Telegram Group & Telegram Channel
🧠 MIT Tadqiqoti: ChatGPT miyamizni zaiflashtiryaptimi?

Kuni kecha bizning ilmiy rahbarimiz bir maqolani biz bilan ulashib qoldi:

Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT) olimlari tomonidan o'tkazilgan so'nggi tadqiqot sun'iy intellekt vositalarining inson miyasi faoliyatiga ta'siri borasida jiddiy xavotir uyg'otdi. 4 oy davom etgan eksperiment natijalari ChatGPT kabi AI vositalarining inson kognitiv salohiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishini ko'rsatmoqda.

Tadqiqotda ishtirok etganlar orasida 83.3% foydalanuvchi o'zlari bir necha daqiqa oldin yozgan matndan bir parcha keltira olmadilar: "Yozdimmi? Nimani yozdim o'zi?" 🤔
Ya'ni, siz ChatGPT bilan birga maqola yozasiz, tugmasini bosasiz, va miyangiz: "Rahmat, o'ylashimga hojat qolmadi." deb dam olishga o'tadi.

MIT tadqiqotchilari bu holatni "kognitiv qarz" deb atashmoqda, ya'ni inson miyasi sun'iy intellektga haddan tashqari tayangani uchun mustaqil ishlash qobiliyatini yo'qotmoqda.

EEG qurilmalari orqali o'lchangan miya faoliyati shuni ko'rsatdiki, foydalanuvchilarning neyron aloqalari 79 tadan 42 taga qisqargan — bu 47% kamayish degani.

Tadqiqotchilar bu holatni quyidagicha izohlaydi:

"Agar sizning kompyuteringiz ishlov berish kuchining yarmidan ayrilsa, siz uni buzilgan deb hisoblaysiz. Xuddi shunday narsa hozir inson miyasida ro'y bermoqda."

Nafaqat EEG sensorlar, balki o'qituvchilar ham farqni sezmoqda:
O'qituvchilar AI bilan yozilgan matnlarni darrov tanimaydi ekan, lekin qandaydir his qilishar ekan. Ularning ta'riflari quyidagicha:

- “Mukammal til, lekin jon yo'q.
- “Shakl bor, mazmun yo'q.
- “Hamma narsa joyida, lekin shaxsiy fikr yo'q.

Shu bilan birga, ChatGPT foydalanuvchilari AI'siz yozishga majbur bo'lganda, ular AI'dan umuman foydalanmaganlardan yomonroq natija ko'rsatgan.

Ha, ChatGPT sizning ishingizni 60 % tezlashtirishi mumkin. Ammo tadqiqotchilar ogohlantirmoqda: bu vosita o'rganish uchun zarur bo'lgan kognitiv yuklama (germane cognitive load) ni 32% ga kamaytiradi.

Tadqiqot mualliflari bu natijalarni "fikrlash mushaklarining atrofiyasi" deb atamoqda. Inson miyasi faol bo'lmasdan qolaversa, u mustaqil fikrlash qobiliyatini yo'qota boshlaydi.

Hullas, raxmat qiziqarli maqola uchun 👍. Hammaga hayr. Ketdim ChatGPT'ni ishlatib kelay 😵‍💫

@kilich_bek_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

tg-me.com/Conordevs_Blogs/328
Create:
Last Update:

BY Conor's Blogs

Share with your friend now:
tg-me.com/Conordevs_Blogs/328

View MORE
Open in Telegram

Conor& 39;s Blogs Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Spiking bond yields driving sharp losses in tech stocks

A spike in interest rates since the start of the year has accelerated a rotation out of high-growth technology stocks and into value stocks poised to benefit from a reopening of the economy. The Nasdaq has fallen more than 10% over the past month as the Dow has soared to record highs, with a spike in the 10-year US Treasury yield acting as the main catalyst. It recently surged to a cycle high of more than 1.60% after starting the year below 1%. But according to Jim Paulsen, the Leuthold Group's chief investment strategist, rising interest rates do not represent a long-term threat to the stock market. Paulsen expects the 10-year yield to cross 2% by the end of the year. A spike in interest rates and its impact on the stock market depends on the economic backdrop, according to Paulsen. Rising interest rates amid a strengthening economy "may prove no challenge at all for stocks," Paulsen said.

The S&P 500 slumped 1.8% on Monday and Tuesday, thanks to China Evergrande, the Chinese property company that looks like it is ready to default on its more-than $300 billion in debt. Cries of the next Lehman Brothers—or maybe the next Silverado?—echoed through the canyons of Wall Street as investors prepared for the worst.

Conor& 39;s Blogs from de

Telegram Conor's Blogs
FROM USA