guruhdagi iqtidorli yosh tadqiqotchi Khondamir Rustamovning o‘rni beqiyos — u sun’iy intellekt asosidagi molekulyar modellashtirish bo‘yicha ajoyib natijalarga erishib kelmoqda! 🚀🧠
🔍 Inson organizmidagi eng muhim o‘smaga qarshi oqsillardan biri — p53 o'rganildi. Bu oqsil saratonlarning 50% dan ortig‘ida mutatsiyaga uchraydi.
AlphaFold3, molekulyar dinamikaga asoslangan simulyatsiyalar orqali p53 ning 148 ta missens mutatsiyasini chuqur tahlil qilingan.
🔑 Tadqiqotdan asosiy natijalar:
- Ba’zi mutatsiyalar (masalan, R248P, N239S) DNK bilan bog‘lanish qobiliyatini kamaytiradi,
- Boshqalari (C238Y, P278R) esa bog‘lanishni kuchaytiradi, lekin sistemani beqarorlashtiradi,
- Qiziqarli tomoni shundaki, E285A, M243T kabi mutatsiyalar zararli ta’sirni kamaytirish (rescue) xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotimiz AI va hisoblash usullari yordamida saraton bilan bog‘liq molekulyar mexanizmlarni chuqur tushunishga imkon beradi 💡💊
🙏 Ushbu muhim tadqiqotda ishtirok etishga taklif qilgan hamkorlarim Artyom va Khondamirga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
🧪🌍
🔗 https://pubs.acs.org/doi/abs/10.1021/acs.jcim.5c00580
#ACS #p53 #Cancer #AI #AlphaFold #moleculardynamics #ProteinChallenge #DNA
BY Computer_simulations_Uz

Share with your friend now:
tg-me.com/comp_sim_uz/1113