Telegram Group Search
Huddi shu lavhdan qayerdan topsam bo'ladi, biladiganlar bormi aloqaga chiqvoringlar..)

@Afiyfun_bot
... Demak yozuvchining bir dardi bor, yozganlari birgina odamning yuragiga yetib borsa ham, unga shuning o'zi yetadi.

#Men

@afiyfun
O’zimizga o’xshagan, fikri va his-tuyg’ularini chin dildan baham ko’radigan samimiy brodar bo’lishi katta ne’matdir hayotimizda.

Bundaylari kam bo’ladi…

@afiyfun
"Qalbni boshqarish ulov boshqarishga o‘xshaydi. Agar undan biroz g‘aflatda qolsang yo‘ldan chiqib ketadi"

Abdulloh ibn Muborak

@afiyfun
Ora-sira hammada bo’lgani kabi, bu yerlardan uzoqlashib, yolg’izlikka ko’milishni istayapman… Mana shu olomondan uzoqlashib, o’zimga yaqinlashgim kelyapti.
«Nima uchun? Kimdan? Qayerga? Qayerdan?» kabi savollarni bermay, boshim oqqan tomonga, uzoqlarga ketsam deyman. Vaqtga, soatlarga qarab o’tirmay, shunchaki ketishni istayapman…

#Men

@afiyfun
Nima qilarimni bilmay, duch kelgan bir ko’chaga kirdim. Ko’cha huddi mening ko’nglimdek, bo’m-bo’sh edi…

#Men

@afiyfun
Aqilli odam keladigan musibatlar bilan murosa qila olgan odamdir.

@afiyfun
"Namozga qomat aytilmaguncha kelmaydigan kishi, hojasi baqirib chaqirmaguncha kelmaydigan qul kabidir!"

Sufyon ibn Uyayna rohimahulloh

@afiyfun
Gunohlaringni bo’yningda ko’tarib yuribsanmi? Shuncha gunohing bo’lsa ham, yana gunoh qilishda davom etyapsanmi. «Bo’ldi yig’ishtir to’xta!» deb ayta olasanmi o’zinga? Yo’q aytolmaysan.

Qilgan har bir xatoying uchun pushaymon bo’lasan, tavba qilasan, lekin o’zingni keyingi gunohga tayyorlaysan. Aslida yangi gunoh uchun eskisiga tavba qilasan. Tavbalaringda samimiy emassan. Sening tavbang ham, pushaymonliging ham soxta. Hali ham kulayotganinga qoyilman!

#Men

@afiyfun
Charchagan qalbinga so’yla: “Alloh bor!”

Va hamd ayt!

@afiyfun
"Agar birlaring qur'ondan namoziga yetarlicha yod olgan bo‘lsa, endi ilm bilan mashg‘ul bo‘lsin. Chunki qur'on ma'nolari ilm bilan tushuniladi"

Abdulloh ibn Muborak rohimahulloh

@afiyfun
Umidingni uzma! Ertangi kun Allohniki! Hohlasa hayotingni ming turli ne’matlar bilan bezaydi!

Inshaalloh!

@afiyfun
- Moshinalarda orqani ko'rsatuvchi oyna nega bor bilasanmi?

- Orqani ko'rish uchun bor.

- Xo'sh moshina haydayotganda faqat o'sha oynaga qarab ketsa nima bo'ladi?

- Halokat!

- O'tmish bu - orqani ko'rsatuvchi yon oyna kabidir. Ba'zan qarab tur xato qilmaslik uchun. Lekin sen oldinga qarashga majbursan. Aks holda halokating aniq bo'ladi.

@afiyfun
Kulga aylangan qalblardan chechak ochtirajak Allohdir…

@afiyfun
"Qancha arzimas amallar borki niyat uni buyuk qiladi. Qancha buyuk amallar borki niyat uni arzimas qiladi"

#Abdulloh ibn Muborak rohimahulloh

@afiyfun
Savol

Hayotingda tutgansan maqsad
To’ydan boshqa yana nimani?
Eshitgansan boshingni serkab
Kuydan boshqa yana nimani?

Fikr jim-jit, qafasda kuyding,
Borib-borib o’zingdan to’yding.
Do’stim, go’zal erkiga qo’yding
O’ydan boshqa yana nimani?

Ikki dunyo orasi - devor,
Och eshikni, ortidan qo’yvor.
Osmon qadar qurding ulug’vor
Uydan boshqa yana nimani?

Holiq tutgan dunyoga kelding,
Unutding va o’ynading-kulding.
Alloh uchun qurbonlik qilding
Qo’ydan boshqa yana nimani?

#Xayrulla Hamidov

@afiyfun
Agar amalingdan qalbingda halovat tuymayotgan boʻlsang, uning oʻzidan gumon qil. Chunki Alloh Shakur zotdir.

Yaʼni amalingdan qalbing orom olmasa, ayb qalbingning oʻzida. Chunki Alloh taolo Shakurdir, yaʼni bandasining amali evaziga tashakkur oʻlaroq manfaat beradi, jumladan qalbga ham.

#Tohir Abdulloh

@afiyfun
- Ko’zga ko’rinmagani uchun yara yo’q deb o’ylaysizmi..?

@afiyfun
Abdulloh ibn Muborak rohimahulloh aytadilar:

"Oshiqcha nazarni tark qil, xushuga muvaffaq qilinasan.
Oshiqcha kalomni tark qil hikmatga muvaffaq qilinasan.
Oshiqcha taomni tark qil ibodatga muvaffaq qilinasan.
Odamlar aybini kovlashni tark qil o'z aybingni ko‘rishga muvaffaq qilinasan.
Allohni zotiga kirishishni tark qil shak va nifoqdan salomat qilinasan "

@afiyfun
Siz bilan birga ovqatlanganlarning barchasi ham sizga do‘st bo‘lavermaydi. Ba‘zilari och bo‘lishi ham mumkin!

@afiyfun
2024/04/27 13:48:00
Back to Top
HTML Embed Code: