Telegram Group Search
Ayrim narsalarni teskari tushunishga o’zimizni majburlaymiz, chunki ularning haqiqati juda alamli bo’ladi…

@afiyfun
Majnundan nega Layloni olib qochib ketmaysan deb so’radilar..

Majnun: “Onasini qalbi sinadi, men ichida Laylo bo’lgan qalbni sindirolmayman” dedi…

Bu bir doston bo’lsada, ishqqa bir misol o’laroq olib qarasak; Biz ichida Alloh bo’lgan qancha qalblarni sindirdik..?

@afiyfun
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Yaxshimisan..?

- Biroz mahzunligim bor..)

- Nega nima bo’ldi..?

- Duolarim ijobat bo’lmayotgandek..)
Balki gunohlarim sababdir..)
Alloh duolarimni qabul qilarmikin..?

- Albatta Alloh vada bergan..!

«Agar bandalarim sendan Meni so’rasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda, ijobat qilurman.»
(Baqara, 186)

@afiyfun
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!
Biz Allohnikimiz va Allohga qaytamiz!
Muoviya roziyallohu anhu o'lim to‘shagida aytgan ekan;

"O'lim, qochib bo‘lmas dahshatdir. Undan so‘ng qo‘rqayotgan narsalarim esa undan-da dahshatdir!"

@afiyfun
Har kuni bir oyat bilan yashaymiz!
Qur’oni karim oyatlari!

@birkunbiroyat
Bir soat oldin o’lgan inson ham, balki biz kabi g’aflatda edi…

@afiyfun
Lekin inson xato o‘ylaydi, hatto hamma narsani o‘ziniki deb biladi. "Ega bo‘lgan narsalarimni tark qilsam, dunyo ham tugaydi, hammasi tamom bo‘ladi", deb o‘ylaydi. Vasvasaga tushib qolib, mol-dunyosidan voz kecha olmaydi, shuhratini oyoq ostiga olib, eza olmaydi. G‘alati narsa a? Holbuki, bu dunyo tushga o‘xshaydi. Tushingizda ko‘rgan narsalaringizni uyg‘onganingizda topa olasizmi? Yoki tushingizda ega bo‘lgan mol-davlatni uyg‘onganingizda ko‘rmasangiz xafa bo‘lasizmi? G‘am-tashvish chekasizmi? Yo‘q albatta. Aytmoqchimanki, bu dunyo ham bir tushdir. Bu tush dunyosida sizniki bo‘lgan narsalar aslida sizniki emas. Inson ularga nisbatan egalik ham qila olmaydi. Axir hatto o‘zi ham o‘ziniki emas-ku! O‘ziga ega bo‘lmagan inson boshqa narsalarga qanday qilib egalik qilsin?

#Men

@afiyfun
Sulaymon alayhissalam o‘g‘illariga nasihat qilib aytdilar:

"Ey o'g'lim!
Sherni ortidan yursang yur lekin ayolning ortidan yurma!"

@afiyfun
U o’zini senga ishonadi, sen uni hech kimga ishonmaysan. Buning nomini nikoh deydilar.

@afiyfun
Tashvishlar jannatda tugaydi.
Jannatda g'am, og'riqlar, qo'rquv, hasad, ko'ngil g'ashligi bo'lmaydi...

Allohim bizni jannatingda abadiy qoluvchilardan qil.

@afiyfun
#Juma

Quyosh chiqqan kunning eng yaxshisi Juma kunidir!

Juma kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ko’proq salovat aytish sunnat.

“Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg’ambarga salovat ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovat ayting va salom yuboring”.

(Ahzob surasi, 56-oyat)

Ibn Qoyyim rohimahulloh aytadi:

“Juma ibodat kuni. Ramazon boshqa oylardan qanchalik afzal bo’lsa, juma boshqa kunlar ichida shunday afzallikka ega. Juma kunidagi duo ijobat bo’ladigan vaqt Ramazondagi qadr kechasi kabi qadrlidir”.

#Eslating

@afiyfun
Gap shahid bo'lishda, olim bo'lishda emas, Imom-i A'zam bo'lib, yuzlab mujtahidlar yetishtirishda ham emas. Gap Alloh uchun nima qilish kerak bo'lsa, bajarishga tayyor qalbga ega bo'lishdir.

#Nuriddin Yildiz

@afiyfun
Shu kunlardagi hislar…

Inson bir musibatni his qilishi uchun o’sha musibat ustida yashab ko’rishi kerak ekan. Uch kun oldin Yaqin insonlrimdan biri omonatlarini topshirdilar. Jon uzilar payt men yonida bo’ldim, so’ngi daqiqalarini ko’rdim, yashadim, his qildim. Va tasavvur qildimki; o’rnida men bo’lganimda nima bo’lardi, aynan shu men uzoq deb o’ylagan o’lim, hozir menga yetib kelsa, hayotimni qanday yashadim, qanday holatda ketaman? Deb o’yladim, avval hech o’limni bunday yaqindan his qilmagandim. Huddiki, o’lim qarshimga chiqib: “Sen bilan ham bir kun ko’rishamiz” degandek edi go’yo, muzladim, holatimni ko’rganlar qo’rqib ketdi deb o’ylagandir balki. Ha qo’rqdim, ular o’ylagani kabi o’lik jasaddan emas, o’limning o’zidan qo’rqdim, ilk bor o’limni huddi yonimdagidek his qildim. Agar hozir o’lsam qanday ketardim? Gunohlarim ko’p, g’aflatim naqadar uzun. Biror bir qabul bo’lgan amalim bormi? Degan savollar qalbimni tirnadi…

Bir tasavvur qilib ko’ring, bugun o’ldingiz. Hayotingizni qanday yashadingiz?

@afiyfun
Bugun katta uyda “ehson” bo’ldi, “ehson”ga kelganlar qo’ni-qo’shnilar, qarindoshlar, do’stu-birodarlar. Men “ehson”da faqirlarni topolmadim…

Qarindosh, do’st-birodarlarni yig’ib, qilib berilgan ziyofatni “ehson” deb o’zimizni aldashdan nima naf..?

@afiyfun
Onalar ketgach, yaralarni tikadigan ignalar zanglab ketadi.

@afiyfun
Allohumma soyyiban nafi’an!
Yomg’ir Allohning rahmati. Yomg’ir yoqqan mahal duolar ijobat bo’ladi.

Boshimizdan rahmatini quyib, O’zi tilimizni duoga ilhomlantirib qo’ygan Zot, naqadar Buyuk!

Alhamdulillah!

@afiyfun
2024/05/11 06:36:58
Back to Top
HTML Embed Code: