Telegram Group Search
#Qiziqarli_faktlar

🗣 Qaychining yaratilish tarixi!

⚡️Tarixiy ma’lumotlarda ta’kidlanganki, qaychi eramizdan avvalgi uch yuzinchi yili Italiya va Galliyada baravar paydo bo‘lgan. Bu ikki davlatning qay biri qaychiga vatan hisoblanishi ma’lum emas. Shunisi ma’lumki, o‘shangacha yer yuzida qaychi umuman bo‘lmagan. Qadimiy qaychilar hozirgisiga umuman o‘xshamagan. Ularning ikki tig‘i hozirgiga o‘xshab boltcha emas, qiyshiq, egiluvchan plastinka yordamida birlashtirilgan. Ularda bosh va ko‘rsatkich barmoq kiradigan aylanalar ham bo‘lmagan. Bu qaychi ishlatgan odamga jiddiy noqulayliklar tug‘dirardi.

✂️Qaychi qadimda sof temirdan tayyorlangan. Keyinchalik arab xalifatlarida yaratilgan qaychilar hozirgilari kabi ikkita dumaloq aylana va ikkita uchli tig‘ ko‘rinishida bo‘lgan. Ular mix bilan birlashtirilgan. Bizning yurtlarda esa qaychi taxminan X asrda paydo bo‘lgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤯 Болалигида ҳушидан кетгунча дўппосланган миллиардер

☝🏻 Бу ҳақида билармидингиз?
#Qiziqarli_faktlar

⚡️XVIII asrda ichiga koʻmir toʻldirilgan dazmollar paydo boʻldi. Bunday vosita chetlariga mahsus teshiklar hosil qilinib, puflanganda koʻmir qizigan va dazmollash jarayoni boshlangan. Mazkur dazmollar vazni tekislash jarayonini haqiqiy tosh koʻtarish mashqiga aylantirib yuborgan. Ayrim dazmollar ogʻirligi 10 killogramni tashkil etardi.
Amerikalik ixtirochi Genri Sili 1882-yil 6-iyunda “Еlectric flat iron”deb nomlangan ilk elektr dazmolni patentladi. Garchi dazmol vazni 6 kilogrammdan yuqori va uzoq vaqt davomida qizdirilishiga qaramay, bu ixtirochilik gʻoyasining muhim yutugʻi edi.

💡Dazmolning ichki qismiga spiral joylashtirgan. Shu spiral yordamida dazmol qizdirilgan. Ammo ixtironing ilk mahsuli jiddiy nuqsondan ham xoli emasdi. Yaʼni, issiqlik darajasini meʼyorda ushlab turuvchi oʻtkazgich yoʻq edi. Shuning oqibatida tez-tez kiyimlar kuyib ketish holatlari uchrab turgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
👩‍💻Ajoyib yangilik! Yandex Uzbekistan Toshkentda yosh mutaxassislar uchun ilk bor mobil va bekend dasturiy ta’minot ishlab chiqish maktablarini ochmoqda.

O‘quv dasturlari leksiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va Yandex xizmatlaridagi haqiqiy biznes-vazifalar ustida jamoaviy ishlarni o‘z ichiga oladi. Maktablar dasturlash bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Eng yaxshi talabalar kompaniyada kasbiy faoliyatlarini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ta’lim bepul. Maktabga kirish uchun arizani to‘ldirish va 13 oktyabrgacha test topshirig‘ini bajarish lozim. Eng yaxshilar suhbatga taklif qilinadilar. Tanlov natijalari 23-24 oktyabr kunlari e’lon qilinadi. Ta’lim 28 oktyabrda boshlanadi.

Yandex 2011 yildan beri shunday maktablarni boshqarib kelmoqda. Shundan beri 72 ta maktab tashkil etilgan bo‘lib, ularda 3500 dan ortiq kishi ta’lim olgan. Talabalarning yarmidan ko‘pi kompaniyada amaliyotchi yoki xodimga aylanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Italiyaliklar jetpackli robot yasashdi

⚡️Ular qutqaruv operatsiyalari uchun iRonCub3 dan foydalanmoqchi. U qaygʻu signallariga javob beradi, vaziyatni yuqoridan baholaydi va odamlarga yordam beradi. Robot hali uchmayapti, lekin dvigatel bilan birinchi sinovlar allaqachon oʻtkazilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar

🗣 Birinchi lupaning yaratilish tarixi

⚡️Lupa 1250-yilda Rodjer Bekon tomonidan ixtiro qilingan. Oksford universiteti professori bo‘lgan Rodjer Bekon aks va yorug‘lik sinishini tushuntirishga asoslangan ko‘plab eksperimentlar o‘tkazgan. Bekon qavariq linzalarning ob’yektlarni kattalashtirib ko‘rsatish xususiyatlarini aniqladi.

🔍 Bu xususiyatdan ko‘p ming yilliklardan beri foydalanishgan. Rim imperatori Neron qimmatbaho toshlardan uzoqda joylashgan sahnadagi aktyorlar tomoshasini ko‘rishda foydalangan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣📣📣E'LON

📖“INNOVATOR” jurnali oʻquvchi-yoshlarning ilmiy va texnikaviy bilimlarini oshirish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirib borishni maqsad qilgan.

⚡️Jurnalning ijtimoiy tarmoqlarida #innovator rukni tashkil etilgan!

💡Biz ushbu rukn uchun qahramonlar izlayapmiz! Toʻgʻri, bunday yoshlar oramizda juda koʻp.

📌Shu sababli istalgan yosh toifasidagi boʻlgan, oʻz tengdoshlariga namuna boʻla oladigan “Innovatorlar”ni ushbu 👉@innovator_jurnali telegram manzili orqali biz bilan bog'lanishlarini soʻraymiz.

🚀Birgalikda iqtidoringizni namoyon qilamiz!

Telegram | Facebook | Web | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Fotosuratlarni o’zingiz istagandek tahrirlash endi yanada osonlashdi — Reshot AI neyron tarmog’i chiqdi.

Neyrotarmoq tabassum qo’shish, ko’zlar va yuz holatini o’zingiz istagandek o’zgartirish imkonini beradi.
#Innovator

“Innovator” sahifasining qahramoni — To'xtamishova Gulnora Mels qizi.

2000-yil 10-aprelda Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan.
Buxoro davlat universiteti bakalavr bosqichini tugatgan. Hozirda Romitan tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabi oʻqituvchisi.

Ingliz va rus tillarida erkin gaplasha oladi.

Gulnoraning IT sohasiga qiziqishi juda baland. Qahramonimiz 3-4 yoshli bolalarning matematikani tez oʻrganish uchun bir qancha loyihalar ishlab chiqgan. Startapp va innovatsion loyihalarda qatnashgan.

Gulnoraning muvaffaqiyatlari bisyor. Jumladan u 2022-yilida Beruniy Nomli Davlat Stipendiyasi va 2023- yilida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat Stipendiyasi sohibasi, 2024-yilda Zulfiya Davlat Mukofoti Sovrindori boʻlgan.

Qahramonimizning 30 dan ortiq maqolalari Xalqaro impakt faktorli va Respublika jurnallarida chop etilgan.Eng yaxshi maqolalar tanlovida faxrli 3-oʻrinni egallagan. Gulnoraning badiiy adabiyotga qiziqishi juda yuqori boʻlganligi tufayli “Yosh kitobxon” tanlovida faxrli 1-oʻrinni egallagan.

“Oliy maqsadim yetuk pedagog boʻlib, yoshlarga bilim berish. Kelajakda innovatsion gʻoylarimni hayotga tadbiq qilib yurtimiz ravnaqi uchun munosib hissamni qoʻshish,”— deydi yosh innovatorimiz.

Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
🤖 Angliyalik olimlar miyaga qon quyilishini tezda toʻxtata oladigan nanorobotlarni ishlab chiqishdi, ular yorilgan tomirlar joyiga tezda yetib borib qonni toʻxtatuvchi dorini sepishadi.

Ushbu nanorobotlar yaqin kelajakda anevrizma va aorta yorilishidan o’limning oldini olishga yordam beradi, shuningdek, ularni boshqa sohalarda ham qo’llash mumkin boʻladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi qahramonimiz Innovator jurnali tomonidan tashkil qilingan “Raqamli tehnologiyalar yoshlar nigohida” tanlovi gʻolibi Azimjon Normurodov “IT ta'lim va frilansing” forumida 12-17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 🥇o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Azimjon Normurodov loyihalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin! 👇👇👇
instagram.com/azimjon_nan
youtube.com/@azimjonnan
tiktok.com/@azimjon.nan
https://www.tg-me.com/azimjonnan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Kling AI neyrotarmog’i yangilandi, endi u statik obyektlarni harakatlantira oladi.

Buning uchun shunchaki «Motion Brush» funksiyasini tanlash va harakat yo’lini chizish kifoya. Obyektning nisbati o’zgarmaydi va fizikasi saqlanadi.

Bundan tashqari, 1080p pikselli videolarni generatsiya qilish mumkin bo’lgan «professional rejim» ham qo’shilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Innovator" sahifasining qahramoni — Yunusaliyev Sanjarbek.

Yunusaliyev Sanjarbek 2004-yil 1-oktyabrda Farg‘ona viloyati Davr qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona Politexnika institutining talabasi.

Ingliz tilini biladi.

Sanjarbekning matematikaga bo‘lgan qiziqishi juda ham yuqori. Qahramonimiz maktab davridan beri matematika fanidan olimpiadalarda qatnashib, yutuqlarga erishib kelmoqda.Maktabda o‘zlashtirilgan chuqur bilimi bilan Farg‘ona politexnika institutiga elektr energetika yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Izlanuvchan qahramonimiz 1-kursdayoq institutda  o‘tkazilgan turli xil  tanlov va musobaqalarda faol qatnashib faxrli o‘rinlarni egallagan. Jumladan institutda o‘tkazilgan Matematika fanidan olimpiada faxrli 1-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Bundan  tashqari  ustozlari ko‘magida 10 dan ortiq maqolalar chop etgan,  xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan . Yurtimizdagi va xalqaro startap loyihalarda qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Hozirda Boynazarov Bekzodjon va Mahammadjonov Qudratbeklar bilan ilmiy ishlar va loyihalar ustida faoliyat olib bormoqda.

Ayni damda innovatorimiz ustozlari Boynazarov Bekzodjon va Mahammadjonov Qudratbeklar bilan birgalikda gidroturbina orqali ishlovchi qurilma ustida ish olib bormoqda. Qurilma bir vaqtning o‘zida ikkita vazifani bajaradi. Birinchi vazifa gidroturbinali nasos orqali suvlarni pastdan yuqorigi yetkazib beradi ya’ni juda ko‘plab suv chiqmagan joylarga suv yetkazib berishni ta’minlaydi. Qurilmaning ikkinchi vazifasi elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu qurilma bilan suv yetib bormagan va chiqmagan joylarga suv chiqarib shu hududni elektr energiyasi bilan ta’minlasa bo‘ladi.Bu ixtiro kelajakda qurg‘oqchilikda aziyat chekadigan hududlar aholisiga yordam beradi.

"Oliy maqsadim kelajakda yurtimiz istiqboli uchun yordam beradigan ixtirolarni yaratishdir", — deydi yosh innovatorimiz.

Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Germaniyalik ixtirochilar tomonidan suvda dam olish va baliq ovlash uchun Sealander avtomobili yaratildi

🛳 Sealander avtomobilida mini-oshxona va divan ,ikki kishilik karavot mavjud.Toʻliq uzunlikdagi tomni baliq ovlash uchun osonlik bilan olib tashlash mumkin.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#Qiziqarli_faktlar

🗣 Birinchi kompyuter sichqonchasi yaratilish tarixi

⚡️1968-yil 9- dekabrda ixtirochi Duglas Engelbart jahonda birinchi boʻlib kompyuter sichqonchasini ixtiro qildi. U shu oyning oʻzida San Fransiskoda “Hisoblash texnikasi” konferensiyasida dunyoda birinchi bo’lib, kompyuter sichqonchasini qanday ishlashini namoyish etdi va bu “texnologiya asri”ni yana bir yuqori pog'onaga olib chiqdi.

💻 Bu ixtiro gʻildirakchalar oʻrnatilgan bir tugmachali kubikcha edi. Birinchi sichqonchani injiner Bill English yigʻgan, uning imkoniyatlarini namoyish etish dasturini Djeff Rulifson yozgan. 1970-yillarning boshida Xerox kompaniyasi uchta tugmachali sichqonchani birinchilardan boʻlib shaxsiy kompyuterning bir qismi sifatida taqdim etdilar. 1983-yilda Apple firmasi Lisa kompyuterlari uchun bir tugmachali sichqonchalarni yaʼni oʻz shaxsiy modellarini chiqardi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
⚡️Olimlar ma’lumotlarni saqlash uchun buzilmaydigan «5-D kristall»ni ishlab chiqishdi. Unda 360 TB ma’lumotni saqlash mumkin, uni yo’q qilish esa deyarli imkonsiz.

Tanga o’lchamidagi kristall +1000°C gacha bo’lgan haroratga, kosmik nurlanishga va kvadrat santimetr uchun 10 tonna bosimga bardosh bera oladi. Unga birinchi bo’lib inson genomi ma’lumotlari yuklandi.
2024/09/26 11:43:04
Back to Top
HTML Embed Code: