tg-me.com/laa_ilaaha_illallohu/3753
Last Update:
#RUHIYAT
📝 ISTIG'FOR
Yo Robbim, yo Alloh, gunohim kechir,
Aybimni yashirgil do'st-u dushmandan.
Amalimning barcha yomonin o'chir,
Ojizman, xordirman, yuz bursang mandan.
Garchi gunohim ko'p, garchi men nochor,
Tengsiz Karamingga nechun tutmay ko'z?
Sen axir ROHIYMsan, G'AFUR-u G'AFFOR,
Onadan Mehribon, undan shirinso'z.
Ozimni ko'p ko'rgin, tavbam qabul qil,
Toat yetganicha qilsam ibodat!
Men Sening qulingman, bor-yo'g'i–bir qul,
Yolg'iz O'zginangga etgum itoat!
"G'ufronaka", –deyman,– astag'firulloh",
Iqrorman vujudning barcha aybiga,
Ruhim pokdir biroq –O'zingsan guvoh,
Aqlimiz yetmaydi, Robbim, g'aybingga!
Najot faqat tavba, ko'plab istig'for–
Rasuling o'gitin quloqqa ildim.
Seni ROHIYM derlar, Sen O'zing G'AFFOR!
"Astag'firulloh" deb, nolalar qildim:
"Yo Robbim, yo Alloh, qulingni kechir,
Aybimni yashirgil do'st-u dushmandan.
Amal daftarimdan
yomonin o'chir,
Ojizman, xordirman, yuz burma mandan".
"Baraka yog'dirgin osmondan, hatto,
G'ariblar ko'ngliga sevinchlar yog'sin.
Bolasi yo'qlarga farzand qil ato,
Yong'in bo'lsa faqat g'amlarni yoqsin!"
"Balo-qazolardan asra, ber sog'liq,
Daf' qilib azobni, mushkulni ketkiz!
Qalblarimiz pokla, u Senga bog'liq!
Mangu Jannatingga barchamiz yetkiz!"
🕊Shahobiddin Odil✍
@laa_ilaaha_illallohu
BY Лаа илааҳа иллаллоҳу
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 280
Share with your friend now:
tg-me.com/laa_ilaaha_illallohu/3753