Telegram Group Search
Ayol zoe bo'lgan vaqtda uy zoe bo'ladi. Qachonki uy zoe bo'lsa, farzandlar zoe bo'ladi. Uylar zoe bolgan vaqtda esa, jamiyat zoe bo'ladi.
Заифлигингизга қарамай сиз хам кимгадур кумаксиз.
Ақлингни билим-ла туқи,
Кел, эй дуст, сен хам уқи.
Til o'rganish qanchalar kerak ekanligini kecha qaytadan guvohi bo'ldim.

Biz yashaydigan joyda ko'p insonlar o'zbek tilini tushuna olishadi ammo kecha men duch kelgan inson ya'ni sotuvchi tushunmas ekanlar, bir kichik narsani sotib olishim uchun u nima ekanligini tushuntirib olishim juda qiyindek ko'rindi tushuntira olmadim ham.
Bu ekran ortida ustoz, kursdoshlar bilan suhbatlashganda bir amallab lug'atdan foydalanib gaplashib keta olar edim ammo kecha yaxshigina hijolat bo'ldim.

Til o'rganish hech ziyon qilmas ekan.
• Ilm bor joyda kitob ko‘payadi. Kitob bor joyda ilm-fan rivojlanadi. Shu paytgacha har bir jamiyatdagi kitoblar, ularga bo‘lgan munosabat o‘sha jamiyat a’zolarining ilmga bo'lgan munosabatining o‘lchovi bo‘lib kelgan. Milodiy IX asrdan boshlab bu kitob musulmonlar tomonidan haqiqiy boylik sifatida tushunilgan. Kimgadur eng qimmatbaho hadya qilishni hohlagan odam kitob olib borgan.



•Kitobga bo‘lgan bunday qiziqish faqat hukmdor va ulamolarga xos emas, balki kitobni chin dildan sevadigan oddiy musulmonlarga ham xosdir. Umrini ot minish va janglarda o‘tkazgan chavandozlardan biri Usоma ibn Munqiz salibchilarning vahshiyligini ta’riflab, shunday deydi

"Bolalarim do'stlarimning bolalari va ayollarimizning salomat qolgani bor budimni shilib ketishganining alamini yengillashtiradi, Lekin kitoblarimning qayg‘usi men uchun katta musibat bo‘ldi. Toʻrt ming jildgina kitobim bor edi. Lekin ular eng yaxshi kitoblar edi. Ularni yo'qotishim men uchun umrim bo'yi mahzunlik keltiradi”

• Buning ustiga masjid va shifoxonaga o'xshash har bitta muassasaning o'z kutubxonalari bo'lgan

#kitobdan
Bir dengizchidan axvol qalay ? deyishganda
"Yomon emas lekin cho'kyapmiz" degan ekan.
notes
Instagramni mana bu "tugma"sini bosib o'tmaganimga bugun, 26 kun bo'libdi. Ko'rganim bir videodan so'ng o'zim uchun "reels" tomosha qilishni cheklovini qo'ygan edim. Bir, ikki marta adashib bosib yuboraverdim ammo darhol ko'rmaslikga harakat qildim. Do'stlarim…
Bir necha oy avval o'zimda instagramda "reels" tomosha qilishni qattiq cheklagan edim. Va bu katta yordam qildi, avval ko'rilmagan kunlar sonini 26 kun deya belgilagan ekanman, endi bu sonlar tarkibi uch honaga yetganda yana yangi bir bosqich deydimi shunga o'tdim shuni qo'llamoqdaman.

Instagram uchun kunlik "limit" qo'yib qo'ydim, eng uzog'i 31 daqiqa qilib belgiladim agar ushbu daqiqadan ortib ketsa instagram avtomatik tarzda bloklanadi.
Bu usul menga juda ham qulay bo'lib kelmoqda.
Bir necha kundan so'ng esa daqiqalar sonini yanada ozaytiraman.

Allohning izni ila instagramdan zaruratsiz foydalanmaslikga harakat qilyapman.
Ba’zi narsalar tugadi deganingizda boshlanadi”.
Шакар ширин нарса бироқ, уни «оқ захар» дейишлари бежиз эмас. Дустнинг хаддан оширилган хазили ва мазахга айланган суз
қотиши хам шакарга ухшайди. Улар сухбатга шира бергандек куринади. Аммо баъзида захардек тасир курсатиши мумкин. Киши биродарининг хазил мазахини кунгил учун кунглига олмайдию, лекин қаеридадир қаттиқ оғриқ қузгайди.
Seni tushunadigan kishi bilan suhbatlashsang:
tarjimalar 📎

manzil : muslihun.academy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shogird ustozga muhtojdir. Ustozga ergashgan kishi shubhasiz to'g'ri yo'lni topadi. Chunki dindagi yo'l murakkabdir.
Shayton yo'llari esa ko'p va aniq ko'rinib turadi. Kimni to'g'ri yo'lga yo'llab turadigan ustozi bo'lmasa, shaytonning yo'liga tushib qolishi muqarrardir.

#kitobdan
Ba'zi ishlarning nihoyasi qahva kabi achchiq bo'ladi, ammo sizni keyingi ishlarda sergak va ogoh bo'lishingizga sabab bo'ladi.

tarjima | bulutsevar ☁️
O'zligimizni yangidan kashf qilishimiz uchun gohida ba'zi yo'qotishlarga duch kelishimiz foydali bo'ladi!
yo'l...
Haqiqiy sabr - qiyinchilikda ham, yengillikda ham Qur'on va Sunnatga bardavom ergashishdir.

#kitobdan
Eng afzal amal nafslar yoqtirmaydigan narsalardir.
Bugun darsda bir ish bo'ldi.
Darsga bordim xonada ustoz bor ekanlar, bir mavzuga ya'ni o'tilgan darsga tayyorlanishimni aytdilar. Menda dars boshlangunigacha 1 soatlarcha vaqt bor edi.
Telefonimning interneti ham ishlamayotgan edi, konspekt daftarim ham yonimda emas edi.
Ustozdan "Ustoz kitobingizni berib tura olasizmi tayyorlanib olar edim" dedim. Ammo ustoz bermadilar.
"Senga hech kim tayyor darslikni qo'lingga tutmaydi sen unga o'zing tayyor bo'lib kelishing kerak, izlanishing kerak edi" dedilar.

O'sha onda bir narsani yaxshiroq yanayam anglaganday bo'ldim.
Inson har qancha kitob o'qimasin, darsliklarni yozib olmasin agar uni takror qilib yodida olib qolishga harakat qilmasa kitobisiz darsliklarisiz u hech kim bo'lib qolar ekan.
2025/06/15 23:44:17
Back to Top
HTML Embed Code: