Telegram Group Search
Cisco and Server
Bugungi "Introduction" deb nomlanga bepul darsimizga online qatnashish uchun nima qilish kerak? Buning uchun: 1. Webex.com saytidan ro'yxatdan o'ting. 2. Istasangiz qurilmangizga mos bo'lgan webex dasturini yuklab oling. 3. Bugun 19:00da ushbu havolaga kiring…
Inn sha Alloh bugun 3-bepul darsimiz bo'lib o'tadi.

Bugungi mavzuyimiz tarmoq qurilmalari bilan tanishish va ularni sozlash. Packet tracer bilan ishlash va birinchi lokal tarmoqni qurish.

Shu birgina dars sizga tarmoqda o'rganishingiz kerak bo'lgan ancha muncha bilimlarni beradi nasib bo'lsa.

Darsimiz 19:20da boshlanadi.
Hech bo'lmaganda online qatnashib ko'rishingiz maslahat beraman.


O'zbekona Cisco biz sizning ehtiyojingizni qiziqishga aylantiramiz
@uzbekona_cisco
@cisco_server
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Bepul 3-darsimiz bo'ldi.
Videoni ko'ring qanday qilib packet tracerda tarmoq qurish mumkin va tarmoq qurilmalarini qanday sozlash mumkinligini bilib oling.

O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojingizni Qiziqishga Aylantiramiz.
@uzbekona_cisco
@cisco_server
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AI so'ngi 2yilda qanday yutuqlarga erishayotganini ko'ring.

P/S Yana 1 2 .. 5 yildan keyin nimalar bo'lishini o'ylab qo'rqishni boshladim.

Sizningcha 2030-yilda AI lar qanday darajaga erishadi?

@uzbekona_cisco
@cisco_server
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#new_ccna

+1

O'quvchilarimizdan yana bir hayrli natija.

Statistikaga qarasak, bitiradigan o'quvchilar ichidan faqatgina sanoqlilarigina sertifikat olishadi. Bu tabiiy jarayon. Quvonarli tomoni ham bor. Eng kamida har bir guruhdan 1 nafardan o'quvchi sertifikatga loyiq ekanligini isbotlayapdi. Shu tariqa biz ham sizlarga berayotgan va'damizni bajarayotgan bo'layapmiz.

@uzbekona_cisco ehtiyojlaringizni qiziqishga, qiziqishlaringizni esa tajribaga aylantirayotgan loyiha...

@cisco_server
05:07 sizlar ham sezdingizmi?
Bugun 05:07 da butun boshli bizning domimiz "Laa Ilahaa Illalloh" deb uyg'ondi. Qarsillagan ovozdan Xamma yer qimirladi deb, uyg'ondi. Men ham shular qatorida.

Shu holatda bo'lsam ham bir narsa esimga tushdi " Samalyot qulayotgan vaqtda samalyot ichida Ateystlar qolmaydi " degan. Eng qizzig'i bizning teppamizda RUS boboy turadi va uni "Laa Ilahaa Illalloh" deb baqirgani odamni taa'jubga soldi.

Lekin haligacha rasmiy ma'lumot ko'rmadim hech qayerda.

Siz ham nimadir sezdingizmi?
Siz agar tarmoq va tizim administratorligi sohasida ish faoliyatingizni olib bormoqchi bo'lsangiz, ushbu protocollarni port raqamlari va nima vazifa bajarishini bilishingiz shart

@cisco_server
@uzbekona_cisco
Rubeus sizga AD dagi NTLM hashlarni olish imkonini beruvchi tool hisoblanadi. Ushbu hashlar foydalanuvchi accountini ma'lum bir servis bilan autentifikatsiya qilib beradi. Topingchi bu hashlarni keyin nima qilamiz ?

@cisco_server
@uzbekona_cisco
Encapsulation - De-encapsulation
Encoding - Decoding
Compressing - Decompressing
Encrypting - Decrypting

Hashing - ?

Yuqorida bazi terminlarning teskari jarayoni keltirilgan. Oxirgisini siz toping ?
Xodim kerak:

🏢 Idora: Davlat korxonasi, Rasmiy ish o’rni

📚 Zaruriy Texnologiya va ko'nikmalar: Virtual serverlar bilan advance darajada ishlay olish, Kerio Control, Active directory, WordPress, CCNA(suhbatda ustunlik beradi), rus tilida intermediate darajada tushunish va gapira olish, IELTS(suhbatda ustunlik beradi)

🇺🇿 Telegram: @Abdumalik_Murtazayev

📞 Aloqa: +998 93 596 07 31

🌐 Hudud: Toshkent sh

✍️ Mas'ul: Feruz Toshpo'lotov

🕰 Murojaat vaqti: 9:00 - 15:00

🕰 Ish vaqti: 8:00 - 17:00

💰 Maosh: texnik suhbat natijasi hamda sinov muddati xulosasiga ko'ra

‼️ Qo`shimcha ko'nikmalar: DNS, DHCP, IP, SSH OSI, LINUX/WINDOWS SERVER, VmWare, Microtik, Nginx, Firewall, IDS/IPS, DLP, API

#ishJoyi #ccna #Toshkent #vakant
⚠️ IT-sohasi inqirozda: dasturchilar uchun ish o‘rinlari keskin kamaymoqda

2025-yil boshida dasturchilar uchun ish o‘rinlari soni keskin kamaydi. 2024-yil oktabr oyida 87,5 mingta bo‘lgan IT-vakansiyalar soni 2025-yil fevral oyida 65 mingtagacha tushib ketdi, bu esa 2023-yil boshidagi darajaga tengdir .

🔻 Asosiy sabablar:

*Yirik texnologik kompaniyalar tomonidan ommaviy ishdan bo‘shatishlar: 2022-yil oxiridan boshlab, global texnologik kompaniyalar 635 mingdan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi. Bu holat pandemiya davridagi yollashlar ortidan kelgan ortiqcha ishchi kuchi va sun'iy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi bilan bog‘liq .

Sun'iy intellektning keng joriy etilishi: Ko‘plab kompaniyalar sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali ayrim lavozimlarni avtomatlashtirmoqda, bu esa ayrim IT-mutaxassislarining ish o‘rinlarini yo‘qotishiga olib kelmoqda.

📉 Yangi boshlovchilar uchun qiyin davr: Junior darajadagi dasturchilar uchun vakansiyalar soni 30% ga kamaydi, bu esa yangi mutaxassislar uchun ish topishni yanada qiyinlashtirmoqda .

💡 Xulosa: IT-sohasida ish o‘rinlari sonining kamayishi va sun'iy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi natijasida bozor o‘zgarib bormoqda. Mutaxassislar yangi ko‘nikmalarni o‘rganish va moslashuvchanlikni oshirish orqali bu o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishlari zarur.

Hosh, siz dasturchimisiz yoki "Aytishnik"mi?

@cisco_server
@uzbekona_cisco
Prezident qarori bilan:

Banklar, to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida yo‘l qo‘yilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zarar ularning hisobidan undiriladi;

Kiberjinoyatni sodir etishda o‘z nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqami, elektron hamyonidan va boshqa shaxsiga doir ma’lumotlaridan (SIM kartasi, elektron akkaunti) foydalanishga yo‘l qo‘ygan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari o‘rnatiladi;

Kiberjinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida axborot tizimidagi zaifliklar va kamchiliklar natijasida kiberjinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilinadi hamda aholi pul mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan onlayn firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”)ni barvaqt aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

Shaxslarning bank kartalaridagi pullarining talon-toroj qilinishini to‘xtatish maqsadida banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlariga zamonaviy antifrod va antivirus himoya tizimlari joriy etiladi hamda firibgarlar tomonidan soxta raqamlar orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilinishi texnik cheklanadi (imkonsiz qilish);

Kiberjinoyatlarni fosh etish yo‘nalishida Markaziy bank, to‘lov tizimi va ichki ishlar organlari vakillaridan iborat tezkor harakatlanish guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va mazkur guruh tomonidan shubhali pul o‘tkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalarini tezkorlik bilan aniqlash va bloklash kabi choralar ko‘rib boriladi.

@cisco_server
@uzbekona_cisco
Bunaqasini 8 yildan buyon birinchi ko'rishim. Cisco ga exam topshiraman desangiz Pearson VUE dan ro'yxatdan o'tib examni schedule qilasiz.

Yangilik shuki, Pearson sizga imkoniyat berayapti. 1-Maydan 12-Itungacha exam topshirasiz, agar o'ta olmasangiz odatda pulingizga kuyasiz, lekin bu safar emas. Yuqoridagi sanalar orasida exam topshiring, hudo ko'rsatmasinu o'ta olmasangiz ham 7-iyuldan 2026-yil 20-yanvargacha 2-marta o'sha examga tekinga kirishingiz mumkin bo'ladi.

Bunaqasini birinchi ko'rishim. To'g'rida 300$ hamma uchun ham kichik summa emas. Imkoniyatdan faqatgina foydalanib qoling deyman. Exam topshirayotganlarga omad.

