Telegram Group Search
Forwarded from Digital.edu
🛋 ChatGPT yordamida xonangizni dizayn qiling

Qanday qilib:

1. ChatGPT'ga kiring

2. Xonangiz suratini markaziy nuqtadan, yorug‘ va sifatli suratga olib yuklang

3. Qanday o'zgartishlar kirtishni, nima qo'shishni yozing

masalan: "yotoqxonaning dizaynini skandinaviya uslubida yangilang. oq devorlar, yog‘och mebel va matolar bo‘lsin."

4. Agar yoqgan bo'sa yuklab oling va uni amlaga oshiring
___
Agar foydali bo'lsa ulashing - @Suniy_Intellekt obuna bo'ling
⚡️AI Elektr Tokini Yeb Tashlayapti

Sun'iy intellekt ishlashi uchun unga kuch kerak. Juda ko'p kuch. Va bu kuch — elektr energiyasi.

Prognozlarga ko'ra, 2030-yilga kelib AQSH faqat AI ehtiyoji uchun yana 100 Gigavatt quvvatga muhtoj bo'ladi. Bu deyarli 100 ta yirik elektr stansiya qurish kerak degani.
Hozirda ba'zi kompaniyalar hattoki 10-gigavattlik server fermalari haqida o'ylamoqda: bu bir nechta atom elektr stansiyasining umumiy quvvatiga teng.

🌊 Yaxshi, elektr yetmayapti deylik. Lekin bu yetarli emas-da. AI hali suvni ham so'rib olyapti. Ha, suv! Asosan serverlarni sovitish uchun. Dunyodagi ma'lumot markazlari yiliga 1.2 trillion litr suv ishlatadi deyishmoqda va bu suvlarning 80% sovitish jarayonida bug' bo'lib havoga uchib ketadi.

Bu bosim elektr tarmoqlariga, atrof-muhitga, va ekologiyaga kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Ayniqsa, qurg'oqchilikdan aziyat chekayotgan hududlarda bu holat juda jiddiy.

Endi savol: Qayerdan quvvat olamiz unda?

🌞 Quyosh? Google va Meta Texasda quyosh fermalarini ishga solmoqda. Zo'r… faqat quyosh chiqqan kunlar uchungina 😶‍🌫️

🚀 Kosmik yechim? Bir startup fazoda quyoshli server qurmoqchi ... bulutlardan ham yuqoriroqda. Hali orbitaga chiqmadi, lekin reja bor! 😵‍💫

🔋 Batareyalar? xAI kompaniyasi Tesla batareyalari bilan 24/7 ishlaydigan tizim yaratmoqda. Ammo litiyni qazish bo'yicha yana bir global muammo tug'iladi. 🤔

☢️ Atomchi? Eng real variant — atom energiyasi. Amazon, Meta, Microsoft innovatsion atom reaktorlar startaplari uchun sarmoya qilmoqda. Lekin... "Agar nimadir portlasa-chi?" degan savol ham ko'ngilni g'ash qiladi. Chernobil 2.0 kerak emas, to'g'rimi? 🎮

@kilich_bek_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
- Qurbon hayitila muborak bo'sin🥳...

- Bittagina tilagim, baxtli bo'ling😄🫶...

#Hayit
@Conordevs_Blogs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MohirDev.uz
Qurbon hayiti yangi maqsadlaringiz uchun boshlanish nuqtasi bo‘lsin. Bu maqsadlar yo‘lida sizga hamroh bo‘ladigan hadyamiz bor. Uni ushbu manzildan olasiz. 😊🌘

@mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Conor's Blogs
Photo
- Mohirdevdan hayitlik😄🥳...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng aql­li sun’iy intellekt modellari qaysilar (IQ Bo‘yicha)

Mensa IQ testi reytingga ko‘ra, eng aql­li 10 ta AI modeli aniqlandi. Bu test inson intellekti darajasini aniqlash uchun ishlatiladigan eng murakkab va e’tirof etilgan usullardan biridir

- O‘rtacha inson IQ darajasi: 90–110
- 130 dan yuqori IQ esa odatda “daho” deb hisoblanadi

Daho darajasidagi AI modellari:

1. OpenAI – o3 model: IQ 135 (Genius darajasi)
2. Claude-4 Sonnet (Anthropic): IQ 127
3. Gemini 2.0 Flash Thinking (Google): IQ 126

🤖 AI & Tech
Conor's Blogs
https://youtu.be/FWyiYzgPNi4?si=s5W19Qo9uEz3oAiJ
- Muvaffaqqiyatli dasturchi bo'lish uchun 4 ta foydali odat!

- Englizchada tushuntirilgan!

@Conordevs_Blogs
🧠 MIT Tadqiqoti: ChatGPT miyamizni zaiflashtiryaptimi?

Kuni kecha bizning ilmiy rahbarimiz bir maqolani biz bilan ulashib qoldi:

Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT) olimlari tomonidan o'tkazilgan so'nggi tadqiqot sun'iy intellekt vositalarining inson miyasi faoliyatiga ta'siri borasida jiddiy xavotir uyg'otdi. 4 oy davom etgan eksperiment natijalari ChatGPT kabi AI vositalarining inson kognitiv salohiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishini ko'rsatmoqda.

Tadqiqotda ishtirok etganlar orasida 83.3% foydalanuvchi o'zlari bir necha daqiqa oldin yozgan matndan bir parcha keltira olmadilar: "Yozdimmi? Nimani yozdim o'zi?" 🤔
Ya'ni, siz ChatGPT bilan birga maqola yozasiz, tugmasini bosasiz, va miyangiz: "Rahmat, o'ylashimga hojat qolmadi." deb dam olishga o'tadi.

MIT tadqiqotchilari bu holatni "kognitiv qarz" deb atashmoqda, ya'ni inson miyasi sun'iy intellektga haddan tashqari tayangani uchun mustaqil ishlash qobiliyatini yo'qotmoqda.

EEG qurilmalari orqali o'lchangan miya faoliyati shuni ko'rsatdiki, foydalanuvchilarning neyron aloqalari 79 tadan 42 taga qisqargan — bu 47% kamayish degani.

Tadqiqotchilar bu holatni quyidagicha izohlaydi:

"Agar sizning kompyuteringiz ishlov berish kuchining yarmidan ayrilsa, siz uni buzilgan deb hisoblaysiz. Xuddi shunday narsa hozir inson miyasida ro'y bermoqda."

Nafaqat EEG sensorlar, balki o'qituvchilar ham farqni sezmoqda:
O'qituvchilar AI bilan yozilgan matnlarni darrov tanimaydi ekan, lekin qandaydir his qilishar ekan. Ularning ta'riflari quyidagicha:

- “Mukammal til, lekin jon yo'q.
- “Shakl bor, mazmun yo'q.
- “Hamma narsa joyida, lekin shaxsiy fikr yo'q.

Shu bilan birga, ChatGPT foydalanuvchilari AI'siz yozishga majbur bo'lganda, ular AI'dan umuman foydalanmaganlardan yomonroq natija ko'rsatgan.

Ha, ChatGPT sizning ishingizni 60 % tezlashtirishi mumkin. Ammo tadqiqotchilar ogohlantirmoqda: bu vosita o'rganish uchun zarur bo'lgan kognitiv yuklama (germane cognitive load) ni 32% ga kamaytiradi.

Tadqiqot mualliflari bu natijalarni "fikrlash mushaklarining atrofiyasi" deb atamoqda. Inson miyasi faol bo'lmasdan qolaversa, u mustaqil fikrlash qobiliyatini yo'qota boshlaydi.

Hullas, raxmat qiziqarli maqola uchun 👍. Hammaga hayr. Ketdim ChatGPT'ni ishlatib kelay 😵‍💫

@kilich_bek_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤖 AlexNet: butun AI tarixini o'zgartirgan model

Avvalgi postlarimdan birida ResNet haqida gaplashgandik: bu neyron tarmoqlarni chuqurroq qilishga yordam beradigan usul edi. Bugun esa AI tarixida Computer Vision (CV) yo'nalishida revolyutsiya qilgan model haqida gaplashamiz, ya'ni AlexNet haqida.

Hozir hamma AI modellar aksariyati neyron tarmoqlariga asoslangan arxitekturalar ustiga qurilgan. Ko'proq ma'lumot bersangiz, kuchliroq ishlaydi. Lekin, 1990-2010 yillar orasida neyron tarmoqlari boshqa Machine Learning (ML) algoritmlaridan yaxshiroq emas edi 🤧, masalan kernel regression, SVM, AdaBoost, va hokazo. Xususan, CV uchun olimlar ko'pincha qo'lda features tayyorlashar edi: SIFT, SURF, HoG va shunga o'xshash. Feature'larni to'g'ridan to'g'ri avtomatik ravishda ma'lumotdan o'rganish g'oyasi uncha tadqiqotchilar jamiyati orasida keng tarqalmagan edi.

2011-yilda Geoffrey Hinton (menimcha kimligini yaxshi bilsangiz kerak) o'z hamkasblariga shunday murojat bilan chiqdi: "Sizlarni neyron tarmoqlari kelajak ekaniga ishontirishim uchun nima qilishim kerak". Shunda uning tanishlaridan biri ImageNet deb nomlangan rasmlar to'plamini tavsiya qiladi.

📸 ImageNet Stanford Professori Fei-Fei Li boshchiligida 2007-yildan boshlab 14 mln'dan ortiq rasm yig'ib kelar edi, va 22 mingta kategoriyalarga tartiblagan, va bu dataset neyron tarmoqga asoslangan CV modellarni o'rgatishga juda zo'r massiv dataset bo'lgan.

Ilya Sutskever (OpenAI asoschilaridan biri) va Alex Krijevskiy (AlexNet'ning muallifi) Geoffrey Hinton qo'l ostida PhD studentlar bo'lib o'qishar edi. Krijevskiy kichik modellarni CIFAR-10 dataset'ida o'qitish uchun cuda-convnet kutubhonasini yozgan edi. Sutskever Alex'ning GPU programming bo'yicha kuchliligini bilib, uni ImageNet yourdamida kattaroq model o'qitishga ishontiradi. Shunday qilib, Krijevskiy ko'p GPU mashg'ulotlari uchun `cuda-convnet`-ni kengaytiradi. AlexNet 2 ta Nvidia GTX 580 da o'zining ota-onasining uyidagi yotoqxonasida o'qitilgan.

2012 yil davomida Krijevskiy tarmoqda giperparametrlarni optimallashtirishni amalga oshiradi, va u o'sha yilning oxirida ImageNet tanlovida g'olib chiqadi. Hinton shunday izoh beradi: "Ilya biz buni qilishimiz kerak deb o'yladi, Alex buni amalga oshirdi va men Nobel mukofotini oldim".😊

2012-yilda CV bo'yicha ECCV konferentsiyasida AlexNet g'alabasidan so'ng tadqiqotchi Yann LeKun modelni “bu CV tarixidagi aniq burilish nuqtasi” deb ta'riflaydi.🤩

AlexNetning 2012-yildagi muvaffaqiyati oldingi o'n yil ichida yetuk bo'lgan uchta narsani birlashgani bilan amalga oshdi:
1. Katta miqyosdagi ma'lumotlar to'plamlari
2. Umumiy maqsadli GPU hisoblashlari (GPGPU), ya'ni Nvidia CUDA tehnologiyasi.
3. Chuqur neyron tarmoqlar uchun takomillashtirilgan o'qitish usullari.

O'n yildan ko'proq vaqt o'tgach, uning ahamiyati haqida fikr yuritar ekan, Fei-Fei Li 2024-yildagi intervyusida shunday deydi: "O'sha lahza sun'iy intellekt dunyosi uchun juda ramziy edi, chunki zamonaviy AI'ning uchta asosiy elementi birinchi marta birlashgan". 🥳

@kilich_bek_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/24 18:58:05
Back to Top
HTML Embed Code: