Telegram Group & Telegram Channel
Python dasturlash maktabi
Funksiyalar (vazifalar) Oldindan belgilangan funksiyalarni ishlatishdan tashqari, def operatoridan foydalanib o'zingizning funksiyalaringizni yaratishingiz mumkin. Funksiya xuddi o'zgaruvchilarga o'xshab oldin yoziladi va keyin chaqiriladi. Funksiyadagi kod…
Ⓜ️ Fayllar

Dasturda fayllar nima uchun kerak?
Ma'lumotlar ombori mavjud bo'lmagan kichkina dasturlarda ma'lumotlar operativ xotirada joy egallamasligi uchun ular fayllarda saqlanadi.

Python fayllarni yaratish, o'qish, yangilash va o'chirish uchun bir nechta funksiyalarga ega.
Pythonda fayllar bilan ishlashning asosiy funksiyasi open() funksiya hisoblanadi.

open() funksiya 8 ta argumentni https://docs.python.org/3/library/functions.html#open o'z ichiga oladi.Open funksiyasi bilan ishlashda asosan fayl nomi va rejim argumentlaridan foydalanamiz.

Fayl ochishning har xil usullari (rejimi) mavjud:
r Faylni faqat o'qish uchun ochadi, agar fayl mavjud bo'lmasa FileNotFoundError nomli xatolikni qaytaradi
rb Faylni faqat ikkilik formatda o'qish uchun ochadi.
r+ O'qish va yozish uchun faylni ochadi.
rb+ Ikkilik formatda o'qish va yozish uchun faylni ochadi.
w Faylni faqat yozish uchun ochadi.
wb Faylni faqat ikkilik formatda yozish uchun ochadi.
w+ Faylni yozish va o'qish uchun ochadi.
wb+ Ikkilik formatda yozish va o'qish uchun faylni ochadi.
a Qo'shish uchun faylni ochadi, agar u mavjud bo'lmasa faylni yaratadi.
ab Ikkilik formatda qo'shish uchun faylni ochadi.
a+ Faylni qo'shish va o'qish uchun ochadi.
ab+ Ikkilik formatda qo'shish va o'qish uchun faylni ochadi.
x Faylni yaratadi, agar fayl mavjud bo'lsa xatolikni qaytaradi.
w+ Faylni yaratish va yozish uchun ochadi.

Bundan tashqari, fayl ikkilik yoki matn rejimi sifatida ishlashi kerakligini belgilashingiz mumkin.Fayl matn bilan ishlaganda 't' belgini ko'rsatish shart emas.

"t"- Text - Matn rejimi
"b" - Binary - Ikkilik rejim (matn turidan boshqa formatlar)

Pythonda fayl bilan ishlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. open() funksiyasi yordamida fayl ochiladi;
2. read() metodi yordamida fayl o'qish yoki write() metodi yordamida faylga
yozish amalga oshiriladi;
3. close() metodi faylni yopadi.

file = open("pythonuz.txt", 'r')
file.read()
file.close()

Har doim fayllarni yopish kerak, ba'zi hollarda buferlash tufayli faylga kiritilgan o'zgarishlar faylni yopmaguningizcha ko'rinmasligi mumkin.

Fayllar bilan ishlashda blokda istisnolar yuzaga kelsa fayl avtomatik tarzda yopilishi uchun with operatoridan foydalanish tavsiya etiladi va bu operatordan foydalanganda close() metodi yozilmaydi:
with open("pythonuz.txt", "r") as file:
file.read()

'r' birlamchi rejim hisoblanadi va faylnmi o'qishda hech qanday harfni ko'rsatish shart emas:
with open("pythonuz.txt") as file:
file.read()

w, w+, wb, wb+ rejimlaridan foydalanganda ehtiyot bo'lish kerak , chunki fayl allaqachon mavjud bo'lsa, faylga oldin yozilgan barcha ma'lumotlar o'chiriladi.

with open("pythonuz.txt", 'w+') as yozish:
yozish.write("1-qator\n2-qator\n3-qator")
yozish.seek(0)
# faylning boshiga o'tish

print("read(12): ", yozish.read(12)) # faylning 12-belgisigacha bo'lgan satrni o'qiydi
read(12): 1-qator
2-qa

yozish.seek(0)
print("read(): ", yozish.read())
# fayldagi barcha ma'lumotni o'qiydi
read(): 1 - qator
2 - qator
3 - qator

yozish.seek(0)
print("readline(): ", yozish.readline())
# 1-qatorni o'qish
readline(): 1 - qator

yozish.seek(0)
print("readline(5): ", yozish.readline(5))
# 1-qatordagi 5-belgigacha o'qish
readline(5): 1 - qat

yozish.seek(0)
print(yozish.readlines())
# barcha qatorlarni ro'yxatlash
['1-qator\n', '2-qator\n', '3-qator']

print("readable(): ", yozish.readable()) # O'qish mumkin bo'lsa True aksi bo'lsa False qaytaradi
readable(): True

print("writable(): ", yozish.writable()) # Yozish mumkin bo'lsa True aksi bo'lsa False qaytaradi
writable(): True

@pythonuz

tg-me.com/pythonuz/624
Create:
Last Update:

BY Python dasturlash maktabi

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/pythonuz/624

View MORE
Open in Telegram

Python dasturlash maktabi Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Should You Buy Bitcoin?

In general, many financial experts support their clients’ desire to buy cryptocurrency, but they don’t recommend it unless clients express interest. “The biggest concern for us is if someone wants to invest in crypto and the investment they choose doesn’t do well, and then all of a sudden they can’t send their kids to college,” says Ian Harvey, a certified financial planner (CFP) in New York City. “Then it wasn’t worth the risk.” The speculative nature of cryptocurrency leads some planners to recommend it for clients’ “side” investments. “Some call it a Vegas account,” says Scott Hammel, a CFP in Dallas. “Let’s keep this away from our real long-term perspective, make sure it doesn’t become too large a portion of your portfolio.” In a very real sense, Bitcoin is like a single stock, and advisors wouldn’t recommend putting a sizable part of your portfolio into any one company. At most, planners suggest putting no more than 1% to 10% into Bitcoin if you’re passionate about it. “If it was one stock, you would never allocate any significant portion of your portfolio to it,” Hammel says.

Newly uncovered hack campaign in Telegram

The campaign, which security firm Check Point has named Rampant Kitten, comprises two main components, one for Windows and the other for Android. Rampant Kitten’s objective is to steal Telegram messages, passwords, and two-factor authentication codes sent by SMS and then also take screenshots and record sounds within earshot of an infected phone, the researchers said in a post published on Friday.

Python dasturlash maktabi from it

Telegram Python dasturlash maktabi
FROM USA