Telegram Group Search
#jurnal_sahifalaridan

📚Hozirda kitob o'qishga yana qiziqish ortmoqda, desak adashmaymiz. Ko'cha-ko'yda, transportlarda kitob ko'targan yoshlarni ko'p uchratyapmiz. Ammo bu bilan bog'liq bir qancha muammolar borligini ham bilamiz. Qanday deysizmi? Bu muammolar va uning oson yechimi haqida elektron kutubxona ilovasi yaratgan yosh olim Murodilla Ismoilov bilan bo'lgan suhbatimizdan bilib olasiz.

📌Batafsil "INNOVATOR" jurnalining 1-sonida tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️Sun'iy intellekt har jabhada foydali ekanligi isbotlanmoqda!

👩‍👦Video lavhada sun'iy intellekt orqali boshqariladigan bolalar aravachasi namoyishi taqdim etilgan.

Manba:
https://www.tg-me.com/cybersciense

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jurnal_sahifalaridan

🌐Davolash fakulteti 5-bosqich talabasi Aziza Baxtiyorova "Healthy Generation" (Sog‘lom turmush tarzi) nomli shaxsiy veb-saytini ishga tushirdi. Xo‘sh, ushbu saytda nimalar o‘rin olgan? Undan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? Shu kabi savollarga javob olish uchun qahramonimiz bilan bog‘landik...

📌Ushbu savollar siz uchun ham qiziq bo‘lsa, batafsil INNOVATOR jurnalining 1-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jurnal_sahifalaridan

Go'zallik yaratish orqali ekologiyaga yordam berish mumkin!

♻️Chiqindi insoniyat oldida turgan global muammolar sirasiga kiradi. Qayta ishlash natijasida undan ko'plab mahsulotlar yaratishda foydalanilishini bilamiz. Ammo aynan mahalliy chiqindidan go'zal san'at asari yaratilishini-chi? Bizningcha, bunaqasini ko'rmagansiz!

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 1-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👶🏻Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun sun'iy intellekt yordamida boshqariladigan qurilma ishlab chiqarildi!

🌐Amerikaning LittleOne.Care startapi doirasida Elora — yangi tug'ilgan chaqaloqlar salomatligi darajasini aks ettiruvchi kichik qurilma ishlab chiqarildi. Qurilma ba'zi funksiyalari bilan kattalar uchun mo'ljallangan smart soatlarni eslatadi; ulardan farqli ravishda qo'lga emas, bolaning qorniga yopishtirib qo'yiladi.

🧩Aqlli qurilma bola uchun radioenaga vazifasini bajarishi va bola yig'laganda, bezovtalanganda bolaning ota-onasiga xabar beradi. Shuningdek, qurilma bola haqidagi ma'lumotlarni qayd etib boradi.

Manba: https://www.tg-me.com/cybersciense

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jurnal_sahifalaridan

🧿Xalqimizning azaldan saqlanib kelayotgan go'zal qadriyatlari borki, ularsiz dunyo zulmatga botardi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Masalan, yaxshilik qilish, mehr ulashish, qiyin kunlarda tirgak bo'lish, atrofdagilarga befarq bo'lmaslik va hakazo. Hozirda bu odatlarimiz biroz arigandek, ammo, Andijon viloyati, Andijon tumanidagi 3-maktabning informatika o'qituvchisi Tolibjon Mirzajonov shunday loyihalari bilan bu odatlarni yanada rivojlantirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda...

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 1-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📣📣📣DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!

📖Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining "SUN'IY INTELLEKT" faoliyatiga bag‘ishlangan 2024-yildagi 2-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi.

🧐Sun'iy intellekt insonlar hayotini qay darajada osonlashtiradi?

🚀Yurtimizda sun'iy intellektni rivojlantiruvchi qanday loyihalar ishlamoqda?

🧿ML Community hamjamiyati sun'iy intellekt loyihalarini ishlab chiqarishga xizmat qiladi! Bu qay tarzda amalga oshiriladi?

🙋‍♀️Sun'iy ongni ishga sola olgan 16 yoshli qizZamira RUSTAMOVA!

🦾Endi maktab fanlarini birgalikda oson tarzda o'rganamiz!

📖Barchasi haqida “Innovator” jurnalining 2-sonida batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉

👉https://online.pubhtml5.com/mpkfr/lbvu/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#jurnal_sahifalaridan

🛠Yangi ixtiro va yangiliklar ustida ishlash uchun, albatta, chuqur bilim zarur. Texnikaga qiziqishi baland bo'lgan Nurbek Toshboyev o'z sohasidagi ilk faoliyatni maishiy texnika, elektronika qurilmalarini ta'minlashdan boshlagan. Hozirgi kunda Sirdaryo texnoparkida robototexnika, elektronika bo'yicha ishlab kelayotgan Nurbekning "Og'irlik kuchining mexanik ta'siridan elektr energiyasi ishlab chiqarish" loyihasi juda dolzarb va muhim masala yechimini topishga yordam bersa, ajabmas...

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 1-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#feedback

🗣“INNOVATOR” jurnalining qahramonlari va oʻquvchilaridan tahririyatimiz faoliyati haqida koʻplab fikr-mulohazalar kelib turadi. Murojaatlar esa ogʻzaki va yozma tarzda bildirilmoqda.

✍️Yaqinda Gulsevar Xoʻjamova qahramonimiz oʻzlarining feysbuk ijtimoiy tarmogʻida jurnal va uning bosh muharriri haqida oʻz fikrlarini qoldirgan ekan. Bu maʼlumotni ko‘rganimizdan so‘ng qahramonlarimiz va oʻquvchilarimiz bilan “aloqa” oʻrnatish fikri tugʻildi.

Ijtimoiy tarmogʻlarimiz orqali oʻquvchilarimz va qahramonlarimizning bizning manzilimizga yoʻllagan murojaatlarini endi boʻlishib borishni yoʻlga qoʻydik!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
2024/05/26 21:25:44
Back to Top
HTML Embed Code: