Telegram Group & Telegram Channel
Yomg‘ir qo‘shiqlari

1.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda,
Ravishimiz sig‘mas aqlga.
Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda
Va sig‘masdik boshqa shaklga.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda,
Sen chiroyli yog‘ding shunda ham.
Sochlaringdan to‘kildi ohang,
Ko‘zlaringdan tomdi obi zam.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda,
Unutganman undan narini...
Balki, hamon kezib yuribmiz
Hind-u Xitoy ko‘chalarini.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda,
O‘zni bo‘lak ne ham der edik?
Nari borsak, ikki yutim may,
Bitmay qolgan ikki she'r edik.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda,
Bu bog‘larni tanib turibman.
Onda-sonda yog‘ib tur, men ham,
Goh-gohida tinib turibman.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda...

2.
Xotiramni yo‘qotayapman,
Eslat, xoling o‘ngmi, chap yuzda?!
Kindigimni uzmasdan hayot
Buncha majhul jumboqlar tuzdi?!

Sendan boshqa kimim bor, faqat
Biroz muddat kerak tanishga...
Hur isming-la manim qul otim
Qay nuroniy kunda tanishgan?!

Rost, bilmayman,
      chizib ber, bilsang-
Fasllarni kaftimga yog‘dir.
Nima bilan qoriladi qor,
Qaysi rangda yog‘adi yomg‘ir?

Faqat bitta tanish ohang, lek
Ro‘yo bo‘lsa, dunyom beshondir.
Taniganim garchi chin bo‘lsa,
Yomg‘irman deb meni ishontir,
Yomg‘irman deb meni ishontir.

©Rashid Xo‘jamov


@Pegas_portalihar lahza ilhom vaqti



tg-me.com/pegas_portali/1055
Create:
Last Update:

Yomg‘ir qo‘shiqlari

1.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda,
Ravishimiz sig‘mas aqlga.
Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda
Va sig‘masdik boshqa shaklga.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda,
Sen chiroyli yog‘ding shunda ham.
Sochlaringdan to‘kildi ohang,
Ko‘zlaringdan tomdi obi zam.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda,
Unutganman undan narini...
Balki, hamon kezib yuribmiz
Hind-u Xitoy ko‘chalarini.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda,
O‘zni bo‘lak ne ham der edik?
Nari borsak, ikki yutim may,
Bitmay qolgan ikki she'r edik.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda,
Bu bog‘larni tanib turibman.
Onda-sonda yog‘ib tur, men ham,
Goh-gohida tinib turibman.

Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda...

2.
Xotiramni yo‘qotayapman,
Eslat, xoling o‘ngmi, chap yuzda?!
Kindigimni uzmasdan hayot
Buncha majhul jumboqlar tuzdi?!

Sendan boshqa kimim bor, faqat
Biroz muddat kerak tanishga...
Hur isming-la manim qul otim
Qay nuroniy kunda tanishgan?!

Rost, bilmayman,
      chizib ber, bilsang-
Fasllarni kaftimga yog‘dir.
Nima bilan qoriladi qor,
Qaysi rangda yog‘adi yomg‘ir?

Faqat bitta tanish ohang, lek
Ro‘yo bo‘lsa, dunyom beshondir.
Taniganim garchi chin bo‘lsa,
Yomg‘irman deb meni ishontir,
Yomg‘irman deb meni ishontir.

©Rashid Xo‘jamov


@Pegas_portalihar lahza ilhom vaqti

BY PEGAS portali


Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 280

Share with your friend now:
tg-me.com/pegas_portali/1055

View MORE
Open in Telegram


PEGAS portali Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

What Is Bitcoin?

Bitcoin is a decentralized digital currency that you can buy, sell and exchange directly, without an intermediary like a bank. Bitcoin’s creator, Satoshi Nakamoto, originally described the need for “an electronic payment system based on cryptographic proof instead of trust.” Each and every Bitcoin transaction that’s ever been made exists on a public ledger accessible to everyone, making transactions hard to reverse and difficult to fake. That’s by design: Core to their decentralized nature, Bitcoins aren’t backed by the government or any issuing institution, and there’s nothing to guarantee their value besides the proof baked in the heart of the system. “The reason why it’s worth money is simply because we, as people, decided it has value—same as gold,” says Anton Mozgovoy, co-founder & CEO of digital financial service company Holyheld.

PEGAS portali from us


Telegram PEGAS portali
FROM USA