Telegram Group Search
Bored Panda
Photo
#kinonews

"Ajdar Xonadoni" rasman 3-mavsumga uzaytirildi. Indinga esa 2-mavsum premyerasi.

@boredpandablog
#Euro2024

🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿Shotlandiya - 🇩🇪Germaniya o'yini haqida fikrlar uchun post.
Bitta qiziq ish bo'ldi.

Xullas, mana 2 kundan beri menga bir necha bor turli "dekorlar"dan qo'ng'iroq qilishib, "tadbirlaringizni bezab beramiz, to'y, tug'ilgan kun yoki roddomdan opchiqishni bezatish" xizmatlarini taklif qilishdi. Farzandli bo'lganimdan keyinoq, bu ishlar bo'lishi chin tasodifmikan yoki qaysidur tashkilotimizdagilar bizning ma'lumotlarimizni "pullarmikan"..?!

Manimcha, bu shunchaki tasodif bo'lsa kerak..

@boredpandablog
Bored Panda
Roddomga hozirgina Rolls-Royce va Gelik kirib ketdi. Ichkarida Maybach va BYD Champion turudi. Hammasi bolalarni olib chiqishga kelishgan. Sizlar qanday qaraysizlar shu odatga?
#haqida

Bolani roddomdan opchiqish

Birinchi o'g'limni, men ham shu mashinada olib chiqqanman. 2 soatlik ijarasi falon pul turardi. (Ammo Mersedes haqqatdan zo'r moshinaligini o'shanda bilganman :) Lekin Toshkentda faqat oyim bo'lgani uchun bizni kutib oladigan tolpa yo'q edi. Kinoda aytilganidek: "hech kim ko'rmadi".

O'zi videochiyam chaqirmaganman. Telefonga rasmga tushganmiz. Lekin opchiqqanimda "Million"dagidek baqirishib turganlarga 50 mingdan, sumkani opchiqishga yordamlashgan amakigayam 50 mingdan berganman. Doyaga qancha $ berganimni aytmay qo'yaqolay. Shularni hozir eslasam kulib qo'yaman:)

O'zi birinchi otalik hovliqma bo'larkan. Hamma narsa qilging keladi. Ammo ortiqcha dabdaba va ko'z-ko'zdan mazza qiladiganlar toifasiga kirmaslikni maslahat berardim. Kimdandir kam bo'lmay deb qurbi yetmasa ham qilishni esa umuman ma'qullamayman. Birovni fikri uchun yashamang.

Eng muhimi, farzandlaringiz va ayolingiz sog'ligi. Pulni shunga sarflagan ma'qul.
Qurbon hayiti barchangizga muborak bo'lsin!

@boredpandablog
Ayyubxo'ja, my son, welcome home...!
Bugun. "Ajdarlar Xonadoni". 2-mavsum.

@boredpandablog
#Euro2024

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya va 🇷🇸Serbiya o'yini haqida fikrlar uchun post. So'z mahalliy ekspertlarga.

Angliya muxlislari faol bo'lib, qo'llab-quvvatlab turamiz!

@boredpandablog
#kinonews

“Kalmar o'yini” seriali ikkinchi va uchinchi fasllarini suratga olish ishlarini yakunlandi.

Insayderlarning fikricha, har bir mavsum 6 yo 7 ta qismdan iborat bo‘ladi. Ikkinchi fasl shu yilning dekabr oyida Netflix striming platformasida chiqishi rejalashtrilgan. 3-mavsum ham undan so'ng, ko'p o'tmay e'lon qilinadi.

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HouseOfDragon #AjdarXonadoni

⚡️“Ajdar Xonadoni” serialining 2-mavsumi opening.

@boredpandablog
#haqida

Stagnatsiya

Endi bemalol "San'at butunlay bir
joyda qotib qoldi" desa bo'ladi. Mana 2 yildan beri 80-90-yillar modasidan boshqa yangilik yo'q.

Oxiri o'zini "kreativ ijodkor" deb biladigan Lola ham Hamdam bn kollab qilibdi.

Yana kim qoldi o'zi bunaqa qilmagan?
@boredpandablog
#Euro2024

Bugungi uchala o'yin ham ajablantirdi.

- 🇺🇦🇷🇴Ukraina "Oltin avlodi" deyilayotgan tarkibini kutilmaganda Ruminlar yanchib tashladi. Qoyil, azamatlar chiroyli o'ynaberishdi.

- 🇧🇪🇸🇰 Ammo kun sensatsiyasi Belgiya termasiga boshiga tushdi. Ikkita "otmen" gol va Slovakiya boshida oldinga chiqib olgancha, 1:0 hisobni ushlab turdi. O'zi Belgiyadan katta narsa kutish xato bo'lib borayapti.

- 🇦🇹🇫🇷 Fransiya ham noodatiy minimal hisobda yutdi. Yorqin o'yin deb aytolmayman. Ustiga-ustak, o'yin oxirida Mbappe jarohat va sariq kartochka olib maydonni tark etdi.

Xullas, bu chempionat hali bizni ko'p hayratga solajak.

@boredpandablog
#tavsiya

"3 Jism masalasi" trilogiyasini tugatganimdan so'ng, birinchi o'ylagan narsam, "Uni serial emas, anime qilgan afzalroq edi" degan fikr o'tgandi.

Qarasam, allaqachon bunday anime bor ekan. 30 qismdan iborat. Bu olam haqida yaxshiroq taassurot olish uchun ajoyib manba. Ko'ramiz.

@boredpandablog
#Euro2024

🇵🇹🇨🇿 Portugallar 2-taymda g'alabaga to'la haqli o'ynashdi, menimcha.
#GOT #kinonews

"Taxtlar o'yini" olamining yana bir spin-offi — "Yetti qirollik ritsari" serialidan ilk kadr. Hozirda serial suratga olish ishlari davom etmoqda.

Bu ham xuddi "Ajdar Xonadoni" kabi, prikvel hisoblanadi. Voqealar "Taxtlar o'yini" voqealaridan 100 yil oldin sodir bo'ladi.

Premyera 2025-yilda.

@boredpandablog
#Euro2024

🇭🇷🇦🇱 Xorvatiya - Albaniya o'yini muhokamasi uchun post. So'z mahalliy ekspertlarga.

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yillar o'tadi...va taqdir seni yana u bilan uchrashtiradi.

@boredpandablog
2024/06/20 00:14:02
Back to Top
HTML Embed Code: