tg-me.com/laa_ilaaha_illallohu/3830
Last Update:
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِاللَّهِ الْغَرُورُ
Ey odamlar! ALBATTA, ALLOHNING VA'DASI HAQDIR. Bas, dunyo hayoti sizni aldab qo'ymasin. O'ta aldoqchi sizni Alloh xususida aldab qo'ymasin.
("Fotir" surasi, 5-oyat)
Ya'ni, Alloh taolo Qur'oni Karimda bandalariga qanday va'da bergan bo'lsa, hammasi albatta U Zot aytganidek bo'ladi: mukofot ham, jazo ham.
”O'ta aldoqchi sizni Alloh xususida aldab qo'ymasin", degani shayton haqida aytilgan.
Darhaqiqat, shayton insonlarni aldash uchun ming turlik nayranglar o'ylab topadi...
Alloh taolo xususida esa "Alloh–mehribon Zot. Uncha-muncha gunohingni kechiraveradi. Shuning uchun yoshligingda o'ynab qol. Bemalol aysh-ishrat qilaver. Keksayganingda bitta tavba qilsang, bo'ldi..." deb aldaydi.
Shuning uchun ham Alloh taolo avvalo "dunyo hayoti sizni aldab qo'ymasin"
deb ogohlantiryapti.
@laa_ilaaha_illallohu
BY Лаа илааҳа иллаллоҳу
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/laa_ilaaha_illallohu/3830