tg-me.com/hasankhojaBlog/1717
Last Update:
Qarindoshni ishga olish?
Ha, ammo badali og‘ir bo‘ladi.
Ishga qarindosh olish mumkin.
Ammo avval o‘zingga savol ber:
– Unga jazo bera olamanmi?
– Bo‘shata olamanmi?
– Qolgan xodimlar oldida unga qarshi adolatni ushlay olamanmi?
Agar bu uchalasiga “yo‘q” desang — sen rahbar emassan.
Sen shaxsiy aloqalarga mahkum bir zaifsan.
Boshqa xodim 5 daqiqa kechiksa — tanbeh.
Qarindosh kechiksa — “yo‘lda muammo bo‘ldi.”
Boshqa xodim topshiriqni bajarmasa — hayfsan.
Qarindosh bajarmasa — “e’tibor bermabdi.”
Shu tariqa adolatni o‘ldirasan.
Tashkilotni ichkaridan chiritasan.
Xodimlar ishonchni yo‘qotadi.
Seni qarindoshing tufayli mensimay qo‘yadi.
Bo‘shatmoqchi bo‘lasan.
Ammo qiynalasan.
Yig‘inlarda gap tarqaladi:
“Qarindoshini siylamabdi”
“Xudbin ekan,”
“Insof yo‘q ekan.”
To‘yga chaqirmaydi.
Yuz o‘giradi.
Senga emas, qarindoshligingga jazo beradi.
Shunday ekan:
Ishxonani oilaga aylantirma.
Qarindoshga ish berishdan oldin —
nafsingni ishdan bo‘shat.
Shunda keyin qaror qil.
BY Hasankhoja Muhammad Sodiq
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/hasankhojaBlog/1717