Qo'shimcha ma'lumot ushbu havolada->
https://www.pearsonvue.com/us/en/test-takers/free-retake.html


O'zbekonaCisco Biz sizga eng yaxshilarini ravo ko'ramiz.
@cisco_server
@uzbekona_cisco
⚠️ Boshlandi: Moskvadagi banklar, yetkazib berish xizmatlari, kafelar, do‘konlar va kuryerlar mobil internet o‘chirilgani sababli faoliyatini to‘xtatyapti — ko‘plab fuqarolarga xizmatlar ishlamayotgani haqida ogohlantirishlar kelmoqda.

🍔 Moskvada ovqat buyurtma qilishning iloji yo‘q

🛒 Ko‘plab do‘konlarda faqat naqd pul qabul qilinmoqda — go‘yo 2000-yillarga qaytdik

🚖 Taksi va bankomatlar ishida uzilishlar mavjud

☕️ Parad repetitsiyasi yaqinida joylashgan ko‘plab kafelar yopib qo‘yilgan

🗺 Tunda hatto 30 ga yaqin shaharda muammolar kuzatildi — Moskva atrofidagi shaharlardan tortib, Sankt-Peterburg, Tver, Nijniy Novgorod va boshqa viloyatlardagacha. Saran, Yaroslavl va Mordoviya shaharlari deyarli to‘liq uzilgan.

🎖 Buning sababi — Moskvadagi G‘alaba Paradining repetitsiyasi va dron hujumi xavfi bilan bog‘liq.

📵 Rossiyani qiziqarli kunlar kutmoqda

@cisco_server
@uzbekona_cisco
😇Aniq bilaman bu narsa haqida siz umuman o'ylab ko'rmagansiz.

Hammamiz ishda domen controller (AD) ishlatamiz. Login parol terib ishlab ketaveramiz. Lekin shu login parol terilgandan keyin nimalar bo'lishini chuqurroq o'ylab ham ko'rmagan bo'lsak kerak.

Keling shu jarayonga sho'ng'iymiz:

🔐 Kerberos: TGT va TGS nimaga kerak?

Aytaylik, siz katta kompaniyada ishlaysiz. Har kuni ofisga kirish, printerdan foydalanish, serverga ulanish kerak. Har safar parol kiritish zerikarli emasmi?
Mana shu muammoni Kerberos yechadi! U sizga faqat *1 marta parol kiritishga* ruxsat beradi, qolgan hamma narsa avtomatik. Qanday qilib? Keling, tushuntiraman!

---

1. TGT (Asosiy пропуск) 🎟
- Nima? TGT — bu sizning "asosiy пропуск"ingiz. Ofisga kirishda qo'riqchi (KDC) sizni tanib oladi va *TGT* beradi.
- Qachon? Kompyuterga birinchi marta kirganingizda.
- Nima qiladi? Ushbu пропуск orqali boshqa xonalarga (servislarga) kirish uchun maxsus ruxsatnomalar olishingiz mumkin.

---

2. TGS (Maxsus ruxsatnoma) 🎫
- Nima? TGS — printer, server yoki boshqa xonalarga kirish uchun kerak bo'ladigan *maxsus ruxsatnoma*.
- Qanday? Agar siz printerdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, KDC (qo'riqchi) ga *TGT* ni ko'rsatasiz. U sizga faqat printer uchun *TGS* beradi.
- Afzalligi? Har bir TGS faqat bitta narsa uchun! Agar haker printer ruxsatnomasini o'g'irlasa, serverga kira olmaydi.

---

Kerberos qanday ishlaydi? 🛠
1. Kirish: Ofisga kirishda TGT olasiz (1-marta parol kiritish).
2. Ruxsat so'rash: Printer kerak? TGT ni ko'rsating → Printer uchun TGS oling.
3. Foydalanish: TGS ni printerga ko'rsating → Sizga ruxsat beriladi!

---

Nega kerak? 💡
- Xavfsizlik: Har bir xona (servis) uchun alohida kalit (TGS).
- Qulaylik: Faqat 1 marta parol kiritish yetarli!
- Tezkorlik: Har safar parol yozish shart emas.

---

Hayotiy misol 🏢
1. Ofisga kirish: TGT olish = Eshikdan o'tish.
2. Kofe apparatiga kirish: TGT → KDC → "Kofe apparati uchun TGS" olish.
3. Meeting xonasiga kirish: Yana TGT → "Meeting xonasi uchun TGS".

Xulosa: Kerberos — bu sizning ofisdagi aqlli qo'riqchizingiz! U sizga faqat *1 ta asosiy пропуск* beradi, qolgan hamma narsa avtomatik 🚀

📢 Eslatma: Agar TGT yo'qolsa, ofisga qayta kirish kerak (parolni yana kiritish). Shuning uchun uni himoya qiling!

O'zbekonaCisco Biz sizga eng yaxshilarini ravo ko'ramiz.
@cisco_server
@uzbekona_cisco
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/05/23 19:24:14
Back to Top
HTML Embed Code: